Мавзу педагогик техника хақида тушунча. Педагогик техникани шакллантириш услублари
Download 1.93 Mb.
|
30-м Педагогик faol aktyorlik mahorat (1)
O‘qituvchining tafakkuri asosan o‘quv materiallarini mustaqil rejalashtirish va sistemali bayon etishda namoyon bo‘ladi. O‘quv materialini sistemali ravishda bayon qilish uni aniqroq, ongliroq idrok qilishni va yaxshiroq esda qoldirishni ta’minlaydi. O‘qituvchi o‘quv materialini kitob tilida, darslikda bor bo‘lganlargagina asoslanib bayon etmay, har doim ijodiy ish ko‘rishi lozim. O‘qituvchi keltirgan gapdagi fikrlarni isbotlay olishi, ilmiy asoslanmagan fikrlarni (isbotlay olishi) rad etish yo‘llarini egallashi lozim. O‘qituvchi tafakkurining mazmunliligi, tezligi, kengligi kabi sifatlari bolalarga o‘z bilimlarini aniq, mazmunli, tushunarli, qilib so‘zlab berishda ham namoyon bo‘ladi
Pedagogik faoliyat ta’lim tarbiya maqsadlariga muvofiq yo‘naltirilgan hamda ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. SHuning uchun ham bu faoliyat kishidan katta irodaviy kuch talab qiladi. Bu qiyinchiliklar darsga tayyorlanish, bolalarga bilim berish va ularni ishontirish va hakazolardir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun g‘ayrat, chidam sabr – toqat, umuman kuchli iroda kerakdir.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling