Mavzu: pedagogik texnologiyalar rivojlanish tarixi


Download 104.61 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi104.61 Kb.
#1333915
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kurs



MAVZU: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANISH TARIXI
KIRISH
1BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANISH TARIXI
1.1 Pedagogik texnologiyalar tarixi
1.2 Pedagogikm texnologiya nima?
1.3 Pedagogik texnologiyaning faoliyat turlari
2 BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ILMIY-NAZARIY
ASOSLARI
2.1.Pedagogik texnologiyaning rivojlanish konsepsiyasi
2.2. Pedagogik texnologiya va u bilan bog‘liq tushunchalarning tavsifi, turlari hamda
ta’riflari
2.3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning zaruriyati,
undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar
UMUMIY XULOSALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy


istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy
davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning
yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga
yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy
bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil
qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali
tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng
yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish,
ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul
qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tadbiq
etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga
yetkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir.
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga
yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Chunonchi, mazkur jarayonning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar)da «... o‘quv-uslubiy
majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab
chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da ‘’... ta’lim muassasalarining
moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini
yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» hamda
uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va
axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy
majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy
hal etilmog‘i lozim1.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni,
uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik
texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay
1
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.,
«Sharq», 1997 yil, 7-bet.
4
olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror
topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi: yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini ilmiynazariy jihatdan asoslash hamda dolzarbligini yoritish.
Tadqiqotning vazifalari:
1. Pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari yuzasidan ilmiy-nazariy, falsafiy,
pedagogik, psixologik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish hamda umumlashtirish.
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirishdagi o‘rnini
aniqlash.
3. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etishdagi
ustuvor jihatlarni yoritish.
4. Ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning mazmuni, shakli va metodlarini
ilmiy jihatdan asoslash.
Tadqiqot ob’ekti: yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalarini o‘rganish
jarayoni.
Tadqiqot predmeti: ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini ta’minlashda pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashning mazmuni, shakli va metodlari.
Tadqiqot metodlari: adabiyotlarni o‘rganish, pedagogik tahlil, qiyosiy tahlil, kuzatish,
suhbat, umumlashtirish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish xususidagi qarashlari,
Hukumat qarorlari.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan,
yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar
bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar
yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 8 bo‘lim,
umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 70 sahifani tashkil
qiladi.

1BOB Pedagpogik texnologiyalar rivojlanish tarixi


1.1 Pedagogik texnologiyaning tarixi
XXI asr globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizatsiya qilishni taqozo etdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik texnologiya hamda axborot-kommunikatsiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot) ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui demakdir.1
Pedagog olimlarning fikrlariga ko‘ra (N.Sayidahmedov, U.Tolipov, T.Madumarov, M.Kamoldinov) pedagogik texnologiyalarning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi 4 bosqichga bo‘linadi:
I bosqich - XX asrning 30 yillari. Pedagogika sohasida dastlab “Pedagogik texnika” tushunchasining paydo bo‘lishi;
II bosqich - XX asrning 40-60 yillari. o‘qitishning texnik vositalarini paydo bo‘lishi va undan foydalanish;
III bosqich - XX asrning 70-80 yillari. O‘qitish texnologiyalari yangi avlodining yaratilishi; pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslarini vujudga kelishi;
IV bosqich - XX asrning 90 yillari -XXI asr boshlari. Pedagogik texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslarining yaratilishi, yangi tadqiqot yo‘nalishining paydo bo‘lishi, ilmiy maktablarning shakllanishi.
Pedagogik texnologiya g‘oyasining asoschilari B.Blum, L.Larsen, B.Skinner, D.Finn, D.Kratval hisoblanadi. Ularning bu sohaga qo‘shgan ulushlari: o‘quv maqsadlari taksanomiyasi (1956y. B.Blum) audiovizual ta’lim (1946 y. L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn), dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) ,1968y. S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (D.Kratval) ning nazariy asoslarini yaratganligidadir.
60-70 yillarda pedagogik texnologiyalar sohasida turli ilmiy-nazariy g‘oyalarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va amaliyotga tadbiq etilishi geografiyasi yanada kengaydi. AQSH, Italiya, Angliya, Fransiya, YAponiya, Kanada, Koreya, Rossiya, Vengriya va boshqa mamalakatlarda maxsus pedagogik nashrlar, markazlar, Assotsiatsiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar tashkil etildi.
80-yillardan boshlab Rossiyalik pedagog olimlar tomonidan pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari keng tadqiq etila boshlandi. Jumladan, V.P.Bespalko (shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim), V.M.Monaxov (aksiomatik yondashuv), M.A.CHoshanov (muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), V.F.SHatalov (o‘quv materialining belgili modellari asosida ta’limni jadallashtirish texnologiyasi), I.P.Volkov (rejalashtirilgan o‘qitish), G.K.Selevko (pedagogik texnologiyalar tasnifi), N.F.Galizinalar pedagogik texnologiya tushunchasini ilmiy pedagogik jihatdan tadqiq qildi.
90- yillardan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Jumladan, pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatlari N.S.Saidahmedov, J.Yo‘ldoshev, R.Jo‘raev, U.Nishonaliev, B.L.Farberman, N.Azizxo‘jaeva, U.Tolipov, A.Abduqodirov, A.Pardaev va boshqalar tomonidan tadqiq etildi. Respublikamizda “Innavatsion texnologiyalar” markazlari, “Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan.

1.2 Pedagogik tehnalogiya nima


Ushbu atamaning mohiyati turli olimlar tomonidan turlicha izohlanadi. Ammo izohlarning biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, to‘ldiradi, uning yangi-yangi qirralarini asoslaydi.
V. Bespalkoning fikricha pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan pedagogik muvaffaqiyatlarini kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir.


Download 104.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling