Mavzu: pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish


Download 262.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi262.11 Kb.
#1265149
1   2   3
Bog'liq
15-seminar pedagogik kompetentlik va kreativlikni shakllantirish

Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik 
fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini 
samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni 
yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal 
qilishga bo‘lgan tayѐrgarligini tavsiflovchi qobiliyati 
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – 
individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil 
omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati 


2) 
o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini 
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish 
orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. 
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham 
qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda 
sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan 
metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat 
qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va 
strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi 
hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni 
rivojlantiradi
5

Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. 
Ular quyidagilardir: 
Me’yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va 
rejalari)ni tayyorlash; O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik 
qo‘llanma, tavsiyanoma, lug‘at, ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish; 
Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash; 
O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish; 
Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish; 
Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish; 
Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish; 
Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish; 
Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish. 
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali 
tashkil etilishi uning kreativligi qay daraja ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 262.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling