Mavzu: pedagogik fanlarni o’qitish shakllari reja: kirish asosiy qism


Download 41.97 Kb.
bet1/12
Sana27.01.2023
Hajmi41.97 Kb.
#1132444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH SHAKLLARI




MAVZU: PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISH SHAKLLARI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Pedagogik-psixologiya fanlarni o’qitishning asosiy shakllari

  2. Maruza va maruzachiga qo’yiladiga pedagogik talablar

  3. Seminar mashg’ulotining vazifasi

  4. Malakaviy ta’lim bо‘yicha о‘zlashtirishni baholash mezonlari mezonlari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yukfangan. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’mimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyo- sini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasawur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo’yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.
Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko’plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalar ning diqqat-e’tiborida bo'ldi. O’qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o’quv qo’llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo’yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o’zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o’tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkumi, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi.
Ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o'qituvchiiar o’qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakl- lantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi va tarbiyachilaming ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko’p jihatdan bog’liq.
Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo’lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan.

Download 41.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling