Mavzu: Pedagogik diagnostika metodlari Reja: Pedagogik diagnostika nima? Diagnostikaning metodlari
Download 12.26 Kb.
|
Mavzu Pedagogik diagnostika metodlari Reja Pedagogik diagnosti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxiv metodi.
- «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod»
- Kontent – analiz
O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi. Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi. Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi. «Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi Testlashtirish - testlar yordamida bilim va koʻnikmalarni tekshirish usuli. T. insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan oʻtkazilgan. Ilk bor "akliy test" atamasi 1890-yil amerikalik psixolog Jeyms Makkin Kattel maqolasida qoʻllanilgan boʻlib, unda kollej oʻquvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun gʻar yili qoʻllaniladigan turkum testlar tavsiflangan. Fransuz psixologi A. Bine ham oʻz tadqiqotlarini akliy salohiyatni aniklash usullariga bagʻishladi. Niderlandiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya, Fransiya, Isroil, Finlyandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa rivojlangan davlatlar T. bobida yetakchi hisoblanadi. Mazkur roʻyxatdan aholisining hayot tarzi yuqori boʻlgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu yerda T. qoʻllanishi taʼlim sifatiga taʼsir etishi boshqaruv sifati bilan bogʻliq boʻlsa, sifatli boshqaruv, oʻz navbatida, aholi turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi. T. 1898-yil AQShda bir nechta oliy oʻquv yurtiga kirishda sinab koʻrilib, abituriyentlar uchun oʻrta maktab dasturlari asosida yagona T. tizimini yaratish zarurligi haqidagi xulosaga kelindi. 1900-yil ayrim xususiy tashkilot va untlar tashabbusi bilan kollejlarga qabul qilish boʻyicha imtihon kengashi, 1947-yil dekabrda esa taʼlimni rivojlantirish boʻyicha Karnegi jamgʻarmasi hamda kollejlarga qabul qilish boʻyicha imtiqon kengashi tomonidan pedagogik T. xizmati tashkil qilindi. Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirishdagi T. usuli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1992-yilda joriy qilindi. Bu farmon taʼlimni tubdan isloh qilish va demokratlashtirish jarayonini boshlab berdi, oliy oʻquv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olishda ijtimoiy adolatni taʼminladi. Oʻzbekiston T. tizimi xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻziga singdirib, milliy anʼana va mintaqaviy oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda rivojlanib bordi. Ilgʻor mamlakatlardagi T.ning 1 va 2 variantli modellari hamda universal savollar kitobchasi bilan bogʻlangan T. tizimi Oʻzbekistonda yanada rivojlantirildi. Shuningdek, yuqori darajada maxfiylikni muhofaza qilish, yoshlarning bilim va akliy darajasini baholashda muvofiqlik hamda aniklikni taʼminlash uchun 1996-yil T.ning koʻp variantli tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. Davlat test markazining koʻp variantli texnologiyasi hamda yaxlitlashgan avtomatlashtirish tizimining dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi tomonidan berilgan 30 dan ortiq mualliflik guvohnomalari bilan qimoyalangan. Koʻp variantli T. natijalarining taxlili oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasi, uning boʻlimlari boʻyicha olingan bilimlarning chuqur va mustahkamligini izchil kuzatishga, taʼlim jarayonini tubdan takomillashtirish istiqbollarini belgilashga imkon yaratadi, yangi pedagogik texnologiya, darelik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi. T.ning koʻp variantlilik texnologiyasi, testologiyaning ilmiy asoslarini tadqiq qilish, T. natijalarini didaktik asosda taxlil etish, shuningdek, T. ning turli tarmoklarda qoʻllanilishi boʻyicha 1996 yildan buyen 18 kitob nashr etildi. http://fayllar.org Download 12.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling