Mavzu: pedagogik texnologiyalar rivojlanish tarixi
Pedagogik faoliyatni yaxlit qamrab olishga qaratilgan pedagogik texnologiyani vertikal tuzulmasini 4 guruhga ajratish mumkin. (G.K.Selevko)
Download 104.61 Kb.
|
Kurs
Pedagogik faoliyatni yaxlit qamrab olishga qaratilgan pedagogik texnologiyani vertikal tuzulmasini 4 guruhga ajratish mumkin. (G.K.Selevko)
ismlardan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning gorizontal tuzilmasi esa mohiyatan bir-biri bilan aloqador uch asosiy jihatdan iboratdir: Ilmiylik - u yoki bu texnologiyaning pedagogika va boshqa turdosh fanlarni ilmiy-nazariy goyalari asosida ifodalanishidir. Rasmiy tavsifiy-texnologiya oldindan bashorat qilingan natijaga erishish uchun maqsad, vazifa mazmun, shakl, metod va vositalar, faoliyat algoritmi, qollanilgan modellar majmuasi shaklida ifodalanishidir. Jarayonli faoliyat- talim-tarbiya maqsadiga erishish faoliyat jarayonida amalga oshadi. Oquvchi va oqituvchining kommunikativ munosabatlari, talim-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirish, tashkil etish, yakuniy xulosa chiqarish, boshqarish, natijani taxlil etish va baholash aynan amaliy faoliyat jarayonida namoyon boladi. SHunday qilib, pedagogik texnologiyalarning fanga va talim-tarbiya amaliyotiga kirib kelishi davr talabi, pedagogika va metodika fanlarining rivoji, kadrlar tayyorlash borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mahsulidir. 2 BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 2.1. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish konsepsiyasi Mamlakatimiz istiqlol sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to‘plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o‘rganish va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, yaqin kelajakda “kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi“. Pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlasak, 30-yillarda “pedagogik texnika“ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo‘ldi va u o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan usul va vositalar yig‘indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa deb o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 40-50 yillarda o‘quv jarayoniga o‘qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. 60-yillarning o‘rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada “Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim“ (Technology and programmed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya“ (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. Pedagogik texnologiya muammosining o‘ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya jurnali“ (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham pedagogik texnologiya muammolariga jiddiy e’tibor berildi. 1971 yilda maxsus “Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya“si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko‘rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat shug‘ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud, har uch oyda yapon tilida chiqadigan “Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar“ (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o‘z o‘rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mashhur. Didaktikaning bu yo‘nalishiga e’tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o‘tkazilgan qator xalqaro konferensilar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o‘tkazilib kelinadi va anjuman materiallari “Pedagogik texnologiya jihatlari” (Aspects of Educational Technology) nomida nashr qilinadi. Yuqoridagilarning o‘ziyoq pedagogik texnologiya pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo‘nalish sifatida shakllanganligini ta’kidlab turibdi. Tahlillarning ko‘rsatishicha, bu davrda pedagogik texnologiya ikki yo‘nalishda muhokama qilindi va rivojlantirildi: birinchisi -o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi - o‘qitish texnologiyasi masalalarini, ya’ni o‘quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta’lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi. Shu yerda birinchi konferensiya materiallari (1966 yil) to‘plamning kirish maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish o‘rinlidir: “ikki tushuncha - “pedagogika“ va “texnologiya“larni qo‘shish mantiqi tortishuvlarga sabab bo‘layapedagogik texnologiyai. Chunki “texnologiya“ so‘zi auditoriyaga texnikani kiritish va “degumanizatsiya“ (insonparvarlikdan voz kechish) g‘oyasi bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini cho‘chitishi mumkin“. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson hech qachon “temir mashina“ga tobe bo‘lmaydi, balki uni o‘z aql- zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik jihatlari bo‘lib kam o‘rganilgan soha. 70-yillarning boshiga kelib o‘quv jihozlarining turli xillarini va o‘qitishning predmetli vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, ularsiz ilg‘or metodika va o‘qitish shakllari samarasiz bo‘lishi, ta’lim sifatiga erishib bo‘lmasligi anglab yetildi. 1973 yilda Vengriyada “O‘qish texnologiyasi Davlat Markazi“ bevosita YuNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi o‘qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. YuNESKO insonparvar va taraqqiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni o‘rganish bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. 1971 yilda YuNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais Fransiya Bosh vaziri (ayni vaqtda Ta’lim vaziri) Edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga rahbarlik qilishni, tezkor o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir sharoitda jahon ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni iltimos qildi. Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do‘konlarida “Yashash uchun o‘qish. Tarbiya dunyosi bugun va ertaga“ (Learning for living. The world of education today and tomorrow) kitobi paydo bo‘ldi. Bu voqeaga roppa-rosa 30 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ma’ruzaning asosiy g‘oyalarini eslash foydadan xoli bo‘lmaydi. Boz ustiga bu kitob boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga aylanmagan. Komissiya tomonidan jahon ta’limining joriy holati tahlil qilinib asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Komissiya milliy Konsepsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun o‘z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu konsepsiyaning bosh g‘oyasi: inson butun hayoti davomida tiklanish holatida bo‘ladi, demak u o‘z potensialini faqat uzluksiz ta’lim jarayonidagina amalga oshiradi - doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini faollashtirishga intiladi. Shu boisdan ma’lumotlilik faqat ma’lum hajmdagi bilimlarni uzatish bilan bog‘liq holda emas, inson o‘z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini aniqlaydigan omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan “zamonaviy texnologiya ta’limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch“ ekanligi qayd etildi. Bu davrda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: ba’zi birlari amaliyotdagi mavjud ta’limni takomillashtirishni avzal ko‘rsalar, boshqalari o‘z oldilariga hozirgi ta’lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qo‘ydi. Nihoyat, uchinchilari esa jamiyatni o‘zgartirmasdan turib ta’lim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga kirishish kerakligini e’tirof etadilar. Bugun O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo‘lishi va rivojlanish jarayonini o‘rganishga tarixiy yondashmoqdamiz. 1977 yilda Budapeshtda o‘tkazilgan o‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro semenarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog‘liq omillar rus olimi S.G. Shapovalenko tomonidan quyidagicha belgilandi: - texnikani bilish va mukammal egallash; - audiovizual fondi bilan tanish bo‘lish; - texnik vositalardan foydalanish metodikasini egallash. Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yakqol ko‘zga tashlanadi. Undan farqli o‘laroq g‘oyalar shu semenar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, venger olimi L. Salai o‘qitish texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: rejalashtirish, maqsad tahlili, o‘quvtarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, vositalar va materiallarni tanlash bevosita pedagogik texnologiyani loyihalashdagi o‘qituvchi faolitiyaga xosligini ta’kidlaydi. Shunga yaqin fikrlar, ya’ni o‘qitish texnologiyasi o‘zida yordamchi vosita va yangi tizimni qamrab olgan holda o‘quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, metodlarini, mazmunini o‘zgartirgan holda o‘qituvchi va talabalarning pedagogik tafakkurlashiga ta’sir ko‘rsatishi J. Seller tomonidan ta’kidlandi. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chet ellarda texnika rivoji va ta’limni kompyuterlash darajasiga bog‘liq holda pedagogik texnologiyaning ikkita jihatlari alohida ajratilib ko‘rsatilgan va tadqiq qilingan: I) o‘quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish; 2) amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish. Misol uchun, Yaponiyada bu davrda olib borilgan tadqiqotlar o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishning birinchi yo‘nalishi, ya’ni ta’limning yangi texnik vositalarini yaratish va o‘quv jarayoniga qo‘llash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bunday holat boshqa qator davlatlar uchun ham xarakterli bo‘lib, pedagogik texnologiyaning ikkinchi yo‘nalishi - nazariy-didaktik jihatlari 80-yillarning boshida AQSh va Angliyada tadqiqot ob’ektiga aylandi. Chunki “texnologiya“ so‘zi keng ma’noda nazariy bilimlarni amaliyot maqsadiga ko‘chirish, bu ko‘chirishning aniq yo‘llarini ishlab chiqish zarurati e’tirof etildi. Shunday qilib, 80-yillarda pedagogik texnologiyaning mohiyatini oydinlashtirishga bo‘lgan urinishlar yanada davom ettirildi. Bu soha Rossiyalik pedagog olimlarning diqqatini ham jalb eta boshladi. pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi T.A. Ilinaning ilmiy maqolalarida burjua didaktikasining yo‘nalishi sifatida talqin etilsada, u birinchilar qatorida o‘z hamkasblarini bu muammo bilan shug‘ullanishga da’vat etadi va chet el maktablari va pedagogikasida bu sohadagi yangi va qiziqarli nashrlarning barchasini kuzatish foydali ekanligini alohida ta’kidlaydi. Shu boisdan 80-yillarning oxiri, 90-yilllarda pedagogik texnologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish Rossiyada keng yo‘lga qo‘yildi. Akademik V.P. Bespalkoning 1989 yilda nashr etilgan “Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii“ kitobi bu sohadagi yirik tadqiqotlarning natijasi hisoblanadi. Xo‘sh, pedagogik texnologiya mamlakatimiz ta’lim tizimida, qolaversa, pedagogik nashrlarda ilmiy tushuncha tarzda qachon paydo bo‘ldi? Shubhasiz, yangi soha 1997 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida dolzarb tadqiqot ob’ekti darajasiga ko‘tarildi va ijtimoiy buyurtma sifatida yuzaga qalqib chiqdi. Shu bilan birgalikda mustaqillikning dastlabki yillaridayoq bu muammoga qo‘l urildi, aniqrog‘i 1993 yilda “Xalq ta’limi” jurnalida chop etilgan maqolada birinchi marta pedagogik texnologiya tushunchasi mohiyati, uning ta’rifi va ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi. Bugun esa pedagogik texnologiya mavzusi bo‘yicha mamlakatimizda nazariy va amaliy konferensiyalarni uyushtirish, vaqtli matbuotlarda maqolalarning tez-tez ko‘zga tashlanib turishi ijtimoiy voqelikka aylanib boryotganligi quvonchlidir. 2.2. Pedagogik texnologiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi, turlari hamda ta’riflari Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlagan «portlash effekti»ga yetib borish yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o‘qituvchipedagoglarninggina vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta’minlanishi hozirgi kun talabidir. Ta’lim tizimi va o‘quv-tarbiya ishlari sohasiga turli o‘zgarish, yangilik va pedagogik texnologiyalarni jalb qilish muammolari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berilgan. Mazkur dasturni ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar) da -«o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001- 2005 yillar)da - «ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quvtarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish», uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da «ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» vazifalari belgilab qo‘yilgan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur’atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta’limtarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg‘or texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko‘rsatib beradi: «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish uchun, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta’limtarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi rolini o‘zgartirish zarurligi; fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi; Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi. Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo‘llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so‘zidan olingan bo‘lib, «ta’lim texnologiyasi» degan ma’noni bildiradi. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan -texnos- san’at, hunar va logos- fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topib, "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. Ishlab chiqarishda texnologiya so‘zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi: Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisi. Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o‘zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning bir qismi. Texnologik xarita – ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarining ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat. Texnologik rejim – texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi. Ana shu ta’rif va tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin: Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘quvchi (talaba)larga o‘qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o‘qitish texnologiyasi», «ta’lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi. O‘qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu, ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)larning tartibli birligini o‘zida mujassamlashtirgan ta’lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli - bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va itsiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo‘yicha pedagogik hamda o‘quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita). Ta’lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o‘uzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usuli. “Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “an educational technology” – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya” termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud. 1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir (talqinli lug‘at). 2. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov). 3. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev). 4. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qo‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib o‘qitish va bilimlar o‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNESKO). 5. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini o‘zgartirishdir (V.M. Shepel). 6. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo‘yicha har tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M. Monaxov). 7. Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T. Sakamoto). 8. Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini o‘zgartiruvchi uning rivojlanish sistemasidir (E. Bistereki va J. Seller). 9. Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali to‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin). 10. Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatini sistemali, konseptual, qoidali, ob’ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin). 11. Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashni tahlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni o‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir (Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh assotsiatsiyasi). Pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDX davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespa’ko «…pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan pedagogik tizimning loyihasidir»,- deyish bilan, quyidagi ta’rifni beradi: «Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvoffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir» Bu ta’rif mazmunidan quyidagi muhim tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: PT o‘quvchi (talaba)larda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi; loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; yakuniy natija albatta kafolatlanadi. O‘zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: «Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir» Yirik pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: «Pedagogik texnologiya – tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob’ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o‘zaro ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U pedagogik texnologiyaga ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmui deb qaraydi. «Pedagogik texnologiya ta’limtarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o‘quv jarayonlari, ta’limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb ta’rif beradi. Ko‘rib turganimizdek, «pedagogik texnologiya» tushunchasini ta’riflashda hali yagona fikrga kelinganicha yo‘q. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiya – ta’lim-tarbiya jarayonlari, ta’lim usuli, vositalari, shakllari, o‘qituvchi va tahsil oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar majmui bo‘lib, ta’lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o‘zida ta’lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob’ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi. Pedagogik texnologiyalar o‘z mazmuni, maqsadi, metodlari va vositalariga ko‘ra birbiriga o‘xshash. Pedagogik texnologiyalarni ana shu o‘xshash xususiyatlariga qarab ularni bir necha turga ajratish mumkin. Qo‘llanilishiga, qamrov hajmiga (masshtabiga) ko‘ra ularni uch guruhga ajratiladi: 1. Umumiy pedagogik texnologiyalar. 2. Xususiy pedagogik texnologiyalar. 3. Modulli kichik universal texnologiyalar. Umumiy pedagogik texnologiyalar o‘z ichiga yirik texnologiyalarni, ya’ni butun ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan masalalarni qamrab oladi. Masalan: reyting tizimiga o‘tish, test texnologiyalariga o‘tish shular jumlasiga kiradi. Xususiy pedagogik texnologiyalar esa ma’lum fan doirasida qo‘llanilishi mumkin va qulay bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan: iqtisodiyot fani uchun qulay bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqish. Modulli kichik universal texnologiyalar biror refleksni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, turli fanlarni o‘rganishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan texnologiyalardir. Masalan: didaktik o‘yinlar, fikrlashga o‘rgatuvchi texnologiyalar. Ular universal xarakterda bo‘lib, ko‘p vaqt talab etmaydi. Masalan: didaktik o‘yinli texnologiyalar. Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to‘g‘risida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy. Ilmiy aspektda o‘qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi hamda pedagogik jarayon loyihalashtiriladi. Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga yerishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi. Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi. Pedagogikada, o‘qitish texnologiyalari bilan birga ta’limiy texnologiyalar ham o‘rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektini bildirsa, o‘qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb hisoblanadi, ya’ni ular orasida hali ham aniq farqlar belgilanmagan. Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo‘lishi lozim. Kasbiy ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o‘zlashtirilishini, harakatlarning reflektivligini aks yettiradi va o‘z kasbiy faoliyatini shakllantiradi. Pedagogik texnologiya o‘qituvchi va talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo‘ladi. Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga yerishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o‘quv materiali mazmunidan iborat bo‘ladi. Texnologik jarayon o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o‘quv jarayonini boshqarish usullari, o‘quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi. Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar. Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogik texnologiyaning barcha qismlarining o‘zaro bog‘likligi, yaxlitligani o‘z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri, uning boshqaruvga asoslanganligidir. U o‘quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o‘qitish metodlari va vositalari bilan o‘zgartirib turishdan iborat bo‘ladi. Pedagogik texnologiyaning samaradorlik mezoni ta’lim jarayonining konkret sharoitlarida olinadigan yuksak natijalarni ko‘zda tutadi. Qayta tiklash pedagogik texnologiyalar mezonlaridan biridir. Unda pedagogik texnologiyalarni boshqa o‘quv yurtlarida qo‘llash imkoniyati tushuniladi. 2.3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar Bizga yaxshi ma’lumki, har bir nazariya o‘zining metodologik asoslariga ega bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining ilk g‘oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur nazariyaning asoslari ham yaratila boshlangan. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, ob’ektiv (tashqi) hamda sub’ektiv (ichki) omillari, ob’ekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so‘z yuritish uchun «ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «techne»-mahorat, san’at hamda «logos»-tushuncha, ta’limot so‘zlarining birikmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha «an educational technology») ta’lim (o‘qitish) jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan (yoki ta’limot) ma’nosini anglatadi. Alohida qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiyg‘oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan «pedagogik texnologiya» tushunchasiga nisbatan turlicha yondoshuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani «amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi» deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. So‘nggi o‘n yil davomida nutqimizda «pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya», «o‘qitish texnologiyasi» kabi tushunchalar keng qo‘llanmoqda. Aksariyat pedagoglar «ta’lim texnologiyasi» hamda «pedagogik texnologiya» tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondoshuv u qadar to‘g‘ri emas hamda bu borada yagona to‘xtamga kelish muhimdir. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi G‘arbiy Yevropa hamda AQShda yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda «Pedagogika» fani mavjud emas, shu bois «pedagogik faoliyat», «pedagogik tizim», shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga keluvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasi ham iste’molda yo‘q. Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni «ta’lim jarayoni» sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui «Metodika» deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan «Pedagogika» fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat-ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni o‘rinda «pedagogik texnologiya» hamda «metodika» tushunchalarining tavsifi, o‘ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida ta’lim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki o‘zida axloqiy xislatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishni ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim (bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik sanaladi, degan g‘oyani ilgari suramiz. Shunday ekan, bu o‘rinda «pedagogik texnologiya» tushunchasining qo‘llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir. O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Xalq xo‘jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo‘llanilayotgan texnologiyalar mohiyatini o‘rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar mazmuni bilan tanishish «pedagogik texnologiya» ta’lim-tarbiya faoliyatining yaxlit jarayoni to‘g‘risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi. Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgiladik: 1) tarbiya jarayonining umumiy loyihasi; 2) tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag‘bat); 3) tarbiya maqsadi; 4) tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar); 5) o‘qituvchi (tarbiyachi) faoliyati; 6) o‘quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati; 7) tarbiya samarasi (natija). Pedagogik texnologiya o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi: 1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, opedagogik texnologiyaimallashtirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2. Pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi, shuningdek, ta’limtarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4. Pedagogik texnologiya yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5. Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo‘lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy (standart) talablar qo‘yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta’lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondoshuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 6. Pedagogik texnologiya o‘zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamoloti) birligini ifoda etadi. Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo‘lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat. Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga bog‘liq: 1. Mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish. 2. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish. 4. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’ektiv nazorat qilish va baholash. 5. Xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish. Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo‘lg‘usi o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o‘zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta o‘zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faoliyat jarayonidir. Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu nazariya mohiyatini to‘laqonli ochib beruvchi terminalogiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, umumiy nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, ayrim muammolarni hal etish mumkin emas. Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi. Texno-pedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora ortib borayotganiga qaramay, mavjud muammolar yetarli darajada tadqiq etilmagan. Pedagogik texnologiyaning nazariy-metodologik asoslarini yaratish, unga ilmiy fan maqomini berish zaruriyatini asoslash borasida bildirilgan taklifga hanuz tavsiya yoki istak shaklida qaralmoqda. Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog‘liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan fan yo‘nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga tadbiq etishda alohida o‘rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to‘liq tahlil qilingan. Pedagogik texnologiyalarning mohiyati, ularni ta’lim jarayonida qo‘llash mexanizmini ta’lim falsafasi va sotsiologiyasi kontekstidan tashqarida ko‘rib chiqish mumkin emas. Zero, mazkur fanlar ta’limning jamiyat hayotidagi o‘rni va roli, shuningdek, ijtimoiy vazifalarini har tomonlama tahlil etadi, ta’lim metodologiyasi muammolarining chegarasini ko‘rsatib beradi. Ta’lim sohasi asosida inson hamda uning faoliyati turgan mustaqil ijtimoiy institutdir. Shu bois umumiy metodologiyaning barcha unsurlari texnikashunoslik metodologiyasining tizimli, faoliyatli va kompleks yondashuvi hamda xususiyatlari, ya’ni, umumiy metodologiyaning unsurlariga tayanmog‘i lozim. Shu bilan birga pedagogik texnologiya pedagogik jarayonning amal qilish shakllaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Binobarin, pedagogik texnologiya muammolarini tadqiq qilishning metodologik plani pedagogika nazariyasi metodologiyasi bilan to‘ldirilishi kerak. Texno-pedagogik fenomen (hodisa)ni tadqiq etish metodologiyasini ishlab chiqish ilgari surilgan ilmiy tadqiqot muammosini hal etish doirasida g‘oyatda dolzarb vazifa hisoblanadi. Pedagogik texnologiya nazariyasiga oid muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, muammoli vaziyat qisqa tavsif orqali ifoda etiladi. Ushbu holat tadqiq etilayotgan muammoning xususiyatlarini aniqlash va kengaytirilgan hamda mantiqan bir-biriga zid kelmaydigan predmetli blokni shakllantirishga asosli o‘tish imkonini beradi. Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari umumiy metodologiyaning asosiy tamoyillari tizimida yangi hodisa sifatida uni dialektik mantiq va bilish nazariyasining kategoriya va tamoyillari tizimidagi evristik imkoniyatlar darajasiga olib chiqadi. Tamoyillar tizimi nazariy metodologik bazis sifatida namoyon bo‘lib, mazkur bazis asosida pedagogik texnologiyaning konsepedagogik texnologiyaual modelini qurish imkoniyatlari aniqlanadi. Ta’lim majmuining konsepedagogik texnologiyaual tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: - har qanday texnologiya negizida mehnat faoliyati ko‘rinishidagi o‘zaro jamoaviy ta’sir yotadi. Texnologiya mehnat jarayonining o‘ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish shaklidan qat’iy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayonni amalga oishirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namoyon bo‘ladi: - insonning ongi jamoaviy o‘zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qaramaqarshiligini ifoda etib, o‘zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra ongni qayta shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologiyadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo etiladi; - pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o‘z taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o‘tgan holda, asosiy texnologik o‘zaro ta’sirlarini maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongni mustaqkamlash va to‘plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo‘lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega; - pedagogik texnologiya mohiyatining umumiy jihatlari, shakl va mazmuni, qaramaqarshiliklar tizimi, miqdoriy va sifat o‘zgarishlari dialektikasi, qurilishi, amal qilishi va rivojlanishining umumiy qonun va qonuniyatlari texnologiyaning umumfalsafiy konsepsiyasi doirasida muvaffaqiyatli ravishda ko‘rib chiqilishi mumkin. Uning harakat mantiqi moddiy ishlab chiqarish sohasidagi yuqorida ko‘rib chiqilgan qonuniyatlar (ob’ektiv texnologiya), uning dialektik qarama-qarshi jihati bo‘lgan – ma’naviy ishlab chiqarish, shuningdek, ta’lim sohasi qonuniyatlarini ko‘chirish jarayonini aks ettirishdan iborat; - pedagogik texnologiya nazariy negizga ega, zero, asl texnologiya o‘zining mustahkam ilmiy-nazariy poydevoriga asoslanadi. Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasini shakllantirish jarayoni har qanday fanning shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi asosiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasi rivojlangan sayin e’tibor umumnazariy unsurlarning sintez etilishiga qaratiladi; - pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur holat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi; - pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilishi uchun «g‘isht qo‘yishning» asosiy davri pedagogik texnologiyaning boshlang‘ich «hujayrasi»ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o‘ziga xos tushuncha va kategriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o‘zgarish, texnologik vosita hamda texnopedagogik o‘zaro ta’sir bilan bog‘liqdir. Yuqorida bayon etilgan xulosalardan pedagogik texnologiyani rivojlantirishning boshlang‘ich shart-sharoitlari (texno-pedagogik fenomenni rivojlantirishning zaruriy shartsharoitlari va poydevori bo‘lgan dastlabki unsurlar yoki boshlang‘ich shakllari), pedagogik texnologiya nazariyasini taraqqiy ettirishning asosiy bosqichlari va asosiy an’analarini xususiyilmiy jihatdan aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya genezisi ham tasdiqlaydi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasini qaror topedagogik texnologiyairish va rivojlantirish jarayonidagi asosiy bosqichlarni aniqlash, shuningdek, pedagogik texnologiya nazariyasining kelib chiqishini asoslash maqsadida pedagog, psixolog, faylasuf, iqtisodchi ham metodolog olimlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: - odamning tabiatga ko‘rsatuvchi ta’siri jamoaviy, maqsadga muvofiq va texnologik o‘zaro ta’sir sifatida maydonga chiqadi. Ushbu holat texnologik vosita tuzilmasidagi sababiy bog‘lanishlarni umumiy jarayonda mazkur vosita bajaradigan texnologik vazifa asosida tushuntiriladi. Mavjud determinatsiya (sababiy bog‘lanishlarni aniqlash) texnologik vositani texnologik harakatning mustasnosiz barcha bosqichlarida rivojlanishini ta’minlovchi ob’ektiv qonun sifatida namoyon ettiradi; - har qanday mehnat o‘zaro uzviy bog‘langan unsurlar: fiziologik, ishlab chiqarish va mohiyatan texnologik sanaluvchi unsurlar majmuasini ifoda etadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasida bu unsurlar manufaktur ishlab chiqarish jarayoniga qadar alohida mustaqil qismlarga bo‘lib chiqadi. Bu yerda hunarmandchilik faoliyati texnikaviy bazisi, alohida olingan ishchining hunarmandchilik san’ati esa ishlab chiqarishning texnologik asosi sanaladi. Shu bois bunday ishlab chiqarishning keyingi taraqqiyotida tabiiy va ijtimoiy to‘siqlar bilan chegaralanadi; - moddiy ishlab chiqarish jarayonida mehnatning texnologik unsurini ajratish manufaktura rivojlanishi nihoyasiga yetgan bosqichda amalga oshiriladi va ishlab chiqarish jarayonining ayrim elementar operatsiyalari yakuniga yetgach namoyon bo‘ladi. Alohida ishchi tomonidan epchillik, iqtisod qilish va ichki ishonch asosida muayyan miqdordagi mahsulotni ish vaqti birligida tayyorlash texnologik inqilobni ta’minlash uchun ob’ektiv zamin yaratadigan texnologik qonun bo‘lib qoladi; - texnologik inqilob mohiyati texnologik vazifaning inson zimmasidan soqit etib, texnologik vosita zimmasiga o‘tishi bilan asoslanadi. Ishlab chiqarishning barcha jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hamda insonning ushbu jarayondagi bevosita ishtiroki uchun sarflanadigan vaqt o‘rtasidagi farq o‘tish davrining o‘lchovi ko‘rsatgichi hisoblanadi. Ayni paytda texnologik harakatni tashkil etish bo‘yicha hunarmandchilik san’ati o‘z o‘rnini fanga bo‘shatib beradi. Qayd etilgan o‘tish davri texnikaviy jarayonning bosh yo‘li sifatida maydonga chiqadigan va xususiy texnik-texnologik fenomenlarning ichki qonuniyatlarida o‘z aksiga ega bo‘lgan texnologik vosita zimmasiga inson tomonidan bajarilayotgan texnologik vazifani topshirilish qonuni bilan bog‘liqdir; - moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishining boshlang‘ich shart-sharoitlari sifatida namoyon bo‘ladi. Tarixiy kurtak sifatida u bioijtimoiy texnologiya tarzida namoyon bo‘ldi. Pedagogik texnologiya ontologik, ijtimoiyiqtisodiy, shuningdek, yaratish, amalga oshirish va rivojlantirishga asoslanuvchi ilmiy-nazariy qonunlar, ijtimoiy qonun va mustaqil ravishda mavjud bo‘lish shart-sharoitlari sifatida aks etadi. Texnologik o‘zaro ta’sir, ta’limning texnologik vositalari va ular yordamida tashkil etiluvchi pedagogik jarayonning bevositalik darajasi (texnologiyalashtirish) borasidagi tasavvur asosida qisqa ontologik-sotsiologik tahlil o‘tkazildi. Tahlil jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqarishning yuqori texnologik, ilmiy va dinamik jarayonining rivojlanishidagi ob’ektiv an’analar pedagogik jarayonni bir guruh o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga asoslangan ta’lim texnologiyasidan ko‘p sonli pedagoglarning kasb mahorati va faoliyatining mazmuniga asoslangan ta’lim texnologiyasiga o‘tkazish zaruriyatini kun tartibiga qo‘ymoqda. Ushbu pedagogik jarayonda aksent (urg‘u)ning murakkab kooperatsiya darajasidagi hissiy bilishdan mantiqiy bilishga tomon siljishi, sub’ekt-ob’ekt munosabatlaridan sub’ektsub’ekt munosabatlariga o‘tish va pedagogik jarayonda ta’limning xilma-xil texnika vositalarini keng qo‘llashga erishish bilan bog‘liqdir. Pedagogik texnologiya nazariyasining mazmuni va tarkibiy tuzilmasi (tuzilishi) ko‘rib chiqilayotgan muammolar majmuida markaziy o‘rinni egallaydi. Manbalarda bu tushuncha quyidagicha sharhlanadi: «Nazariya (grekcha theoreo so‘zidan olingan bo‘lib, theoria - qarab chiqaman, tadqiq etaman) keng ma’noda – ma’lum hodisaning mohiyatini yoritish va tushuntirishga yo‘naltirilgan qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar majmui; nisbatan tor va maxsus ma’noda esa – qayd etilayotgan nazariya ob’ekti bo‘lgan faoliyat qonuniyatlari va mavjud aloqalari to‘g‘risidagi to‘laqonli tasavvurni bera oluvchi ilmiy bilimlarning eng yuqori, eng taraqqiy etgan tashkiliy shakli». Pedagogik texnologiya mohiyatini anglab olish uning tarkibiy tuzilmasi, vazifasi, nazariy tuzilmalarini ko‘rib chiqish hamda bir guruh tayanch tushuncha va kategoriyalarning mazmunini tushunishga imkon beradi. Demak, pedagogik texnologiya nazariyasi deduktiv-xulosaviy tavsifga ega va uning mohiyatini ishonarli, aniq ifoda etuvchi ilmiy nazariya sifatida namoyon bo‘ladi UMUMIY XULOSALAR Tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi umumiy xulosalarga keldik: 1. O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilishning dasturiy hujjatlarida - respublikada ta’lim raqobatbardosh kadrlarni ilgarilab tayyorlashni ta’minlash darajasiga yetishi kerak - degan maqsad qo‘yilgan. Yoshlarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va yechish, interaktiv usullar asosida fikr yuritishning yuksak madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotda mustaqil yo‘l topa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 2. Ma’lumki, ilg‘or ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin. Ta’limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida aniqlashga o‘tish, bo‘lim mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim o‘rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi. 3. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning boshqa o‘quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. 4. Ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat samaradorligi – ushbu jarayonda ta’lim oluvchining mantiqiy, tanqidiy fikrlashiga undovchi ta’lim metodlari uyg‘unligini ta’minlash asosida kechadi. 5. Ta’lim tizimida o‘qitishda interaktiv texnologiyalarni joriy etish, talabaga majburiy tarzda bilimlarni berish emas, balki ularda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj, 50 qiziqish hamda rag‘batni yuzaga keltirish, ularning mustaqil, erkin harakat qilishlariga imkon yaratish, mantiqiy fikrlashga undash, ta’limiy faolliklarini yuzaga keltirishga yo‘naltirilgan pedagogik-didaktik faoliyat sanaladi. 6. Ta’lim ta’limdagi islohotlar zamonaviy bosqichi demokratik yuksak rivojlangan mamlakatlar darajasida O‘zbekistonning ilg‘or ilmiy-texnik-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini ta’minlashga qodir va ma’naviy, madaniy va axloqiy sifatlarga yega yuksak malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Ta’lim mazmuni mutaxassislar shaxsini rivojlantirish, yoshlarning chuqur fundamental bilimlarini va amaliy tayyorgarliklarining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. 7. Ta’limni yo‘lga qo‘yishning an’anaviy, noan’anaviy usullari, shakllari, ta’lim tarbiyadagi ierarxik tartib, o‘qitishning tizimli usuli, o‘quv maqsadlarini aniqlash imkoniyatlari, talaba mustaqil bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bilish usullarini aniqlashda o‘ziga xoslik, pedagogik jarayonlarni oldindan loyihalash, o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish, test topshiriqlarini tuzish metodikalar va boshqalar to‘g‘risida yo‘nalishlar, tizimli ko‘rinish beradi. 8. Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish nafaqat ta’lim sifati va samaradorligini oshiruvchi, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotini ta’minlovchi omillardan biridir. Shu bois ta’lim jarayoniga fan, texnika va texnologiyaning ilg‘or yutuqlari va innovatsion yondashuv tamoyillarini tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasining ko‘rsatishicha, mazkur jarayonga nisbatan texnologik yondqshuvni qaror topedagogik texnologiyairish kutilgan natijalarni qo‘lga kiritishni kafolatlaydi. 9. So‘nggi yillarda respublika ta’lim muassasalarining faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish asosida ta’lim oluvchilarda mantiqiy, ijodiy fikrlashning rivojlanib bormoqda. Bu borada interfaol usullar katta ahamiyat kasb etmoqda. 10. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. 11. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, o‘quvchi-talabalar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quvtarbiya vazifalarini hal etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI 1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil. 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1997 yil. 3. Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T-5. T., «O‘zbekiston », 1997 y. 4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”, 2008. -176 b. 5. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston, 2011. – 440 b. 6. Prezident I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi Halqaro konferensiyada so‘zlagan nutqidan. – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral. 7. Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000. – 52 b. 8. YO‘ldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta’limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar. 9. Mahmudov M. O‘quv materialini didaktik loyihalash tizimi. «Pedagogik mahorat», 2002 yil, 3-son, 3-11 betlar. 10. Mahmudov M. Ta’lim natijasini loyihalash. // «Pejagogik mahorat», 2003 yil, 1-son, 8-10 betlar. 11. Oliy pedagogik o‘quv yurtlarining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishning ilmiy asoslari. Respublika ilmiy-metodik konferentsiyasining materiallari. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2000. 111 b. 12. Sayidahmedov N. Ta’limda harakatlant iruvchi kuch. «Ma’rifat», 1998 yil, 16 yanvar. 13. SOROS xalqaro ochiq jamiyatining «Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish asoslari» fanlararo dasturi. 14. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –T.: Fan, 2006. 15. Tulenov J. Gafurov Z. Falsafa. T. «O‘qituvchi» 1997 y. 382 b. 16. Farberman B.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. T., 2002 yil. 17. Falsafa. T., «Sharq» 1999 y. 495 b. 18. Hasanboev J., Hasanboeva O.,.To’raqulov X.A, Haydarov M.. Pedagogika fanidan izzohli lug‘at. T-2008y. 1 Иноятов У.И ва б.қ. Педагогика.1000 саволга 1000 жавоб/ Методик қўлланма.-Т.: ТДПУ, 2012.Б-130 Download 104.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling