Mavzu: Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq ma’lumot-axborot hujjatlari ustida ishlash. Ishonchnoma, tilxat, hisobot, dalolatnoma


Download 21.68 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi21.68 Kb.
#1468342
1   2   3
Bog'liq
41-mavzu

Ishonchnoma - muayyan muassa yoki ayrim shaxs nomidagi ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiriladigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarni olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borishni ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi».
Muayyan ish-xarakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, shirkat xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak


Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:

  1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.

  2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti.

  3. Ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).

  4. Qimmatdor buyumlar olinadigan (beradigan) muasssaning nomi.

  5. Ishonchnomaning berilish sababi.

  6. Ishonchnomaning amal qilish muddati.

  7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.

  8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi(pasport,guvohnoma).

Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan tuzatishlarsiz, rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy-buyum boyliklarini berish ruxsat etilmaydi, bunday ishonchnomalarni rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yuzasidan nazorat qilish korxona bosh (katta) hisobchisining vazifasidir.
Ishonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatdor buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda qo‘lda yoziladi, lekin unda albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi kerak:
1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma).
2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).
3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi.
4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalarni aniq ko‘rsatish).
5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi.
6. Ishonch bildiruvchining imzosi.
7. Berilgan (yozilgan ) vaqti
8.Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi.
9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr.
Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalardir.
Notarial tasdiqdan o‘tadigan ishonchnomalar ham xilma-xil mazmunda bo‘ladi. Masalan, mulkni umumiy boshqarish, uy-joyni sotish uchun, oylik ish haqini yoki nafaqani olish, vorislik huquqi guvohnomasini olish, transport vositasidan foydalanish va uni sotib olish, uy-joyni (kvartirani) sotish yoki sotib olish, jamg‘armadan pulni olish uchun ishonchnomalar beriladi.



Download 21.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling