Mavzu: Payvandlash transformatorlari
Payvandlash transformatorlari turlari
Download 427.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqPayvandlash transformatorlari Jo\'rabek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan Adabiyotlar
Payvandlash transformatorlari turlari.
Payvandlash transformatorlarining texnik tavsifi Keyingisi energetik kо‘rsatkichlarini yaxshilash uchun birlamchi chulg‘amga kondensatorlar parallel ulanganligi bilan oldingisidan farq qiladi. Chulg‘amlari suriladigan transformatorlar kо‘pincha yoy bilan dastaki payvandlash uchun qо‘llanadi. Bulardan tashqari sochilma oqimini va payvandlash tokini magnit shuntini burab – о‘zakning о‘rtadagi harakatlanuvchi zvenosini burab (STSH markali transformatorlar), о‘zgartiradilar, shuningdek, kichik gabaritli TDP, TSP, ADZ rusumli transformatorlarni qо‘llaydilar, bularda tokni ikkilamchi chulg‘am seksiyalarini qayta ulash bilan yoki qо‘shimcha chulg‘amlar yordamida rostlanadilar. Flyus qatlami ostida suyuqlanadigan elektrod bilan avtomatik va yarim avtomatik payvandlash uchun TDF rusumli maxsus transformatorlar ishlab chiqariladi (3rasmga va jadvalga qarang). 3-rasm. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun TDF transformatori. Flyus ostida payvandlashni kattaroq tokda olib boradilar, shuning uchun yoy turg‘un yonadi va yoyni VAT ning о‘sib boradigan shaxobchasida chok sifatli shakllanadi. (4-rasm, 3 va 4 egri chiziqlar). Demak, transformatorning tashqi VAT sekin pasayadigan bо‘lishi lozim (2 egri chiziq VAT ning qiyaligini kattalashtirish payvandlash toki qiymatini kamayishiga olib keladi, bunda payvandlash jarayoni turg‘un bо‘lishi mumkin, chunki yoyning tavsifi manbaning VAT bilan A1 va A2 nuqtalarida kesishishi chap tomonga suriladi. 4-rasm. Ta’minlash manbalarining volt-amper tavsifi (1 va 2) va flyus ostida payvandlash turida uzunlikdagi (3 va 4) payvandlash yoyning tavsifi. TDF transformatorining sekin pasayadigan VATni chulg‘amli 4 (5-rasm) elektromagnit shunti 3 yordamida olinadigan, rostlanadigan alohida tok manbaidan ta’minlanadi. Shunt 3 pо‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan va transformator о‘zagi 1 ning ichida kо‘zg‘almas qilib о‘rnatilgan. о‘zakda har biri ikkita g‘altakdan iborat bо‘lgan birlamchi 2 va ikkilamchi 5 chulg‘amlar о‘rnatilgan. Chulg‘amlar о‘zakda kо‘zg‘almaydigan qilib maxkamlangan va joylashtirilgan, natijada kattalashtirilgan sochilma oqim Fs olinadi. 5-rasm. Elektromagnit shuntli transformatorning chizmasi: 1 - о‘zak, 2 – birlamchi chulg‘am, 3 – shunt; 4 – chulg‘amlar, 5 – ikkilamchi chulg‘am. Salt yurish rejimida birlamchi chulg‘ami 2 380 Vli tarmoq kuchlanishiga ulanadi. Payvandlash konturi ochiq, unda tok yо‘q, salt yurish kuchlanishi Usyu80 V bо‘ladi. Transformatorni Usyu =(1,5...3,0) Ud shartidan kelib chiqib hisoblanadi. Yuklama rejimida, yoy yonganda transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 5, payvandlash simlari va yoydan iborat bо‘lgan payvandlash konturi berk, undan payvandlash toki о‘tadi. Shunt 3 chulg‘ami 4 da tok nolga teng bо‘lgan asosiy magnit oqimi Ft ning kо‘p qismi va sochilma oqim Fs shuntning magnit о‘tkazuvchi 3 orqali berkiladi, ikkilamchi chulg‘am 5 orqali о‘tmaydi. Bu holda payvandlash zanjirida tok eng kichkina miqdorni tashkil etadi. Agar shunt 3 chulg‘amida tok oshirilsa, Fs oqimi kamayadi, Ft oqimi kattalashadi, va payvandlash toki oshadi. Shunt chulg‘amida tok maksimal bо‘lganda Fs=0; Ft= Ft max va payvandlash toki ham maksimal. Hozirgi zamon payvandlash transformatorlarida shunt chulg‘amida va demak payvandlash tokini boshqarish juda tekis va tashqi pо‘latdan distansion ravishda amalga oshiriladi. Qisqa tutashish rejimida payvandlash zanjiri elektrod va buyum orqali berkiladi. Flyus qatlami ostida yoy bilan payvandlash uchun qisqa tutashish toki Išt =(1,3-1,5)Id; Bu shart TDF markali transformatorlarning barcha konstruksiyalarida bajariladi. Bu transformatorlarning texnik tavsiflari yaxshi (1-jadvalga qarang) lekin ular katta aktiv materiallar sarfini talab qiladi (shunt о‘zagiga transformator temiri va chulg‘amlari uchun mis) demak, ularning massalari katta bо‘ladi. Payvandlash transformatorlarining to'rtta asosiy turi mavjud, ular orasida yuqori reaktivlik turi mavjud. Tashqi reaktor to'g'ridan-to'g'ri oqim (DC) bilan ishlaganda oqim zichligi darajasini saqlab qolish uchun ishlab chiqilgan eng yangi dizayndir. Ushbu transformator AC modellariga qaraganda yuqori chastotalarda ishlashi mumkin va baribir ishlashda sezilarli yo'qotishlarsiz yoki magnit to'yinganlik bilan bog'liq boshqa muammolarsiz doimiy ish faoliyatini ta'minlaydi. Payvandlaganingizda, payvandlash kuchlanishi eritilgan metallning bir-biri bilan qanchalik aloqa qilishini nazorat qiladi. Agar elektr toki zanjiridagi ikkita nuqta o'rtasida elektr toki yetarli darajada yuqori bo'lsa, elektronlar bir nuqtadan ikkinchisiga sakrab o'tadi va simning eritilishiga olib keladigan reaktsiyaga sabab bo'ladi. Ushbu jarayonni aniqroq boshqarish uchun biz amperni yuqoriga yoki pastga o'zgartirib, bir vaqtning o'zida voltlarni sozlash orqali tok kuchimizni o'zgartirishimiz mumkin - shuning uchun agar siz quvur yoki metall plitalar kabi qalinroq narsalarni qidirsangiz, lekin juda qalin emas, chunki u Avtomobil kuzov panellarini bajarayotganda qatlamlardan o'tish qiyinroq bo'ladi, deydi 1/4 dyuymli galvanizli po'lat plitalar chuqurligi 6 dyuymdan ortiq bo'lgan narsalarni ishlatishdan saqlaydi, chunki ular 3 dyuymdan yupqa chiqadi. Transformatorlar payvandlashda elektr tarmog'idan o'zgaruvchan tokni past kuchlanishli, yuqori amperli oqimga o'zgartirish uchun ishlatiladi. Payvand choklari haqida gap ketganda qalinligi muhim bo'lganligi sababli, bu parametr qanday materiallarni bir-biriga payvand qilish mumkinligini ko'rsatadi. Payvandlash tranformatorlarini tarmoqqa parallel ulash Katta payvandlash tokini hosil qilish zarur bo'lsa, masalan, cho'yanni qizdirib payvandlashda, elektrodlar bog'lami bilan payvandlash va hokazo hollarda, shuningdek, yetarli quvvatga ega bo'lgan tran formator bo'lmagan kezlarda parallel ulangan kichkina quvvatli transformatorlardan foydalanish mumkin. ul bo lar ula ula arallel ishlashga faqat bir turli transformatorlarni ulash mumkin. Chunki bunday hollarda parallel ishlashi uchun zaru asosiy shart, ya'ni salt yurish kuchlanishining teng bo lishi baja riladi. Bunga esa transformatsiyalash koeffitsiyentlar bo lgandagina erishish mumkin bir xil Transformatorlarni tarmoqga parallel ulash sxemasi rasmda ko'rsatilgan. Ttransformatorlarning birlamchi chug`amlar ta'minlash tarmog'ining bir xil afazalariga ulanishi shart. Ikkilamchi chulg`amlar vaqtning har qaysi daqiqasida bir hil qutbda bo`ladigan klemma a-a va b-b lar vositasida ulanadi. Klemmalarning bir jufti (b) biriktirgich-ajratgich Gr tutashtirilganidagina ulanadi. Biriktirgich-ajratgichga payvandlash postidan tortilgan sim ulangan. Biriktirgich-ajratgich Gr ajratilganida T1 va T2 transformator- larning birlamchi chulg'amlari tarmoqqa alohida-alohida ulanadi va ularning rejimi oldindan sozlab olinadi. So ngra, biriktirgich- ajratgich Gr ni tutashtirib transformatorlar parallel ishlashga ula nadi. Transformatorlar bitta korpusli qilib tayyorlangan bo lsa, klemmalar (a) o'zaro bevosita ulanadi. 6-rasm. Payvandlash transformatorlarini parallel ulash: A, B, C –O`zgaruvchan tok tarmog`ining fazalari; T1; T2- payvandlash transformatorlari; Dr1, Dr2, drossellar; Gr- biriktirgich ajratgich; In1, In2 - har qaysi transformator uchun nominal toklar; Inp – parallel ulashda tok; Un- parallel nominal kuchlanish Tarmoqqa parallel ulanganda payvandlash zanjiridagi kuchlanish bitta payvandlash transformatorining ikkilamchi kuchlanishga , tok esa har qaysi transformatordan o`tadigan toklar yig`indisiga teng bo`ladi. Xulosa
Men bu mustaqil ish tayyorlab payvandlash transformatorlarni ishlash prinspini, turlarini vazifalarini ko’rib chiqdim. Ushbu keltirilgan ketmaketlikni bajarish jaryonida: Payvandlash transformatorlari haqida umumiy to’plagan ma’lumotlarim. Payvandlash transformatori - о‘zgaruvchan tokning sanoat tarmoqlari kuchlanishi 220...380 V ni past kuchlanishga, ya’ni GOST bо‘yicha payvandlash jihozlari kuchlanishiga va lozim bо‘lgan payvandlash tokini ta’minlovchi elektromagnit apparatdir. Payvandlash transformatorining, turg‘un payvandlash jarayoni uchun lozim bо‘lgan tez pasayib borishi uchun transformatorning maxsus konstruksiyasi, ya’ni sochilma magnit oqimlari kattalashtirilgan transformatori ishlab chiqarilgan. Payvandlash transformatorining chulg‘amlari suriladigan konstruksiyasi eng kо‘p tarqalgan. Bunday transformator E320, E330 markali elektrotexnik pо‘lat markali plastinkalardan yig‘ilgan berk magnit о‘tkazgichida yig‘iladi. Ketma-ket ulangan g‘altaklar 2 dan tuzilgan birlamchi chulg‘ami tarmoq kuchlanishiga ulanadi, chulg‘am magnit о‘tkazich 1 da kо‘zg‘almas qilib maxkamlanadi. Ikkilamchi chulg‘am ham ikkita g‘altak 3 dan tayyorlangan bо‘lib, dasta 4 aylantirilganda magnit о‘tkazgichning о‘zagi bо‘ylab erkin surilishi mumkin. Transformatorning ishlashi magnit о‘tkazgich orqali birlamchi 2 va ikkilamchi 3 chulg‘amlarning elektromagnit о‘zaro ta’sirlariga asoslangan. Energiya uzatishda ikkita о‘zgaruvchan magnit oqimlari qatnashadi: faqat magnitdan о‘tadigan asosiy oqim Ft va magnit о‘tkazgichdan xamda havodan о‘tadigan sochilma oqim Fs. Salt yurish rejimida birlamchi chulg‘amning g‘altagi 2 kuchlanishi U1=220...380 V li ta’minlovchi elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda berk kontur hosil bо‘ladi va undan salt yurish toki Isyu о‘tadi. Ushbu ketmaketlikni bajarish jarayonida men payvandlash transformatorlarni ishlash prinspini, turlarini vazifalarini bir necha bosqichlarda o’rganib chiqdim. Foydalanilgan Adabiyotlar: G.N.Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov” M.Energiya 1985g. SH.Ђ.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” II qism “Konchilik korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qullanma Tashkent 1995y. A.I.Xonboboev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent 2000y Babichev Yu.E. Elektrotexnika i elektronika. CH. 1: Elektricheskie, elektronnыe i magnitnыe tsepi: Uchebnik.-2006g. Download 427.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling