Mavzu: pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari
Download 219.69 Kb.
|
PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
3-mаsаlа. Pedagogika tarixi fanining manbalari, tadqiqot metodlari.
Pedagogika tarixining manbalari: pedagogika nazariyasi, pedagogik mahorat, psixologiya, falsafa, etika, pedagogik etika, ekologiya, huquqshunoslik, xalq ta’limi ekonomikasi, adabiyot, tarix, arxeologiya, qadimiy qo’l yozmalar, darsliklar, dasturlar, hukumat qarorlari-qonunlari, arxiv materiallari, pedagog matbuot va hokazolar. Metodologiya-metodlar yig’indisi manbalari: Matematika o’qitish metodikasi, fizika o’qitish metodikasi, til va adabiyot fanini o’qitish metodi, tarix va geografiyani o’qitish metodi, pedagogika va psixologiya o’qitish metodi. Pedagogika tarixi fanini o’rganish jarayonida ta’limning texnik vositalaridan kompyuter va axborot texnikalari, ilg’or pedagogik texnologiyalar, muammoli vaziyatlar, test usuli va reyting nazorati kabilardan keng foydalaniladi. Pedagogika tarixi fanini o’rganishda ko’p yillik tarixiy, arxeologik tadqiqotlarning natijalari sifatida qo’lga kiritilgan ob‘ektiv manbaalariga tayanib ish ko’riladi. Mazkur ob‘ektiv manbaalar jumlasiga- pedagogika tarixi faniga doir adabiyotlarda quyidagilar kiritilgan. Eng qadimgi yozma bitiklar. («Urxun Yenisey»,«Qultegin», «Xorazm», Sug’d bitiklari va yozuvlari) Arxeologik topilmalar. (Teshiktosh, Suyumalitosh, Zarautsoy, Qo’y qirilgan qal‘a, Qirqqiz, Yerqo’rg’on va boshqalar) Buyuk ajdodlarimizning ilmiy-pedagogik, ma‘rifiy-falsafiy asarlari. Islom ta‘limotining g’oyaviy asoslariga doir manbaalar. Badiiy pedagogik asarlar. Qadimiy qo’lyozmalar. Turli davrlarda yaratilgan va pedagogik amaliyotda qo’llanilgan darslik o’rnidagi mabaalar, pedagogik aҳamiyatga molik asarlar. Turli davrlarda yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalar. Turli davrlarga oid o’quv rejalari va dasturlari Turli xalqlar va mamlakatlarning xalq ta‘limi tarqqiyoti, ilg’or kishilarning pedagogik qarashlariga doir manbaalar. Milliy maҳdudlik davridagi Turkiston va O’zbekiston xalq ta‘limi tizimi va maktablari taraqqiyotiga doir manbaalar. Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. Download 219.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling