Mavzu: pedagogik diagnostikaning predmeti va tarixiy rivoji


Download 323.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana07.04.2023
Hajmi323.1 Kb.
#1340350
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

 Baholash shkalasi 
Baho malakasi ham o'quvchi-talaba shaxsini, uning o'qishga munosabatini to'g'ri 
belgilashdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davrda turlicha 
ifodalaganlar. Masalan, o'quvchi-talabaning mashg'ulotlar paytidagi qiziqish 
darajasini 1978-yilda AQSH olimi Olni Fittaku quyidagi shkala bo'yicha 
aniqlashni tavsiya etgan edi. Shkalalash - aniq jarayonlami raqamlar tizimi 
yordamida modellashtirish. 
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o'zgarishlarga aylantirishga 
yordam beradi. Shuning uchun ham o'quvchi-talabalaming foydali ish koeffitsenti 
ularning olgan baholari bilan belgilanadi. Past ko'rsatkich olgan o'quvchi-talabaga 
ko'proq e’tibor berish lozim. Lekin asosiy e’tibor yaxshi va a’lo baho olganlarga 
qaratiladi. Ustiga-ustak o'smir bolalar, о‘quvchi-talabalar o‘ziga kattalardek 
muomala qilishni talab etadi. Lekin o‘qituvchilarning ayrimlari yoshlardagi bunday 
psixologik kayfiyatlarni hisobga olmay, unga bola, ya’ni sub’yekt sifatida 
qaraydilar. Aynan mana shu sababli o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba o‘rtasida 
ixtiloflar, kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar o’zining pedagogik faoliyatida 
pedagogik diagnostika bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan 
biridir. Har qanday faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlarning pirovard 
maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob 
qilish, amaliy xulosalar chiqarish - bo‘sh yoki muvaffaqiyatli urinishlarni 
belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika 
deyiladi. Pedagogik diagnostika o‘quvchi-talabaning o‘zlashtirishi, o‘qishdagi 


qiyinchiliklarni, uning o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni 
o‘rganishga yo’naltirilgan. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini 
to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolami tuzatish, psixologik-pedagogik 
profilaktika ishlarini olib borish lmkonini beradi. 
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o‘z farzandining baxt-u 
saodati, fazl-u kamolini ko‘nsh uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat 
qiladi, o‘zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. 
Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shakllanishida asosiy o‘rin 
egallaydi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini 
anglaydi, his etadi. 
O‘zbek oilasi mustabidlik zamonida ham o‘zining tarixan shakllangan 
qiyofasini 
yo’qotmadi. Ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiriy qahramonlaridan birining: “Bu 
xonadondan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas”, deya aytgan gaplarida elimizga 
xos katta hayotiy tajriba mujassam. Shu sababli ham mustaqillik yillarida oilaning 
mustahkamligi, uning jamiyatda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berib kelinmoqda. 
Kelgusida farzandlarimizni sog‘lom, jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma’nan yetuk 
shaxs qilib tarbiyalashga, tabiatni, vatanni sevib ardoqlashga o'rgatishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Sir emaski, barkamol avlodning savodxon bo‘lishi, o‘quv-
biluv jarayoniga intilishi, qiziqishi uchun ta’lim jarayonida mustahkam bilim 
olishga ishtiyoq, asosan, boshlang'ich ta’limdan boshlanadi. Shu sababdan ham 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning 
so‘nggi bosqichi - sifat va samaradorlik bosqichi, qabul qilindi. Bu bosqich 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, ijobiy ma’nodagi 
“Portlash effekti” bosqichidir. 
Bu bosqichda pedagog kadrlarni yuksak salohiyatli, ijodkor, raqobatbardosh
komponentli yangi avlodni tayyorlashga qadam qo‘yildi. Bu vazifani amalga 
oshirish uchun Oliy ta‘lim muassasasi pedagoglari, bo‘lg‘usi pedagog-talabalar 
ham o‘z faoliyatlarini innovatsion pedagogika asosida qayta ko‘rib chiqishlari 
darkor. Ya’ni ularning o'zlari ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyatni his 


etishlik sari o’quv-tarbiya jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol 
usullar, innovatsiyalar asosida va bular o‘quvchi-talabaning shaxsiy faol 
ishtirokida olib borilishini taqozo etmoqda. Olib borilayotgan mashg‘ulotlarning 
pirovard natijalarini tahlil qilish, o‘rganish, kamchilik va xatolarini aniqlash, ularni 
tuzatish yoki oldini olish uchun pedagogik diagnostika o‘tkazish zaruriyati 
tug’ilmoqda. Shu munosabat bilan diagnostika fani vujudga keldi. 

Download 323.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling