Ma'lumot - bu insoniyat to'plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o'zlashtirish natijasidir. U asosan rejali ta'lim-tarbiya va boshqa yo'llar bilan olinadi. Ma'lumot to'liq olib bo'lingach kishiga tegishli hujjat beriladi: guvohnoma, diplom, sertifikat va hakozo.
Ta'lim - bu maxsus tayyorlangan kishi rahbarligida amalga oshiriladigan ma'lumot berish jarayonidir. Bu jarayonda o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi, ularning qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Tarbiya - bu milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida o'sib kelayotgan yosh avlodda shaxsiy sifat va insoniy fazilatlarni shakllantirish jarayonidir.
Rivojlanish - bu shaxsning jismoniy va ma'naviy kamolga etishida ketma-ket harakati, quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga o'tib borishidir.
Pedagogik fanlar tizimi.
Pedagogika fani falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan doim aloqadordir. O'qituvchi - tarbiyachi bu fanlarni bilmay turib ish ko'rishi mumkin emas. Falsafa pedagogikaning metodologik asosini tashkil etadi. Etika, estetika fanlari esa pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo'limi bo'yicha ma'lumot beradi.
Tarix, psixologiya, sotsiologiya kabi fanlarni ham o'qituvchi bilmasligi mumkin emas. Pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, maktab gigiyenasi va pediatriya kabi fanlar bilan ham mustahkam aloqada chambarchas bog'liq.
Pedagogika fani obyekti asta sekin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari bir necha guruhlarga ajratilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb ataladi.
Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo'lingan.
Maktabgacha ta'lim pedagogikasi - maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug'ullanadi;
Maktab pedagogikasi - maktab yoshdagi o'quvchilarni tarbiyalash va o'qitish haqida bahs yuritadi
Kasb-hunar ta'limi pedagogikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |