Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy sa vollar


Download 50.54 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1351444
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu Pedagogika fanining predmeti, tadqiqot metodlari


1-MAVZU: PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI VA TADQIQOT METODLARI
ASOSIY SA VOLLAR:

  1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.

  2. Pedagogik fanlar tizimi.

  3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazish.

Darsning maqsadi. Pedagogika fani, predmeti haqida tushuncha berish, pedagogikaning ta'rifini izohlash, uni har bir talabaning o'zlashtirib olishiga erishish. Pedagogikaning maqsad va vazifalarini bayon etish .Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida bosqichlarini o'quvchilar ongiga etkazish dunyo olimlari orasida pedagogikaga hissa qo'shgan Markaziy Osiyo allomalarini ajratib ko'rsatish milliy g'urur hissini tuydirish.
Kalit so'zlar:_ijtimoiy tarixiy tajriba, barkamol avlod, ta'lim-tarbiya, obyekt va predmet, pedagogika, pedagog; mazmun, maqsad, qonun-qoida, shakl va usullar, nazariya va amaliyot, kategoriya, tushuncha, ma'lumot, ta'lim, tarbiya, rivojlanish; metodologik asos, pedagogik fanlari tizimi; ilmiy-tadqiqot usullari va hakozo. Metod, ilmiy-tadqiqot metodi, metodologiya, ilmiy kashfiyot, ilmiy faraz, kuzatish, suhbat, tajriba-sinov, ijodiy ishlarni o'rganish, maktab va arxiv hujjatlarini o'rganish, anketa va testlar, matematika-kibernetika, statistika, ilmiy-tadqiqot natijasi.

  1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.

Yer yuzida odam zoti paydo bo'libdiki, u ta'lim tarbiya bilan shug'ullanib keladi, komillikkka intiladi. Kattalar yosh avlodga o'zlarining tajribalarini, insoniy fazilatlarini, bilim ko'nikma va malakalarini singdirishga harakat qiladi. Bu vazifalar turli usullarda turlicha hal etilgan bo'lib, ularning natijasi sifatida, pedagogika fanining dastlabki ta'limotlari tarkib topib borgan. Inson tafakkuri, bilimi uning ijtimoiy tajribalarida aks etgan.
Qadimshunos olimlarning ta'kidlashlaricha, minglab yillar oldin kishilar yetuk onglilik asosida madaniy meros namunalarini yaratganlar. Ammo ularga berilgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyati. qanday amalga oshirilganligi mukammal tarzda bizgacha etib kelmagan. Ayniqsa ko'hna sharq mamlakatlari Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Eron, Turkiya va boshqa joylarda o'ta mukammal ta'lim tarbiya tizimi mavjud bo'lganligi madaniy-me'moriy yodgorlikda turli sa'nat va muxandislik inshoatlarida uchratish mumkin.
Hozirgi kunda saqlanib qolgan eng eski pedagogik ta'limot qadimgi Yunoniston davlatlari: Sparta va Attikada amalga oshirilgan. Pedagogika tushunchasi ham o'sha zamonlarda qo'llanila boshlagan.
Avvalo «pais ageines» «ya'ni bola yetaklash» degan ma'noni anglatadi. Quldorlarning bolalarini qo'riqlab, himoya qilib yuradigan kishilarni shunday atagan. Keyinchalik maktablarning kuchayishi, ta'lim tarbiyaning takomillashib borishi natijasida ta'lim-tarbiya bilan shug'ullanuvchi kishilarni pedagoglar deb atashgan.
Pedagogika ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotlarni o'rganadigan soha sifatida falsafaning tarkibida shakllanib bordi.
Pedagogikaning predmeti sifatida ta'lim-tarbiya jarayoni va unda amalga oshirishga qaratilgan maxsus tayyorgarlik ko'rgan kishilarning faoliyati tushuniladi.
Turli manbalar va mualliflarning pedagogikaga bergan ta'riflaridan kelib chiqqan holda uni quyidagicha ifodalash mumkin:
Pedagogika jamiyatning barcha a'zolarini ijtimoiy ehtiyojga mos holda tarbiyalash, shaxs sifatida shakllantirish, zamonaviy bilim ko'nikma va malakalar berishning yo'l-yo'riqlari qonuniyat hamda mazmun mohiyatini o'rganuvchi fandir.
Bu ta'rif ma'lum darajada «Ta'lim to'g'risida» qonunning mazmuniga mos keladi. Faqat o'quvchi yoshlar emas, jamiyatning barcha a'zolari ta'lim va tarbiyadan baxramand bo'lishlari, uzluksiz ta'lim tizimi ta'sirida kamolot sari intilish zarur. O'zbekistonning milliy istiqlolga erishishi pedagogika fanining maqsad va vazifalarini yangilanishiga olib keldi.
Sho'rolar tizimi davridagi komunistik mafkuraga asoslangan tarbiya ko'p jihatlari bilan barcha xalqlar va millatlarni bir qolipda «ulug' og'a» ruhiga moslashtirib ulg'aytirishga mo'ljallangan edi. Bu illatdan voz kechib, birinchi navbatda milliy ruhda tarbiyalashga alohida e'tibor berildi. Birinchi Prezidentimmiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma'rifatli, ayni paytda o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonlarni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir».1
Xalqimiz boy milliy tarbiya an'analariga ega, unga suyagan holda komillikka intiluvchi shaxsni tarkib toptirish mumkin. Lekin pedagogika fani umuminsoniy tarbiyaning nodir namunalari ta'sirida milliy tarbiyani boyitib borishni ham maqsad qilib qo'ygan. Bu buyuk maqsadlar o'z navbatida ta'lim va tarbiyaning tajribada sinalgan shakllari bilan bir qatorda, jahondagi ilg'or pedagogik texnologiyalardan qo'llanish, etuk mutaxassislar tayyorlash, yoshlarning qobiliyati, qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan vazifalarni hal etish ga qaratilgan.
Pedagogika insonlar tomonidan yaratilgan eng qadimgi fanlardan biri sanaladi. Odamlar o'zlarining dastlabki ongli xarakatlarini axloqiy fazilatlarini o'zlarining nasl-nasabidan bo'lgan yoshlarga o'rgatganlar. Shuning uchun ham olimlar pedagogik ta'limotlarning dastlabki ko'rinishlari ibtidoiy jamiyatda paydo bo'lganligini asoslashadilar. Oilaning kelib chiqishi pedagogik qarashlarning rivojiga katta hissa bo'lib qo'shildi. Hatto buyuk allomalar Suqrot (469-399y eraga qadar) Aflotun (427-347y). Arastu (384-322y) va boshqalar dunyo ilmiga ulkan hissa qo'shganlari holda qullarni odam o'rnida ko'rmaganlar. Qullar kundalik turmush tarzida jismoniy mehnatgagina o'rganganlar. Pedagogika fanining taraqqiyoti Sharq uyg'onish davri allomalarining qo'shgan hissalari barakali bo'lgan. Ayniqsa Muso Al-Xorazmiy, Axmad Al-Farg'oniy, Axmad-Yugnakiy, Imom Al-Buxoriy, Iso At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin Al-Marg'iloniy, Axmad Yassaviy va boshqalar o'zlarining buyuk ilmiy kashfiyotlari bilan birga pedagogikaning turli muammolarini ishlab chiqdilar. X1U-XU1 asrlarda Markaziy Osiyo xududida kuchli rivojlangan davlat tarkib topdi. Bu davlatning asoschisi ulug' sohibqiron Amir Temur edi. U ilm-fanning taraqqiyotiga madaniyat va maorif ravnaqiga alohida e'tibor berdi. Yoshlar tarbiyasi keng ko'lamda olib borildi.Shu davrda o'zlarining pedagogik qarashlari bilan mashhur bo'lgan olimlar faoliyat yuritdilar. Ular qatorida Muhammad Tarag'ay, Ulug'bek, Abdurazzoq Samarqandiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va boshqalar edi. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti XIX-XX asrlarda o'zining eng yuqori taraqqiyot darajasiga erishdi. Jadidchilik xarakati ta'lim-tarbiyaning yangi shakl mazmun va usullarini ilgari surdi. Ismoilbek Gaspirali ta'limoti tarafdorlari sifatida Maxmudxo'ja Bexbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon, o'g'li Isxoqxon Ibrat, Abdulqodir Shakuriy, X.X. Niyoziy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va ko'plab o'zbek ziyolilari maktab maorif masallarini ilmiy asoslashga xarakat qildilar. Sho'rolar tizimi sharoitida pedagogika fani o'ziga xos rivojlandi. Ammo bunda rus milliy ustunligi barcha xalqlarning ilg'or g'oyalarini ruslashtirdi. Shunday bo'lsada bu davrdagi fan taraqqiyotini inkor etib bo'lmaydi. Jahon pedagogikasi ilg'or g'oyalar bilan boyib boradi. Evropada XV-XVI asrlarda ko'p pedagogik ta'limotlar ishlab chiqildi. Yan Amon Kamenskiy, J.Lokk, J.J.Russo, I.G. Pestolotstsi, R. Ouen, A. Disterveg, I.Gerbard va boshqalar o'z ta'limotlarini yaratdilar. Rossiyada pedagogika fanini rivojlantirishga M.Lomonosov, V.Belinskiy, A.Gertsen, N.Chernishevskiy, K.Ushinskiy, N. Pirogov, P.Lesgraft va boshqalar hissa qo'shganlar. Sho'rolar tuzumi sharoitida A. Makarenko, S.Shatskiy, P.Blonskiy, N.Krupskaya, V. Suxomlinskiy, M. Danilov, I.Ogorodnikov, N.Boldrev, M.Skatkin, Yubabanskiy, I.Lerner, V.Kraevskiy va ko'plab boshqa olimlar pedagogika sohasida ilmiy va amaliy faoliyat yuritdilar. Ta'lim uchun bo'lgan barcha harakatlarimizda - etarli izlanish va o'qish bilan ta'minlashda - biz hech qachon ta'limning ayni yuragini esdan chiqarmasligimiz lozim: Yahshi o'qitishning o'zini yahshi o'qituvchilar shunchaki tug'ilmaydilar, ular eng baland ilhomning natijasidir. 1
O'zbek olimlaridan S.Rajabov, E.Qodirov, J.Umurboev, A.Boboxanov, I.Xusanxo'jaev, Z.Mirtursunov, M.Ochilov, K.Hoshimov, O.To'raeva, N.Shodiev, E.Choriev va boshqalar pedagogikaning dolzarb muammolarini ishlab chiqishdi va hayotga tadbiq etishda faollik ko'rsatdilar.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot”, “rivojlantirish” kabi tushunchalar kiradi, ular bir-birini to'ldiradi. Bulardan tashqari, “o'quvchi”, “o'qituvchi”, “usul”, “qoida”, “jamoa”, “intizom”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hakozo kabi tushunchalar mavjudki, bular haqida alohida mavzularda so'z yuritamiz.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling