Mavzu: Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq ma’lumot-axborot hujjatlari ustida ishlash. Ishonchnoma, tilxat, hisobot, dalolatnoma


Download 21.68 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi21.68 Kb.
#1468342
  1   2   3
Bog'liq
41-mavzu


41-Mavzu

Amaliy mashg‘ulot №41

MAVZU: Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq ma’lumot-axborot hujjatlari ustida ishlash. Ishonchnoma, tilxat, hisobot, dalolatnoma

Reja:
1.Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq hujjatlar haqida ma’lumot
2.Ishonchnoma,tilxat, hujjatlari haqida ma’lumot
3.Hisobot,dalolatnoma tayyorlanish tartibi


Ma’lumot-axborot hujjatlari: tilxat, tushuntirish xati va ishonchnoma.
Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:

  1. Hujjatning nomi (Tilxat).

2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi,familiyasi.
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi);
v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
g) olinayotgan buyumning texnikholati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa);
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
Tushuntirish xatixizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Tushuntirish xatiichki va tashqi xususiyatga ega. Tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar , loyihalar)ga ilova tarzda bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki uning ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek muassasada bo‘lib o‘tgan voqea –hodisaga, rahbarning ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi va dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi, shunga qaramay u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.
Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, shirkat xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi.SHaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelishi, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi:

  1. Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.

  2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.

  3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati)

  4. Hujjat matni (mazmuni).

  5. Imzo.

  6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).

Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozda rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu qog‘ozda aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning e’lon to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan ) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, ota ismiining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirilgani ma’qulroqdir.

Download 21.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling