Mavzu: pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji
Download 323.1 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- “tashakkur”
1-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING PREDMETI VA TARIXIY RIVOJI REJA: 1. Pedagogik diagnostikaning shakllanish va rivojlanish tarixi. 2. Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika rivoji. 3. Pedagogik diagnostikaning predmeti Asosiy tushunchalar: pedagogik diagnostika. pedagogik jarayon, о’qitishni jadallashtirish. О'z-o’zini diagnostikalash, diagnostikaning fimksiyalari, pedagogic faoliyat. pedagogik diagnostikaning ob’yektivligi, qiyinchiliklarni о'rganish. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiY. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009. 2. Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiY. – T.: TDPU nashriyoti, 2018. 3. Tolipova J.O. Pedagogik testologiY. – T.:, 2015. Pedagogik diagnostikaning paydo bolishi juda qadimiydir. Uning tarixi pedagogik faoliyat tanxi bilan deyarli tengdosh. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan buyon mavjud bolsa, bu faoliyatning me’yorlan va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki, o‘quvchi- talaba bilimiga baho qo'yish, uni sinov, imtihon qilish, munozara, mushoira o‘tkazish, pirovard bilimlami bilib olish boshlangan yerda diagnostika ham turli shakl va ko‘rinishlarda mavjud bo’lgan. Faqat bularning farqi shundaki, ibtidoiy va o‘rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostik tahlil qilishning ilmiy asoslari yo‘q edi. Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi o‘quvchi talabani o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish hamda olgan bilimlarini kundalik hayotda foydalana olishlari bilan baholangan va natijalangan. Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy davrlarida ilohiy-dunyoviy bilimlami o‘rganish maxsus madrasalar va Akademiyalarda amalga oshirilgan. Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O’sha davrda ham o‘quvchi-talabalarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, o‘quvchi- talaba berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila olsa, ustozi o‘quvchi-talabalar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish orqali baholagan. Agar о‘quvchi-talaba berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, to‘la o‘zlashtirib, talabalar orasida yorqin, ravon bayon qila olsa, ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar o‘quvchi-talaba berilgan vazifa va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qollay olsa, unga yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan. Bularning zamirida nozik ruhiy qo‘llash, o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, unda ichki motivatsiyani vujudga keltirish orqali yangi bilimlami egallash sari yetaklangan. Agar o‘quvchi-talaba vazifalarni yaxshi o‘zlashtirmay kelsa, unga qayta mutolaa qilish zarurligi haqida tanbeh berilgan. Yuqorida keltirilgan baholash tizimida rag‘batlantirishning har bir turi o‘quvchi- talaba qay darajada o‘zlashtirganligiga mezon vazifani bajargan. Bunday rag‘batlantirish talabani mutolaa qilishga bo’lgan zavqini oshirib, yangi bilimlarni egallash sari chorlagan. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va yo’lga qo‘yish XX asr boshlarida amalga oshirilgan. Shu boisdan, ushbu pedagogik jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan. Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarning o‘zlashtirish asosi, deyishsa, ba’zilar uni o‘qitishni jadallashtiruvchi axborotdir, deb hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostika egallangan bilim sifatini nazorat etishdir, degan fikrni ilgan suradilar. Taniqli pedagog olim Matserman pedagogic diagnostikani “O‘quvchi-talaba o'zlashtirishi bilan o‘quv materialmi to‘g ‘ri tanlash, maqsadni to‘g‘ri yo‘naltirish mezonidir” deb hisoblaydi. Aslida pedagogic diagnostika o‘quv materialini bilish jarayonining asosini tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi. Ushbu fanning tarixiga nazar tashlasak, o‘tgan asrlarda u o‘quvchi-talaba bilimini baholash orqali amalga oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864-yilda AQSH olimlari D.Fisher va R.Reeslar asos solganlar. 1908-yildan boshlab, olim T.Stoun arifmetikadan test orqali o‘quvchi-talaba bilimining sogiom tizimini tadbiq etgan. Nemis olimi Linner “Test shaxsning turli holatlarini, shaxsiy xususiyat, lmkoniyat va qobiliyatlarini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi. Sobiq ittifoq davrida baholash mezonlari o‘zgarib, ular o‘rnini so‘rov, turli tekshiruv va lmtihonlar egallab olgan. Baholash tizimida o‘quvchi-talabalarning olgan bilimiga nisbatan “o’zlashtirgan” yoki “o ‘zlashtirmagan” kabi mezonlar qo‘llana boshlangan. 1938-yildan boshlab o‘zlashtirishni baholash besh ballik tizimga o’tkazilgan Unda “juda yomon”, “yomon”, “o'rta”, “yaxshi”, “a’lo” deb baholash tus olgan. 1944-yildan boshlab, ushbu baholashni besh ballik baholarda, ya’ni 2,3,4,5 raqamlarda ifoda etish joriy qilingan. Pedagogik tajribadan bizga sir emaski, ijobiy baho o‘quvchi-talabaning o‘qishga bo’lgan ishtiyoqi va kayfiyatini oshiradi, ruhlantiradi. Uning o‘ziga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi, bilim olishga qiziqishini ortiradi. Bu holat Etnopedagogikamizda va xalq pedagogikasida ham qayd etilgan. Yuqorida bayon etilgan besh ballik baho tizimida o‘quvchi-talaba yomon baho olganda, unga dashnom berilganda uning kayfiyati tushadi, bilim olishga ishtiyoqi, qiziqishi so‘nadi va o‘ziga bo’lgan ishonchi yo‘qolib boradi. Uzoq yillik kuzatuvlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchi-talabaning o‘z faoliyatini o‘zi baholashi, o‘ziga-o‘zi baho berishi eng adolatli, to‘g‘ri va istiqbollidir. Bunday oichov mezoni o‘quvchi-talaba bilim sifati va samaradorligini pedagogic diagnostika asosida baholashdir. Quyida shular haqida fikr yuritamiz. Download 323.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling