Mavzu: Pedagogik mahoratning o'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati. O'qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatlar ahamiyatini tahlil qiling reja


Download 71.21 Kb.
bet1/6
Sana22.11.2023
Hajmi71.21 Kb.
#1794262
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik mahoratning o\'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati. O\'qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatlar ahamiyatini tahlil qiling


Mavzu: Pedagogik mahoratning o'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati. O'qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatlar ahamiyatini tahlil qiling


REJA:

  1. Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning mohiyati

  2. Pedagogik mahorat fanining maqsadi vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari

  3. Pedagogik mahoratni egallash vositalari

  4. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘ mi

Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologivasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya'da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O‘z kasbining mohir ustasi bo’lgan , yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini vaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”. Ushbu tasnifning mohiyatidan kelib chiqib o’ qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:



  • Madaniyatning vuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi;

  • O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi;

  • Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi;

  • O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.

Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan iborat;

  • Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi;

  • Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish;

  • Pedagogik qobiliyatga ega bo’lish;

  • Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.

Barcha kasblar orasida o’qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy- siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiv hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo’lishm, o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yollarini izlab topadigan kasb egasi bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo o'qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko'nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlarna g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o’qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko'maklashish lozim.
Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo’lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bog’liq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo’qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo’ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo’lganligining o’zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho’qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YuNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi.
A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’rganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin.» I
Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo’lgan ilg’or nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish printsipining o’ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog’liq bo’lgan bilimlarni tanlab, ularni o’zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o’quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o’rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.



Download 71.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling