Mavzu: pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji
Fanning maqsadi hamda vazifalari
Download 323.1 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Fanning maqsadi hamda vazifalari
Pedagoglar kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri va samarali boshqara olishdir. Buning uchun pedagogning texnik va uslubiy bilimlami puxta egallagani yetarli emas. Pedagog o‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, o‘quvchi-talabalarda qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablami o‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklami o‘quvchi-talabaga individual yondoshish jarayonida bartaraf qila olishi lozim. 0 ‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning bunday tarzda takomillashtinsh vosita va yo‘llaridan biri ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir. Diagnostika fanining asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalar psixologiyasining turli sohalaridan psixologiya va pedagogikaga oid bilimlar berish, ayniqsa, shu fanlarning ilmiy tadqiqot metodlarini amalda qo‘llashga o‘rgatishdir. Shuning uchun mazkur kurs, asosan, amaliy xususiyatga ega bolish bilan birga nazariya bilan ham uyg‘unlashgan. Masalan: 1. Ilmiy asoslangan diagnostik metodlarsiz bolalarning ta’lim muassasasiga tayyorligini bilish mumkin emas. 2. Pedagogik diagnostikasiz rivojlantiruvchi ta’lim samaradorligini kuzatib bo’lmaydi. 3. Turli metodlaming nisbiy mahsuldorligini, o‘qitishning shakl va vositalarini baholash. a) diagnostik metodlarsiz o‘quvchi-talabalarnmg turli yosh davrlaridagi intellektual rivojlanganlik darajasini belgilash o’ta mashaqqat; b) o‘quvchi-talabalarga individual yondoshish uchun zarur bolgan ularning individual xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami to‘play olmaymiz. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning o‘rni, ahamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi Individual yondoshish, o‘quvchi va talabalarning individual xususiyatlarini o‘rganish shart ekanligi bir qancha davlat hujjatlanda ham aks ettirilgan. Pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o'quvchi-talaba shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi. Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ilg‘or ta’lim muassasalarida bu ish uslubiy muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda. Shu asosda yutuqlar mustahkamlanib, yo‘l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga kiritilmoqda. Shu borada savol tug‘iladi. - bola qobiliyati, imkoniyati, bilimi, egallagan ko‘nikmalarining o‘lchovi bormi? - bolaning bilimi va ko‘nikmalarini belgilashga o‘qituvchi aralashgani ma’qulmi yoki o'ziga o‘zi baho bergani afzalroqmi? Ana shunday savollarga eng maqbul asoslarda javob berish pedagogic diagnostikaning predmetidir. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘l-yo'riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik diagnostika: Download 323.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling