Mavzu: Pedagogik psixologiyaning metodlari


Download 104 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi104 Kb.
#1562233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma\'ruza

Anketa metodi yosh davri psixologiyasida keng qo’llanadigan metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi.
Anketa odatda uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron hisoblash mashinalarida hisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo’sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bu kamchilikka yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Odatda anketa savollariga to’liq javob beriladi yoki qisqacha «ha», «yo’q.» deb yozib qo’yiladi, shartli belgilar bilan belgilanadi: bunda (+) tasdiqlashni, (-) inkor qilishni bildiradi, ketma-ket berilgan bir nechta javobdan faqat bittasi tanlanadi va tagiga chiziladi yoki tartib raqami aylana ichiga olinadi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a`zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi xar bir a`zoning o’zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma`lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to’g’risida tasavvur xosil qiladi. Bu ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos. Shuning uchun xozir YA. L. Kolominskiy va I. P. Volkov tomonidan sotsiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan turlari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini
Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling