Mavzu: «paxta ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxining tahlili»


   Korxonaning  umumiy  holatini  qiyoslama  baholash


Download 315.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.04.2020
Hajmi315.65 Kb.
#102191
1   2   3   4

1.2.   Korxonaning  umumiy  holatini  qiyoslama  baholash.  

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

11 



Bitiruv  malakaviy  ishni  bajarishda  Jomboy  tuman  fermer  xo’jaliklarining 

umumiy  ma’lumotlaridan,  ayrim  monografik  tadqiqotda  esa  “Yulduz”  fermer 

xo’jaligining hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi va tahlil etildi.

 

         Bitiruv  malakaviy  ishimizning  obyekti  bo’lib,  « Yulduz»  fermer  xo’jaligi  

va    uning      hisobot    ma’lumotlari    hisoblanadi.    Ushbu    fermer    xo’jaligi    yuridik  

shaxs    maqomiga    egan    mustaqil    xajalik    yurituvchi    subyektdir.  U    Samarqand  

viloyati  Jomboy  tumani  hududida  joylashgan.  Ushbu  xo’jalik  asosan  g’alla  va  

paxta  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  muljallangan  xo’jalikdir.  U  o’zini   o’zi  

moliyalashtiruvchi,  mukstaqil  balansga  ega  bo’lgan  korxonadir.                                                                                        

        Xo’jalik    sug’oriladigan    maydonda    g’alla    va    paxta    yetishtiradi.    Ushbu  

fermer  xo’jalik  sharqdan  “Ozod Po’latov”  fermer  xo’jaligi  ,  shimoldan  “Vohid 

va Shohsanam”  fermer  xo’jaligi,  g’arbda  “Sarcha uchquni”  fermer  xo’jaligi  bilan  

janubdan    “Shokir  O’raqov”  va  “Komil  raxmonov”    fermer    xo’jaligi    bilan  

chegaradosh.  Xo’jalik  Samarqand  shahridan  20 km,  Jomboy   tumani  markazidan  

8 km  uzoqda  joylashgan. 

         Fermer    xo’jaligini    ixtiyoridagi    jami    108  gektar    maydon    bo’lib    ularning   

hammasi    haydaladigan    maydonlardan    iborat.    2011    yildagi      ekinlar    orasidagi  

taqsimoti  quyidagilardan  iborat:  don  yekinlari   77 gektarni,  paxta  19,7ga.,  11,3   

gektarni  boshqa ekinlar tashkil  qilgan. «Yulduz»  fermer  xo’jaligi   tekis  maydanda  

joylashgan  bo’lib  harorat   38-46

0

  gacha  qishda  -5;-10



0

  gacha  sovuq  bo’ladi,  yer  

osti    sizot    suvlari      4-5  metr    chuqurlikda    joylashgan.    Fermer    xo’jaligi    asosan   

g’alla    va    paxta    yetishtirish    bilan    shug’ullunadi.  «  Yulduz»    fermer    xo’jaligi   

barcha  mustaqil  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  singari  moliyaviy  hisobot  tuzadi  

va  tegishli  tashkilotlarda,  ya’ni  ststistika,  soliq  va  moliya  organlariga  tegishli  

tartibda   hisobotlar  topshiradi. Fermer  xo’jaligida  12 ta  xodim  faoliyat  ko’rsatadi, 

shu  jumladan  bitta  rahbar,  bitta  hisobchi  va  10 nafar  doimiy  ishchidan   iborat. 

« Yulduz»   fermer  xo’jaligi  yuqorida  aytganimizdek  g’alla  va  paxta  ishlab  

chiqarish  bilan  shug’ullanadi. Xo’jalikning  umumiy  holatini  baholash  va  tahlil  

etib    xulosalar    yozish    uchun    uning    2009-    2011  yillardagi    hisobot  

ma’lumotlaridan  foydalandik.   

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

12 



«Yulduz»     fermer  xo’jaligi   asosan  g’alla  va  paxta  yetishtiriladigan   maydon  

salmog’i  94,8  foizni   tashkil  qiladi. Xo’jalikning   umumiy   holatining   taraqqiyoti 

shu  ikki  tarmoqning   taraqqiyotiga  bog’liqdir. Shuning  uchun  xo’jalik  bo’yicha  

umumiy    xolatiga    baho    berish    uchun    shu    ikki    tarmoq    ko’rsatkichlaridan  

foydalandik,    ya’ni    ulurning    asosiy    ko’rsatkichlari    bo’lgan    tannarx,    mehnat  

unumdorligi    ekinlar    hosildorligi    foyda    va    rentabillik    kabi    ko’rsatkichlardan  

foydalandik.    Xo’jalikning    umumiy    holatiga    baho    berish    uchun    zarur    bo’lgan   

ma’lumotlarni  4- jadvaldan  ko’rish  mumkin. 

4-jadvaldan    ko’rinib  turibdiki,  xo’jalik  foaliyatining    umumiy  holati  2011 

yilda  2009  yilga    nisbatan  pasaygan.  Bu  to’g’risida  pul    tushimining,  foydaning 

hamda  rentabillikning  kamayishi    ma’lumot  beradi.  Pul  tushimini  taxlil  qilayotgan 

davrda  1076  ming  so’mga  yoki  98,7%  ga,  yalpi  foyda  1370  ming  so’mga  yoki 

95,3%ga,  rentabillik  esa  3%ga  kamaygan.Bu  xo’jalik  umumiy  holatining 

pasayganligini ifodalaydi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, mavjud imkoniyatlardan 

yetarli  darajada  xo’jalik  foydalanilgan  yoki  boshqacha  ifodalaganda  fermer 

xo’jalikning  rentabelligi  tumanning  o’rtacha  ko’rsatkichlaridan  ancha  yuqori 

Rentabellikni yanada oshirish uchun tannarxni pasaytirish choralarni ko’rish zarur.   

4-jadval 

Jomboy tuman «Yulduz» fermer xo’jaligi umumiy holatini ifodalovchi 

ko’rsatkichlarning  qiyoslama tahlili. 

 

№ 



 

Ko’rsatkichlar 

 

2009 


yil 

 

2010 



yil 

 

 



2011 

yil 


o’zagrishi 

miqdoriy 

(+;-) 

nisbiy 


Asosiy  fondlarning  birlamchi 



qiymati, ming so’m  

76542 


82195 

62124 


-14418 

81,2 


Asosiy  fondlarning  eskirishi 

qiymati, ming so’m  

14872 


17151 

11099 


-3773 

74,6 


Mahsulot sotishdan  tushgan  pul  

tushumi, ming so’m 

80230 


76850 

79154 


-1076 

98,7 


Mahsulot  sotishdan  tushgan sof   

tushumi, ming  so’m 

80230 


76850 

79154 


-1076 

98,7 


Sotilgan    mao’sulotlar  tannarxi, 

ming  so’m 

51165 


46158 

51459 


294 

100,6 


Mahsulot  sotishdan  kelgan yalpi 

foyda, ming  so’m 

29065 


30692 

27695 


-1370 

95,3 


Paxtani    sotishdan    tushgan 

tushum, ming so’m 

47954 


46920 

31896 


-16058 

66,5 


PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

13 



Sotilgan  paxta    tannnarxi,  ming 

so’m 

30125 


29076 

17116 


-13009 

56,8 


Paxtani  sotishdan  olingan yalpi 

fayda, ming so’m 

17829 


17844 

14780 


-3049 

82,9 


10  Debitorlik  qarzlari, (yil oxirida) 

shu jumladan o’tgani 

3393 

2092 


1049 

-2344 


30,9 

11  Kriditorlik qarzlar, (yil oxiri) 

shu jumladan o’tgani 

18736 


12505 

3040 


-15696 

16,2 


12  Xo’jalik bo’yicha rentabillik,  % 

57 


66 

54 


-3

 punktga kamaygan 

13  Paxta rentabilligi  % 

63 


43 

76 


13

 punktga oshgan 

Manba: «Yulduz»  fermer xo’jaligining 2010-2011 yil hisobotlari. 

 

Xo’jalikning  umumiy  moliyaviy  holatinining  yaxshilanganligini  debitorlik  va 



kriditorlik    qarzlarning    kamayganligi  orqali  ham  isbotlash  mumkin.Debitorlik 

qarzlari  xajmi  2011  yilda  1049    ming  so’mni  tashkil  qilgan,  ya’ni  shu  davrda 

debitorlik  qarzlar  30,9%  ga  kamaygan.  Kreditorlik  qarzlar  hajmi  ham  keskin 

kamaygan.  2011  yilda  kreditorlik  qarzlari  so’mmasi  3040  ming  so’mga  yoki 

16,2%gacha kamaygan. 

 

Fermer  xo’jalik  paxta  xom  ashyosi  yetishtirishdan  yuqori  rentabellikka 



erishmoqda, bu ko’rsatkich keyingi yillarda ham oshib bormoqda. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

14 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2-BOB.XARAJATLARNING IQTISODIY MOHIYaTI, DASTLABKI, SINTETIK 

VA ANALITIK HISOB, TANNARXNI TAHLILI 

 

2.1. Xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi va hisobning vazifalari 

Mustaqillik  yillarida  davlat  mulki  xususiylashtirilib,  hissadorlik  jamiyatlari, 

qo’shma korxonalar, mas’ulyati cheklangan jamiyatlar vujudga keldi. Shu bilan birga 

ushbu korxonalar turli  xil  xo’jalik  yuritish shakli sifatida:  fermer  xo’jaliklari, kichik 

korxonalar,  mikrofirmalar  va  boshqa  xo’jalik  yuritish  shaklidagi  korxonalar  sifatida 

faoliyat  ko’rsatib,  ularda  mehnatni  tashkil  etishning  turli  shakllari  qo’llanilmoqda. 

Shu  kabi  iqtisodiyotimizdagi  o’zgarishlar,  faoliyatlar  tubida  bir  maqsad  turibdi,  bu 

ham  bo’lsa  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  aholining  turmush  darajasini  oshirish. 

Ushbu maqsadga erishish uchun korxonalar bir maromda, barqaror rivojlangan holda 

faoliyat  ko’rsatishlari  lozim.  Buning  uchun  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalar 

o’z  faoliyatlari  natijasida  ma’lum  darajada,  navbatdagi  ishlab  chiqarish  jarayonini 

davom  ettirishlari  uchun    foyda  olishlari  lozim  bo’ladi.  Natijada,  tabiiyki,  har  bir 

korxona  foyda  olishni  ko’paytirish  yo’llarini  izlab  topishga  harakat  qiladi.  Foydani 

qanday  bo’lishiga  esa  xarajatlar  hajmi  bevosita  ta’sir  ko’rsatadi.  Shuning  uchun 

xarajatlarni  hisobga  olish  hamda  mahsulot  tannarxini  kalkulyasiya  qilish  korxona 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

15 



moddiy  resurslari  va  boshqa  xarajatlari  ustidan  qanday  nazorat  o’rnatishga  yordam 

beradi. 


Korxonaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari  deb,  mahsulotni  ishlab  chiqarish  bilan 

bog’liq    xarajatlarga  aytiladi.  Ularga  xom-ashyo,  material,  yoqilg’i,  amortizasiya 

ajratmasi,  ishchi-xizmatchilarga  ish  haqi  va  mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  

boshqa xarajatlar kiradi. 

Agar  bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq    xarajatlarning  jami 

summasini  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  soniga  taqsimlasak,  ishlab  chiqarilgan  bir 

birlik  mahsulotning  tannarxini  topamiz.  Tannarx  ko’rsatkichi  korxona  faoliyatida 

muhim  sifat  ko’rsatkichlaridan  biri  hisoblanadi.  U  qancha  past  bo’lsa,  ishlab 

chiqarish  rentabelligi  shuncha  yuqori  bo’ladi.  Tannarxga  korxonaning  hamma 

xarajatlari  qo’shilmaydi,  ba’zi  xarajatlari  boshqa  manbalar  hisobidan  qoplanadi. 

Masalan,  korxonaning  asosiy  faoliyat  daromadlari  hisobidan  davr  xarajatlari 

qoplanadi. 

Mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari  xarajat  kalkulyasiya  moddalari  bo’yicha 

ishlab  chiqarish  turlari,  xarajatlarning  vujudga  kelish  joylari,  mahsulot  turlari 

bo’yicha  buxgalteriya  hisobida  aks  ettiriladi.  Xarajatlarni  hisobga  olish  hamda 

mahsulot tannarxini  kalkulyasiya qilishdan asosiy  maqsad  ishlab chiqarish  va sotish 

bilan  bog’liq    xarajatlarni  o’z  vaqtida,  to’laligicha  va  haqqoniy  aniqlash,  shu  bilan 

birga  ayrim  mahsulotlarning  haqiqiy  tannarxini  hisoblash  hamda  korxona  resurslari 

va pul mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdir. 

Mamlakatimizda  buxgalteriya  hisobi  islohoti  amalga  oshirilishi  eng  asosiy 

masalalar  bo’yicha  o’zgarishlar  bo’lishiga  olib  keldi.  1999-yilda  «Mahsulot(ishlar, 

xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 

shakllantirish  tartibi  to’g’risida  Nizom»ning  qabul  qilinishi  mamlakatimiz 

buxgalteriya  hisobida  tubdan  o’zgarishlar  bo’lishiga  sabab  bo’ldi.  Ushbu  Nizom 

xarajatlarning  mohiyati,  korxonaning  hisobot  davridagi  foydasi  bilan  bog’liqligidan 

kelib  chiqib  taqsimlashni  belgilab  berdi.  Bunday  taqsimlash  bozor  iqtisodiyoti 

xususiyatlaridan  kelib  chiqadi  va  buxgalteriya  hisobi  tizimimizni  xalqaro  miqyosda 

qo’llanilayotgan  «Direkt-kosting»  hisob  tizimiga  ancha  yaqinlashtirdi.  Xarajatlar 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

16 



hisobining  aynan  shu  tizimga  yaqinlashtirilishi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqadi. 

Ma’lumki,  bozor  munosabatlari  sharoitida  buxgalteriya  hisobining  asosiy 

vazifasi  tegishli  foydalanuvchilarni  axborot bilan ta’minlashdir.  Foydalanuvchilarni 

ichki  va  tashqi  guruhga  bo’linishi  esa  hisobning  moliyaviy  hamda  boshqaruv 

hisobiga bo’linishiga olib keladi. Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda, 

korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni: 

Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda 

Bunday  axborot  kreditor,  investor,  bank,  soliq  inspeksiyasi  kabi  tashkilotlar 

uchun  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  korxonaning  daromad  (foyda)  solig’ini 

xarajatlar haqidagi axborosiz hisoblash mumkin emas. 

Korxona  va  uni  boshqarish  nuqtai  nazaridan  esa  xarajatlarning  umumiy 

summasi,  alohida  ishlab  chiqarish  bo’linmalarining  unumli  hamda  unumsiz 

xarajatlari  va  boshqalar  haqidagi  axborotlar  yig’ishni  talab  etadi.  Shunday  qilib, 

xarajatlarni  hisobga  olish  ham  moliyaviy  hisobning,  ham  boshqaruv  hisobining  eng 

muhim qismlaridan biri ekan. Mana shu asosda xarajatlar hisobi oldidagi vazifalarni 

aniqlash mumkin. 

Moliyaviy  hisobning  asosiy  vazifasi  foydalanuvchilarni  korxona  faoliyatining 

moliyaviy  natijalari,  uning  moliyaviy  holati,  xususan,  mulkiy  holati  hamda  to’lov 

qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi 

oldida quyidagi vazifalar turadi: 

-korxona  faoliyati  bilan  bog’liq    barcha  xarajatlarni  o’z  vaqtida  to’laligicha 

hisobga olish; 

-xarajatlar  haqidagi  ma’lumotlarni  alohida  hisob  schyotlarda  hamda  hisobot 

shakllarida  to’g’ri  aks  ettirish  va  soliqlarni  hisoblash  uchun  yetarli  darajadagi 

ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. 

Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, 

ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy 

xususiyati  esa  uning  ma’lumotlari  boshqaruv  uchun  foydaliligidir.  Jumladan, 

boshqaruv  hisobi  xarajatlar  haqida  shunday  batafsil  ma’lumotlarni  berishi  kerakki, 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

17 



toki uning asosida eng to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo 

bo’lsin.  Bu  sohadagi  xalqaro  tajribalardan  kelib  chiqqan  holda  xarajatlar  hisobi 

haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak: 

-xarajatlarni ularni paydo bo’lish joylari bo’yicha hisobga olish; 

-xarajatlar hisobini javobgarlik  markazlari bo’yicha tashkil qilish; 

-xarajatlarni  ularni  paydo  bo’lish  obektlari  yoki  ularni  tashuvchilari,  ya’ni 

alohida mahsulot turlari bo’yicha jamlab berish. 

Bu  vazifalar  boshqaruv  hisobining  asosiy  vazifasini  bajarishga  imkon  beradi. 

Masalan,  xarajatlarni  ularning  paydo  bo’lish  joylari  va  javobgarlik  markazlari 

bo’yicha  hisobga  olish  eng  muhim  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishga  imkon 

yaratadi.  

Fermer  xo’jaliklarining  o’simlikchilik  tarmog’i  asosiy  tarmog’i  hisoblanib, 

aholini  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlari,  chorvachilikni  ozuqa  va  qayta  ishlash 

sanoatini  xom-ashyo  bilan  ta’minlaydigan  muhim  soha  hisoblanadi.  Fermer 

xo’jaliklarining  o’simlikchilik  tarmoqlariga  paxtachilik,  Paxtachilik,  sabzavotchilik, 

bog’dorchilik,  polizchilik,  yopiq  gruntda  mahsulot  yetishtirish  va  boshqa  tarmoqlar 

kiradi.  

O’simlikchilik  tarmog’ida  buxgalteriya  hisobini  to’g’ri  tashkil  etish  muhim 

ahamiyatga  ega.  Buxgalteriya  hisobini  tashkil  etishda  o’simlikchilik  tarmog’ida 

ishlab  chiqarish  jarayonlarini  mavsumiyligi,  mahsulot  ishlab  chiqarishga  sarflangan 

xarajatlarni  qoplash  davrini  uzoqligi,  ishlab  chiqarishni  tabiiy  omillarga  bog’liqligi 

kabi omillar ta’sirini hisobga olish lozim.  

O’simlikchilik tarmog’idan mahsulotlar olish uchun sarflanadigan xarajatlarga 

urug’lik,  o’g’it,  mehnat  haqi,  ijtimoiy  maqsadlar  uchun  ajratmalar,  o’simliklarni 

himoya qilish vositalari, asosiy vositalar amortizasiyasi, ishlab chiqarishni boshqarish 

va tashkil etish xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi. 

  Xarajatlar  tarkibi  O’zbekiston  Respublikasida  «Mahsulot  (ish  va  xizmatlar) 

ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish  tartibi  to’g’risidagi  Nizom»da  belgilab  qo’yilgan.  Ushbu  Nizomga 

muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo’linib hisobga olinishi belgilangan: 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

18 



-mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; 

-mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. 

Bundan  tashqari,  moliyaviy  faoliyat  bo’yicha  hamda  favqulodda  xarajatlar 

alohida hisobga olinadi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:  

1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: 

a)  bevosita va bilvosita material xarajatlar; 

b)  bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari; 

v)  boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga 

ega bo’lgan ustama xarajatlar. 

Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri, 

ya’ni bevosita o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb, 

hisobot oyi davomida yig’ib-taqsimlovchi schyotlarda    hisobga    olinib  tannarxni    

kalkulyasiya  qilishda,  mahsulotning  ayrim  turlari  tannarxiga  biron-bir  ko’rsatkichga 

mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi. 

2.Davr xarajatlari (operasion xarajatlar): 

a)  mahsulot sotish xarajatlari; 

b)  ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari; 

v)  boshqa operasion xarajatlar va zararlar; 

        3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: 

a)  foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar; 

b)  xorijiy valyuta bilan operasiyalar bo’yicha kurslardagi salbiy farqlar; 

v)  qimmatbaho  qog’ozlarga  qo’yilgan  mablag’larni  qayta  baholash  natijasidagi 

zararlar; 

g)  moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar; 

4.Favqulodda  xarajatlar  daromad  (foyda)dan  olinadigan  soliq  to’lagunga  qadar 

foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. 

Mahsulot  (ish  va  xizmat)lar  ishlab  chiqarish  tannarxiga  bevosita  mahsulot  (ish 

va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog’liq  bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

19 



va  uni  tashkil  etish  bilan  shartlangan  xarajatlar  kiritiladi.  Yuqoridagi  xarajatlar 

iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: 

-ishlab chiqarish moddiy xarajatlari; 

-ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari; 

-ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 

-asosiy  fondlar  va  ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  nomoddiy  aktivlar 

amortizasiyasi; 

-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. 

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi: 

- Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o’rniga qarab: 

asosiy va doimiy xarajatlar. 

- Tarkibiga qarab: 

kompleks va bir elementli xarajatlar. 

- Tannarxga o’tkazish usuliga qarab: 

to’g’ri va egri xarajatlar. 

- Ishlab chiqarish hajmiga qarab: 

o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar. 

- Yuzaga kelishiga qarab:  

doimiy va bir vaqtli xarajatlar. 

- Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab:  

ishlab chiqarish va tijorat xarajatlar.  

- Samaradorlikka qarab:  

samarali va samarasiz xarajatlar. 

Fermer xo’jaliklarida xarajatlar hisobining quyidagi asosiy vazifalari mavjud: 

1.  Fermer  xo’jaliklari  boshqaruvchilarini  har  bir  ekin  turi  bo’yicha  o’z  vaqtida 

ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  olingan  mahsulotlar  to’g’risidagi  ma’lumotlar  bilan 

ta’minlash. 

2.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  olingan  mahsulotlarni  buxgalteriya  hujjatlari  va 

hisob registrlarida o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

20 



3.  Taqsimlanadigan  xarajatlarni  xarajat  obyektlari  bo’yicha  iqtisodiy  asoslangan 

holda taqsimlash. 

4.  Xarajatlarni xarajat obyektlari va xarajat moddalari bo’yicha to’g’ri hisobga olib 

borish. 


5.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  olinadigan  mahsulotlar  ustidan  doimiy  nazoratni 

olib borish. 

6.  Mahsulotlarni  to’liq  daromadga  olinishi  va  saqlanishi  ustidan  nazorat  olib 

borish. 


7.  Har bir mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlashni ta’minlash. 

 

 



 

2.2. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini  dastlabki, sintetik va analitik 

hisobi hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish 

 

 

Ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  olingan  mahsulotlarni  to’liq  va  o’z  vaqtida 



hisobga  olish  hamda  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlarini  ishonchliligi  ko’p  jihatdan 

dastlabki  hisobni  tashkil  etilishi  va  yuritilishiga  bog’liq.  Dastlabki  hisob  –  bu 

buxgalteriya  hisobining  xususiyatlaridan  biri  bo’lib,  hujjatlar  asosida  ish  yuritilishi 

bilan bevosita bog’liq. Dastlabki hisob quyidagi uch elementdan iborat: 

1.  Dastlabki buxgalteriya hujjatlari. 

2.  Moddiy javobgar shaxsning kirim-chiqim daftari. 

3.  Moddiy javobgar shaxsning hisoboti. 

Fermer  xo’jaliklarida  paxtachilik  tarmog’idagi  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va 

mahsulot chiqishini hisobga olishda turli xil buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. 

Foydalaniladigan buxgalteriya hujjatlarini quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 

1.Mehnat sarfini hisobga oluvchi hujjatlar.  

2.Mehnat predmetlari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar.  

3.Mehnat vositalari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 

4.Mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar. 

Fermer  xo’jaliklarida  dastlabki  uch  guruhga  kiruvchi  hujjatlarga  paxtachilik 

tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlarga kiradi. Bularga 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

21 



«Ish  vaqtini  hisobga  olish  tabeli»,  «Mehnat  va  bajarilgan  ishni  hisobga  olish 

varaqasi», «Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash hisob-kitobi», «Urug’ va ekish 

materiallarini  sarflash  dalolatnomasi»,  «Mineral  va  organik  o’g’itlar  hamda 

gerbisidlar  va  zaharli  ximikatlarni  hisobdan  chiqarish  dalolatnomasi»  va  boshqa 

hujjatlar kirib, ular ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda rasmiylashtiriladi. 

Mehnat  sarfini  hisobga  olish  hujjatlarida  paxtachilikda  muayyan  ishlarni 

bajarish  uchun  sarflangan  mehnat  va  hisoblangan  to’lov  aks  ettiriladi. 

Mexanizasiyalashtirilgan  ishlarda  traktorchi  mashinistning  hisob  varaqalari  (67-a  va 

67-b  shakllar),  mexanizasiyalashtirilmagan  ishlarda  mehnat  hisobi  va  bajarilgan 

ishlar  varaqalari  (66-  va  66-a  shakllari)  qo’llanadi.  Shuningdek,  ishbay  ishlarda 

ishlangan  vaqtni  hisobga  olish  uchun  –  ish  vaqtini  hisobga  olish  tabeli  (64-shakl) 

qo’llanadi. 

Mehnat  predmetlari  sarfi  hisobga  olinadigan  hujjatlarda  paxtachilikda 

sarflangan  turli  moddiy  qiymatlar:  urug’,  o’g’it,  zaharli  ximikatlar,  gerbisidlar, 

ehtiyot  qismlar  va  hokazolarni  qayd  etadi.  Ekishga  sarflangan  urug’  va  ekish 

materiallari  urug’  va  ekish  materillarini  sarflash  dalolatnomasi  (119-shakl),  o’g’it, 

zaharli  ximikat  va  gerbisidlar sarfi –  ma’danli,  organik  va bakterial o’g’itlar zaharli 

ximikatlar  va  gerbisidlarni  ishlatish  to’g’risida  dalolatnoma  (118-shakl),  mayda 

inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo’jalik inventari va buyumlarni hisobdan 

chiqarish  dalolatnomasi  (126-shakl)  bilan  rasmiylashtiriladi  va  xokazo.  Dastlabki 

hujjatlar  ko’rsatkichlari  oy  oxirida  moddiy  qiymatlar  harakati  haqidagi  hisobotlarda 

(121-shakl)  umumlashtiriladi,  shundan  so’ng  bo’linmalarning  ishlab  chiqarish 

hisobotlariga moddiy  qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. 

Mehnat  vositalari  sarfini  hisobga  olish  hujjatlari  Paxtachilikda  foydalanilgan 

mehnat  vositalari  bo’yicha  xarajatlar,  xususan  hisoblangan  amortizasiya  ajratmalari 

aks  ettiriladi.  Bunga  amortizasiyani  hisoblash  va  taqsimlash  bo’yicha  turli  hisob-

kitoblar:  yil  boshidagi  holatiga  ko’ra  asosiy  vositalar  bo’yicha  amortizasiya 

ajratmalar  hisob-kitobi  (52-shakl)  kelib  tushgan  va  chiqib  ketgan  asosiy  vositalar 

bo’yicha  amortizasiya  ajratmalari  hisob-kitobi  (60-shakl),  bir  oylik  amortizasiya 

ajratmalarini  hisoblash  vedomosti  (62-shakl),  dehqonchilik  tarmog’idagi  asosiy 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

22 



vositalari  bo’yicha  hisoblangan  amortizasiyasi  taqsimlash  vedomosti  (63-shakl).  Bu 

guruh  bilan  asosiy  vositalarni  joriy  ta’mirlash  bo’yicha  hujjatlar  uzviy  bog’langan. 

Bularga  mashinalarni ta’mirlash  uchun  nuqsonlar (defektlar)  vedomosti (130-shakl), 

joriy ta’mirlash xarajatlarini taqsimlash vedomosti taalluqlidir. 

Mahsulotlar  chiqishini  hisobga  olish  bo’yicha  hujjatlar:  don,  texnik  ekinlar, 

sabzavot,  meva,  ozuqa  kabi  dehqonchilik  tarmogi  mahsulotlarini  kirim  qilish  qayd 

etiladi.  Bularga:  don  ekinlari  bo’yicha  –  don  va  boshqa  mahsulotlarni  daladan 

jo’natish  vedomosti  (77-shakl),  mahsulotni  daladan  olib  chiqish  yo’llanmasi  (77-a-

shakl),  donni  talonli  hisobga  olish  usulida  talonlar  (77-b,77-v,77-g-shakl),  don  va 

boshqa  mahsulotlarni  qabul  qilish  reyestri  (78-shakl),  donni  tarozibon  tomonidan 

qabul    qilish    reyestri  (78-a-shakl),  don  va  boshqa  mahsulotlar  harakati    vedomosti 

(80-shakl) kiradi. Paxtachilikda xarajatlarni hisobga olish bo’yicha ham, mahsulotlar 

chiqishini  hisobga  olish  bo’yicha  ham  ko’p  miqdordagi  xilma-xil  hujjatlardan 

foydalaniladi.  Har  bir  guruh  hujjatlaridagi  ma’lumotlar  ularga  ishlov  berilganda 

ma’lum belgilariga ko’ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko’ra bir 

tizimga  solinadi.  Mehnat  sarflari  hisobga  olinadigan  hujjatlarning  ma’lumotlari  ish 

haqi  hisoblash  va  to’lash  uchun  har  bir  xodim  hamda  xodimlar  toifasi  bo’yicha  ish 

haqi  fondidan  foydalanishni  nazorat  qilish  maqsadida  umumlashtiriladi.  Mehnat 

predmetlarini  hisobga  olinadigan  hujjatlarning  ma’lumotlari  moddiy  javobgar  

shaxslar    hamda    moddiy  qiymatlarning  kelib  tushishi  va  sarflanishi  yo’nalishlari 

bo’yicha  bir  tizimga  solinadi.  Mehnat  vositalarining  sarflanishi  hisobga  olinadigan 

hujjatlarning  ma’lumotlari  bir  turdagi  asosiy  vositalar  guruhlari  va  turlari  hamda 

asosiy  vositalardan  foydalanish  yo’nalishlari  bo’yicha  bir  tizimga  solinadi. 

Mahsulotlar  chiqishi  hisobga  olinadigan  hujjatlar  ma’lumotlari  mahsulot  turlari, 

moddiy  javobgar  shaxslar,  mahsulotning  kelib  tushish  va  sarflanish  yo’nalishlari 

bo’yicha bir tizimga solinadi. 

O’simlikchilik  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  mahsulot  chiqishini  hisobga 

oluvchi  hujjatlar  buxgalteriyada  qayta  ishlanib,  «Ishlab  chiqarish  xarajatlari  va 

mahsulot chiqishini hisobga olish daftari»ga yozuvlar amalga oshiriladi. Daftarda har 

bir  ekin  turiga  alohida  betlar  ajratilgan  bo’lib,  xarajatlar  va  olingan  mahsulotlar 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

23 



tegishli  betlarga  yoziladi.  Ushbu  daftar  hisob  registiri  vazifasini  bajarib, 

o’simlikchilik  tarmog’idagi  har    bir  ekin  turi  bo’yicha  xarajatlar  va  mahsulot 

chiqishini alohida hisobga olishni ta’minlaydi. 

Paxtachilikda  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  mahsulot  chiqishini  hisobi 

buxgalteriya  hisobi  schyotlar  rejasining  2010  -  «Asosiy  ishlab  chiqarish»  schyotida  

ochilgan  analitik  schyotda  hisobga  olib  boriladi.  Bu  schyot  balansga  nisbatan  aktiv 

schyot  bo’lib,  debetida  paxtachilik  tarmog’iga  qilingan  xarajatlari,  kreditida  esa 

paxtachilik  tarmog’idan  olingan  mahsulotlar  hisobga  olib  boriladi.  Paxtachilik 

tarmog’idan  olingan  mahsulotlar  yil  davomida  reja  tannarxida  hisobga  olinib,  yil 

oxirida haqiqiy tannarxga tuzatiladi.  

Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’ining xarajatlari ham «Mahsulot (ish, 

xizmat)  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:  

1.Mahsulot(ish,xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. 

2.Asosiy faoliyatning boshqa  xarajatlari. 

3.Moliyaviy faoliyat xarajatlari. 

4.Favqulodda zararlar. 

Xarajatlarni  iqtisodiy  mohiyatiga  ko’ra  guruhlanishi  xarajat  elementlari 

deyiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat  elementlariga 

bo’linadi: 

1.Moddiy xarajatlar. 

2.Mehnat haqi xarajatlari. 

3.Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar. 

4.Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi(amortizasiyasi).  

5.Boshqa xarajatlar. 

Xarajatlarni  turlariga  ko’ra  guruhlanishi  xarajat  moddalari  deyiladi. 

Xarajatlarni  xarajat  moddalari  bo’yicha  hisobga  olinishi  boshqaruv  hisobiga  kirib, 

xo’jalik  yurituvchi  subektlar  ishlab  chiqarish  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda 

xarajat  moddalari  sonini  o’zlari  mustaqil  belgilaydilar.  Fermer  xo’jaliklarida 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

24 



Paxtachilik  tarmog’idagi  xarajatlar  quyidagi  9  ta  xarajat  moddasi  bo’yicha  hisobga 

olinadi: 

1.Mehnat haqi ajratmalari bilan birga. 

2.O’g’itlar. 

3.Asosiy vositalar amortizasiyasi. 

4.Urug’lik xarajatlari. 

5.Ish va xizmatlar. 

6.Yoqilg’i  va moylash materiallari. 

7.Sug’urta to’lovlari. 

8.Umumishlab chiqarish xarajatlari. 

9.Boshqa xarajatlar. 

1.«Mehnat  haqi  ajratmalari  bilan  birga»  xarajat  moddasida  bevosita 

paxtachilikning texnologik jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan 

asosiy  va  qo’shimcha  mehnat  haqi  to’lovlari  hamda  hisoblangan  mehnat  haqiga 

nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar hisobga olib boriladi. 

A) Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti   

    Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti – 

Paxtachilik tarmog’i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblanganda.  

B) Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. 

     Kredit  6520-«Davlat  maqsadli  fondlariga  to’lovlar»  schyoti  –Hisoblangan 

mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratma hisoblanganda. 

2.  «O’g’itlar»  xarajat  moddasida  paxta  ekini  uchun  sarflangan  mineral  va 

organik o’g’itlar sarfi hisobga olib boriladi. 

  Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.   

  Kredit  1090-«Boshqa  materiallar»  schyoti  –  Sarflangan  mineral  va  organik 

o’g’itlar qiymatiga.  

3. «Asosiy vositalar amortizasiyasi» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’ida 

foydalanilgan  asosiy  vositalarga  hisoblangan  amartizasiya  xarajatlari  hisobga  olib 

boriladi. 

Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.   

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

25 



Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti –

Paxtachilik  tarmog’ida  foydalanilgan  asosiy  vositalarga  eskirish  (amortizasiya) 

hisoblanganda. 

4. «Urug’lik va ko’chat materiallari» xarajat moddasida ekish uchun sarflangan 

urug’lik xarajati hisobga olib boriladi. 

Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti   

 Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan urug’lik qiymatiga. 

5.«Ish  va  xizmatlar»  xarajat  moddasida  paxtachilik  tarmog’iga  yordamchi 

ishlab chiqarishlar ko’rsatgan xizmati va chet tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish va 

xizmatlar xarajati hisobga olib boriladi. 

A) Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti   

     Kredit  2310-  «Yordamchi  ishlab  chiqarishlar»  schyoti  –  Paxtachilik 

tarmog’ida  xo’jalikni  o’z  yordamchi  ishlab  chiqarishlari  ko’rsatgan  xizmat 

summasiga. 

B) Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. 

     Kredit  6010-  «Mol  yetkazib  beruvchi  va  pudratchilarga  to’lanadigan 

schyotlar»  -  Paxtachilik  tarmog’ida  chet  tashkilotlarning    ko’rsatgan  xizmati 

summasiga. 

6.  «Yoqilg’i  va  moylash  materiallari»  xarajat  moddasida  Paxtachilik 

tarmog’iga  sarflangan  turli  xildagi  yoqilg’i  va  moylash  materiallari  xarajati  hisobga 

olib boriladi. 

Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti..   

Kredit  1030-  «Yoqilg’ilar»  schyoti  –  Sarflangan  yoqilg’i  va    moylash 

materiallari qiymatiga. 

7. «Sug’urta to’lovlari» xarajat moddasida paxta hosilini turli tabiiy  ofatlardan 

sug’urtalash xarajatlari hisobga olib boriladi. 

Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti   

Kredit  6510-  «Sug’urta  bo’yicha  to’lovlar»  schyoti  –Hisoblangan  sug’urta 

to’lovlari summasiga. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com


 

 

26 



8.«Umumishlab  chiqarish  xarajatlari»  xarajat  moddasida  Paxtachilik 

tarmog’iga tegishli umumiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olib boriladi. 

Debet  2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti   

Kredit  2510-  «Umumiy  ishlab  chiqarish  xarajatlari»  schyoti  –taqsimlangan 

umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini  Paxtachilik tarmog’iga tegishli qismiga. 

9.«Boshqa  xarajatlar»  xarajat  moddasida  yuqoridagi  moddalarda  hisobga 

olinmagan  paxtachilik  tarmog’ining  boshqa  to’g’ri  xarajatlari  hisobga  olib  boriladi. 

Bunda xarajatlarning turlari bo’yicha tegishli buxgalteriya provodkalari tuziladi. 

Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan  mahsulotlar yil davomida reja tannarxida 

baholanib daromadga olinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni 

haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib reja tannarxi haqiqiy 

tannarxga tuzatiladi.  

Paxtachilik  tarmog’ida  yetishtirilgan  mahsulotni  daromadga  olishda  quyidagi 

buxgalteriya provodka tuziladi: 

1.Debet 2810 – «Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti. 

Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – don daromadga olinganda. 

Sotilgan paxtaning  yil oxirida kalkulyasiya farqiga (Agar haqiqiy tannarx reja 

tannarxidan katta bo’lsa, farq summasiga «qo’shimcha yozuv» usulida, agar haqiqiy 

tannarx  reja  tannarxidan  kichik  bo’lsa,  farq  summasiga  «qizil  storno»  usulida) 

quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi. 

Debet 9110–«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schyoti. 

          Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti 

Paxtachilik  tarmog’iga  qilingan  xarajatlarni  buxgalteriya  schyotlarida  aks 

ettirilishini 1-chizmada ko’rishimiz mumkin.  

Paxtachilik  tarmog’ida  yetishtirilgan  paxta  xom  ashyosi  yil  davomida  reja 

tannarxida  baholab  kirim  qilinadi.  Yil  oxirida  qilingan  xarajatlar  va  olingan 

mahsulotlarni  haqiqiy  miqdori aniqlangandan so’ng  haqiqiy tannarx  hisoblanib, reja 

tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi. 

Jomboy  tumani  «Yulduz»  fermer  xo’jaligida  olingan  hosil  harakatini  aks 

ettirish  bo’yicha  tuzilgan  buxgalteriya  provodkalari  va  xo’jalikning  moliyaviy 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

 

27 



hisobotlarida faqat davlatga sotilgan 484 sentner paxtadan 14780 ming so’m daromad 

olinganligi aks ettirilib, bunga quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuzilgan: 

    1.Davlatga sotilgan paxtaning qiymatiga 

      Debet – 4010 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» 

      

Kredit  –  9010  «Tayyor  mahsulotlarni  sotishdan  olingan  daromadlar»-  



14780 ming so’m 

 


Download 315.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling