Mavzu: Pedagogik faoliyat


Download 0.61 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1073376
  1   2   3
Bog'liq
Pedagogik faoliyat

Mavzu:Pedagogik faoliyat.


REJA
1.Pedagogik faoliyat tushunchasi
2.Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishning huquqiy asoslari.
3.Pedagogik faoliyatni tashkil etishning nazariy asoslari.
Kalit so’zlar:
Pedagog, tayanch o’quv reja va tushuntirish xati, fan dasturi va o’quv dasturi, DTS, Ish reja, dars ishlanma, dars,sinf dars tizimi,
Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan.
Zamonaviy oʻzbek Pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu Pedagogika taʼlim-tarbiya jarayonida taʼlim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fikrlashlarini taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga yoʻnaltirilgan xolda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek Pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yi-gʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy pedagogikada faqat bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda. Zamonaviy oʻzbek pedagogikasi rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A. Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J. Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev, N. Shodiyev, M. Quronov, L. Moʻminova, B. Qodirov singari olimlar tomonidan olib borilgan i.t. ishlari muhim oʻrin tutadi.
  • Konfutsiy (551 d.n.e — 479 d.n.e)
  • Kvintilian (35 n.e.- 96 n.e.)
  • Erazm Rotterdamskiy (1465 — 1536)
  • Yan Amos Komenskiy (1592 — 1670)
  • Djon Lokk (1632 — 1704)
  • Mixail VasilevichLomonosov (1711-1765)
  • Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)
  • Fridrix Fryobel (1782 — 1852)
  • Adolf Disterveg (1790 — 1866)
  • Nikolay Ivanovich Pirogov (1810 — 1881)
  • Gerbert Spenser (1820 — 1903)
  • Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824-1871)
  • Lev Nikolaevich Tolstoy (1828 — 1910)
  • Georg Kershenshteyner (1854 — 1932)
  • Djon Dyui (1859 — 1952)
  • Mariya Montessori (1870-1952)
  • Stanislav Teofilovich Shatskiy (1878 — 1934)
  • Korchak Yanush (1878-1942)
  • Pavel Petrovich Blonskiy (1884 — 1941)
  • Anton Semyonovich Makarenko (1888 — 1939)

Jahon pedagogikasining taniqli olimlari

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling