Mavzu: Pedagogik mahoratning o'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati. O'qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatlar ahamiyatini tahlil qiling reja
O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni
Download 71.21 Kb.
|
Pedagogik mahoratning o\'qituvchi faoliyatidagi ahamiyati. O\'qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatlar ahamiyatini tahlil qiling
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
XV asrda yashab, ijod etgan mutafakkir, Alisher Navoiyning yaqin do‘sti Kamoliddin Husayn Voiz al-Koshifiy (taxm. 144o-1505 y.) bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o‘rni borligi haqida gapirib, muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo’lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma murabbiylar to‘g‘risida “Axloqi Muhsiniy” asarida shunday yozadi: “Murabbiy (bolaga) nasihat va ta 'lim berishda lutf va odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida o'qituvchiga pand berish yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar (murabbiy) nasihat berishning fursati kelganini bilsa unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning zamonamizda muloyim va xushfe’l bo‘lish maqsadga muvoqfiqdir. Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: “muallim bilimli, aqlli, adolatli, o'zida butun yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi ” Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana bin, unin o'qituvchi shaxsi va kasbi to‘g‘risida mukammal ma’lumot va tushunchalarga ega ekanligidadir. O'qituvchi inson sifatida shaxsiy fazilatlarg ega bo’lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga ham ega bo’lishi lozimligini tajriba ko‘rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloch to‘g‘risida bildirilgan fikrlar misolida ham ko’rdik. Shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy odol lilik, farosat, nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparvarlik, pedagogik odol tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik kelajakka ishonch, xushmuomalalilik kabi fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Kasbiy sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo’li mohiyati, beshta tamoyil rivojlanishining ma’naviy - axloqiy negizlarini bilishi, milliy tarbiya mohiyati va mazmunini chuqur anglash, chuqur ilmiy nazariy salohiyati, pedagogik ijod, o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlarini mukammal bilish, pedagogik bilimlarni takomillashtirishga intilish. Mamlakatimiz Prezidentining ichki va tashqi siyosatidan xabardorlik, o'zbek xalqining an’analari, qadriyatlari, urf - odatlarini yaxshi anglashi, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, dinshunoslik, huquqshunoslik, o’lkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo’lish va hokazo. Bolajak o’qituvchilarda yuqorida qayd qilingan milliy pedagogikaning faoliyatga tayyorlovchi shaxsiy va kasbiy sifatlariga ega qilish lozim. Bu hol kasbiy mahorat egasi bo’lish va kadrlar tayyorlashning milliy dastur talablarini bajarishga yordam beradi. O’qituvchi «Sog'lom avlod uchun» kurashchi, bor bilimi va tajribasini ta'lim - tarbiya ishiga bag‘ishlagan, o‘z qadrini, o‘z hurmati, o‘z obro‘sini saqlaydigan inson. Shuning uchun vaqt oltindan, duru- gavhardan qimmatlidir. U har bir daqiqa vaqtni to‘g‘ri taqsimlaydigan, bajariladigan vazifalarni hisobga oluvchi darsga tayyorlanishi, dars o’tkazishni rejalashtiradigan, ta'lim muassasasining umumiy qo‘shimcha topshiriqlarini tez va sifatli bajaradigan hamda vaqtida ovqatlanish, vaqtida dam olishni biladigan intizomli shaxsdir. Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir o’ qituvchidan ulkan aql-zakovat, sabr-toqat, matonat, o’quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr- muhabbatli bo’lishni talab etadi. Oqituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib borishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunvosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi zarur paytda so'z, ish amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvaffaqivatini ta’minlovchi omillardir. Pedagogik kasb - bu barkamol inson sifatida xarakterlanuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarning barqaror tizimidir. O’qituvi o‘z kasbiga ixlos qo‘yishi va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunib yetishi, bolalarga ta’sir o'tkazishi va ular bilan hamdardligini namoyon qila olishi shunday fazilatlar majmuasidirki, ular o’qituvchi faoliyati va muloqoti bilan uyg’unlashganda o’qituvchi mehnatining butunligiga erishiladi. O'qitish va tarbiyalash - bular bir-biridan ancha farqli tushuchalardir. O’qituvchi o‘z kasbining to’la ma’nodagi egasi bolishi uchun atrof-muhitidagi odamlar orasida hurmat-e’tibor qozona olish kerak. O'qituvchi hamma joyda madaniyatli murabbiy, ezgu fazilat egasi sifatida namuna bo’lishi zarur. O’qituvchining mahorati pedagogika oliy ta'lim muassasalari bilim va malakalarni egallash davridayoq, shakllanib boradi. Pedagogik kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kasbga moslashishi, tanlangan kasb ichidagi uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan, keng ma’nodagi o’qituvchining shakllanishiga bo’lgan talabga muvofiq holda bilimlarning pedagogik-psixologik va umummilliy mavqeining o‘sib borishida etmog’i lozim. O’qituvchilik faoliyati ushbu kasbni tanlagan har bir yosh yigit qizlardagi qobiliyat va iste’dodning barcha qirralarini ishga solish majbur qiladi. A.S.Makarenkoning fikricha, “Jamoada 4ta qobiliyatsiz o 'qituvchi o rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi- o‘qituvchi bo’lgani ma’qulligi haqida gapirgan edi. Bu bilan u qobiliyat kishilar ta'lim-tarbiya ishiga katta zarar etkazishi mumkinligini alohida uqtiradi. Avvalo, o’qituvchilar - ta'lim muassasasidagi ta'lim va tarbiya jarayonning asosiy tashkilotchilaridir. Yigit va qizlarning umumiy tayyorgarlik darajasi hamda mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiyoti, tarbiyalanganlik darajasi dastur va darsliklargagina emas, balki o'qituvchilarga, ularning mahorati hamda fuqarolik hislatlariga ham taalluqli bo’ladi. Shu boisdan ham pedagogika oliy ta’lim muassasalariga o'qituvchilik kasbini sevgan, unga chin ko'ngildan qiziqqan va moyilligi bo’lgan iqtidorli yoshlargina qabul qilishi lozim. Xulosa Oliy ta’limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O’zbekistonning ilg’or ilmiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir va ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga ega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlami tayyorlashni talab etadi. Oliy maktabda ta’lim mazmuni mutaxassislar shaxsini rivojlantirish, ylaming chuqur fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarliklarmmg asosiy vositalaridan bin hisoblanadi. Oliy maktabda ta’limning yangi mazmuni zamonaviy bosqichda davlat standarti bilan belgilanadi. Oliy ta’lim standarti kadrlar tayyorlash, ta’lim mazmuni sifatiga talablami belgilaydi. Davlat standarti me’yoriy hujjatlari asosida oliy maktabda o’qitish jarayonini takomillashtirish yo’llari belgilanadi. Oliy maktabda o’qitish jarayoni ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar bilan belgilanadi va o’qitish tashkiliy shakllari va metodlari turli-tuman tizimlari doirasida amalgaoshiriladi. Oliy maktabda ta’lim mazmunini qayta tashkil qilish: mutaxassislami tayyorlash yangi samarali shakllarini izlash bevosita talabalar bilim olish faoliyatlarini faollashtirish bilan bog’liq. Bilim olish faoliyati nazariy asoslarini asoslash uchun yaqin sharq va Markaziy Osiyo qomusiy olimlarining pedagogik qarashlari muhim ahamiyatga ega. Oliy ta’lim mazmunining sifatini takomillashtirish pedagogikadagi bugungi kunda yangi pedagogik innovatsiya yo’nalishisiz mumkin emas. Oliy maktabda innovatsiyon jarayonlar innovatsiyon xususiyati yangiliklar kiritish, o’qituvchilar kasbiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Oliy maktabda pedagogik innovatsiyalar pedagogik texnologiyalar muammolari bilan uzviy bog’liqdir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalari ihniy asoslarini, mualliflik maktablarini va yangi tajriba texnologiyalarini ishlab chiqish bilan bog’liq. Mazkur qo’llanmada pedagogik texnologiyalarni tizimlashtirish va umumlashtirishga urinishlar ushbu muammoni hal etmaydi. Ta’lim mazmunini yanada takomillashtirish oliy maktabda o’quv jarayoni yangi texnologik muammolami qo’yishni va hal etishni talab etadi. Foydalanilgan adabiyotlar Barkamol avlod orzusi. T., «SHarq» nashriyoti, 1998. 12 b. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq T., 1996. 19 b. Qudratov A. Nutq madaniyati asoslari. T., 1999. 26-32 b. Osnovo‘ pedagogicheskogo masterstva. M., 1989. 47-61 s. G‘oziev. E. Pedagogik-psixologiya asoslari. T., 1997. 28-30 b I Download 71.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling