Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ,
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga tashlanadi.
SHaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
“Kreativlik” tushunchasi lug’aviy jihatdan (lot.) “creatio” – “yaratish”, “creative” –
yaratuvchi, ijodkor ma’nolarini ifodalaydi, mohiyatiga ko’ra esa “shaxs ijodkorlik
qobiliyatining namoyon bo’lishi” demakdir.
Kreativlik – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati
Kreativlik negizida aks etuvchi muhim sifatlar
15-.chizma
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
Kreativ potensialga ega bo’lish uchun pedagog e’tibor qaratishi zarur bo’lgan jihatlar
kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish;
ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish;
hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish
Do'stlaringiz bilan baham: |