Mavzu: Pedagogik psixologiyaning metodlari


Tadqiqotchilik metodlari -


Download 104 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi104 Kb.
#1562233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-ma\'ruza

1. Tadqiqotchilik metodlari - u yoki bu psixik jarayon, holat va sifatlarning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiladi hamda empirik va eksperimental tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilik metodlarini qo’llashdan maqsad – ishonchli ma’lumotlar olish, psixologo-pedagogik tajriba jarayonida va kuzatish orqali shaxs xulq-atvorining namoyon bo’lish xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
2. Psixodiagnostik metodlar – o’rganilayotgan psixologik xususiyatlarning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlarini aniqlash va baholash maqsadida qo’llaniladi. Psixodiagnostik metodlardan psixologiyaning turli sohalarida inson faoliyatining ko’plab turlarini o’rganish maqsadida foydalanish mumkin. Ilmiy psixologiyada bu metodlardan tadqiqotchilik tajribasini tashkil etish va o’tkazish jarayonida, amaliy psixologiyada esa psixologik maslahat, psixologik korreksiya (tuzatish), psixodiagnostika maqsadlarida foydalaniladi. Shuningdek, hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotida psixodiagnostik metodlarni kasbiy tanlash yoki kasbiy saralash ishlarida ham keng qo’llanilmoqda.
Amaliyotda qo’llanilayotgan psixodiagnostik metodlarni R.S.Nemov tomonidan quyidagicha tasniflangan:
1. Kuzatishga asoslangan psixodiagnostik metodlar
2. So’rovnomaga asoslangan psixodiagnostik metodlar
3. Faoliyat natijalarini tahlil qilish asosidagi psixodiagnostik metodlar
4. Eksperimental psixodiagnostik metodlar
V.L.Marishuk psixodiagnostik metodlarni quyidagicha tasniflaydi:



Taqiqot yo’nalishiga ko’ra

Qo’llanish shakligi ko’ra

Tadbiq etish usuliga ko’ra

- shaxs yo’nalishi, qiziqishlari
- shaxsni o’rganish metodlari
- obro’-e’tibor, shaxs mavqeini o’rganish
- psixik jarayonlar
- ijodiy qobiliyatlar
- umumiy bilimlar, kasbiy ko’nikma va malakalar
- psixofiziologik, tipologik xususiyatlar
- harakatlar aniqligi va koordinasiyasi, psixomotorika
- hissiy-irodaviy soha
- hissiy barqarorlik
- psixik holatlar

- kuzatish
- suhbat
- so’rovnoma
- so’rovnoma va anketa
- sosiometrik metodlar
- varaqli metodlar
- apparaturali testlar
- trenajyor qurilmalar yordamidagi tadqiqotlar
- maxsus jismoniy mashqlar
- kompleks metodikalar

- analitik testlar
- sintetik testlar
- kompleks metodikalar
- ko’p marotaba o’tkaziladigan testlar




Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling