Mavzu: pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari


Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari


Download 219.69 Kb.
bet9/10
Sana31.01.2024
Hajmi219.69 Kb.
#1830608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:

1. Kasbiy pedagogik bilimlar;


2. Pedagogning gumanistik yo'nalganligi;
3. Kasbiy pedagogik faoliyatni amalga oshirish tajribasi.
4. Pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor)
5. Pedagog shaxsi.

Pedagogik mahorat fanining vazifalari: tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiyot ettirishda tarbiyaning rolini ochib berish, tarbiyaning maqsadi, mazmuni, usullari, uni tashkil etishdagi shakllari o'rtasidagi bog'lanishlarni ko'rsatish. Shuningdek, pedagogik mahorat fani o'z taraqqiyoti davomida ta'lim-tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yo'llarini yoritib beradi, tarbiyaviy ishlarning shakllarini ko'rsatib beradi.


O'qituvchining kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxs fazilatlari:

1. Dunyoqarashi, e'tiqod va ideallari, madaniyatliligi (o'qituvchi o'z talabalarida shakllantirishi lozim bo'lgan ahloqiy kategoriyalar).


2. Pedagogik faoliyatga ijobiy munosabat, shaxsning pedagogik yo'nalganligi – o'qituvchining o'zini pedagogik faoliyatga bag'ishlashga bo'lgan intilishi.
3. Kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma, malakalar (ta'lim-tarbiyani olib borish uchun zaruriy usul, vositalarni bilishi).
4. Pedagogik qobiliyatlari - ta'lim-tarbiyaviy maqsadlari va talabalar xususiyatlarini inobatga olgan holda zaruriy usul, vositalarni samarali qo'llay olishi.
Pedagogik qobiliyatlarni shartli ravishda 3 ta guruhga bo'lish mumkin: shaxsiy, didaktik va tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlar.
Shaxsiy qobiliyatlar:

  • ta'lim oluvchilarga ijobiy yo'nalganlik – ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishga, muloqot qilishga intilish, ularga nisbatan do'stona munosabat, xayrixohlik.

  • vazminlik, o'z hissiyotlarini nazorat qila olishi – har qanday vaziyatda o'zini yo'qotib qo'ymaslik. Lekin vaziyat talab qilganda o'qituvchi zaruriy tarzda o'z hissiyotlarini namoyish qiladi (quvonch, qayg'u, g'azab). Lekin vazminlik befarqlikka aylanib ketmasligi kerak.

  • o'z psixik holati, kayfiyatini boshqara olish – o'qituvchi hayotida, faoliyatida har qanday noxush holat ro'y bergan bo'lsa ham o'zini tetik tutishi kerak.

Didaktik qobiliyatlarga:

  • tushuntirish qobiliyati – o'rganilayotgan materialni talabalar uchun tushunarli qilib etkazish, buning uchun o'qituvchi talabalar uchun yangi bo'lgan materialni “ularning ko'zlari bilan ko'ra bilishi kerak”.

  • akademik qobiliyati – o'z fanini, sohasini chuqur bilishi, dunyoqarashining kengligi.

  • nutq qobiliyati – o'z fikrlari, his-tuyg'ularini tushunarli qilib ifoda etishi, muloqotning noverbal vositalari: mimika va pantomimikalardan o'rinli foydalana olishi. Bunda suhbat predmetini bilish, etkazayotgan ma'lumotlariga nisbatan ishonch, nutqni “og'irlashtiruvchi” tuzilmalardan foydalanmaslik, qo'llanilayotgan atama va tushunchalarga izoh berish, nutq tezligi va ovoz balandligi nazarda tutiladi.

Tashkiliy-kommunikativ qobiliyatlarga:

  • tashkilotchilik qobiliyatlari – 1) talabalar jamoasini tashkillay olish va 2) o'z faoliyatini tashkillay olishi. Rejalashtirish, nazorat qilish.

  • kommunikativ qobiliyatlari – talabalar yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda muloqotni to'g'ri tashkillash.

  • pedagogik kuzatuvchanlik – talabaning ko'rinishidan undagi ichki kechinmalar, kayfiyatini bilib olish, sezgirlik.

  • pedagogik takt – talabaga pedagogik ta'sir ko'rsatishda aniq vaziyatdan, talaba shaxsi xususiyatlaridan kelib chiqish va uning nafsoniyatiga tegmaslik.

  • suggestiv qobiliyat – talabaga emosional-irodaviy ta'sir o'tkazish, talab qo'yish va talabning bajarilishini qat'iy nazorat qilish (bir tomondan qo'rqitishsiz, qistovsiz – boshqa tomondan bo'shlik qilmasdan).

  • Pedagogik faraz (hayol) –o'z harakatlari natijasini, talaba shaxsida bo'lib o'tadigan o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilish.

  • diqqatni to'g'ri taqsimlay olish – bir paytning o'zida bir necha faoliyatni olib borish: materialni bayon qilish, o'z fikrlarini kuzatib borish, berilayotgan savollarga javob berish, talabalar jamoasi hulqini nazorat qilib turish (Kruteskiy V.A. Psixologiya. Uchebnik dlya slushateley pedagogichesix uchili. M.,1987) - qobiliyatlari kiradi.

Pedagogik texnologiya pedagoglarning talabalarga ta'sir o'tkazishda zarur bo'lgan kasbiy qobiliyatlar tizimini aniqlaydi va pedagogik jarayonga texnologik yondashuvni amalga oshirishda ko'maklashadi.
Pedagogik jarayonni samarali tashkilash uchun mos pedagogik texnologiyani tanlash va pedagogik jarayonni boshqarish uchun o'qituvchidan barcha yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlar talab qilinadi. Shunday ekan, PYEDAGOGIK TYEXNOLOGIYa VA PYEDAGOGIK MAHORAT TUShUNChALARI ChAMBARChAS BOG'LIQDIR va har qanday pedagogik texnologiyani qo'llash jarayonida pedagog qanday yo'l tutishi, ma'lum holatda unda qaysi qobiliyatlar mavjud bo'lishi kerakligini tahlil qila olamiz.
MS: Siznigcha, maktab o'qituvchisi va oliy o'quv yurti o'qituvchisi pedagogik faoliyatlarida farq bormi?
Oliy o'quv yurti o'qituvchisi faoliyatining asosiy mazmuni bir necha turli vazifalardan iborat: ta'limiy, tarbiyaviy, tashkillovchi va ilmiy izlanish.
Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish usullari, tizimi, ilmiy bilishdir. Yunoncha metod yo‘l, kuzatish, tadqiqot, maqsadga erishish usuli logos-ta’limot, ya’ni ilmiy bilish haqida ta’limot.
Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodologik asos mavjud. Umumiy metodologiya falsafaning dialektik qonunlari, ilmiy bilish haqidagi ta’limotlar, jamiyat taraqqiyotning hozirgi davridagi konsepsiyalar, milly g‘oya, mafkura. Professor N. SHermuhammedova ta’kidlaganidek, hozirgi davrning metodologik tamoyillari:
Muofiqlik tamoyili – ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlarning yangi tamoyillar, g‘oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish;
To‘ldiruvchanlik tamoyili – tadqiqotning ko‘pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga o‘xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha. Qarama-qarshi nazariyalarni birlashtirish asosida to‘la tavsiflanishi;
Verifikatsiya tamoyili – mohiyat e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash;
Falsafikatsiya tamoyili – mazkur tamoyilga binoan faqat inkor etish orqali tekshirib ko‘rish imkoniyati bo‘lgan bilim ilmiy bilim bo‘lishi mumkin;
Reduksiya tamoyili – ma’lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir;
Yaxlitlik tamoyili – tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyekitlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish;
Kontirreduksiya tamoyili – elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish;
Sistemali yondashuv tamoyili – ilmiy bilishning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning predmetida reduksiya yaxlitlik va kontirreduksiyaning metodologik muammolari kiradi;
Modellashtirish va o‘xshatish metodi – obyektlarning ba’zi xossalarini ularga o‘xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan mantiqiy) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali;
Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari – ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhum xossalari cheklangan obyekt shaklida mavhumlashtirish ifoda etish xayoliy obrazlar yaratish;
Mantiq metodlari – tahlil, induksiya, deduksiya, obyektlarni tadqiq etish jarayonida uning tarkibiy qisimlarini ajratish alohida faktlarga asoslanib umumiy mulohaza yuritish umumiy qoidalarga asosan xususiy xulosalar chiqarish kabilar.
Pedagogik tadqiqotda ana shu tamoiyllar va milliy g‘oya, milliy mafkura, umummetodologik asos bo‘ladi. Zero, ta’lim-tarbiyaning tarixiylik, intelektik, umuminsoniylik qoununiyati har bir masalaga milliy qadriyatlar, mafkura asosida yondashishini taqozo etadi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar uchun ilmiy asoslangan davlat dasturlari, qonunlari, rivojlanish konsepsiyalari umummetodologik yo‘riqnoma bo‘ladi. Ayniqsa, O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta’lim to‘g‘risidagi Qonun pedagogik tadqiqotning metodologik asosidir.
Demokratik jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o‘z qonunlaridan, predmetidan kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, polisu’bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, texnologik yondashuv kabi qonsepsiyalar yaratildi. Albatta bu konseptual yondashuvlar davr taqozosi bilan takomillashib boradi. Professor A.Choriyev qonuniyatli yondashuv ta’limtarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning metodologik asosi ekanligini asoslagan. Chunki, ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari asrlar bo‘yi tajribalarda sinalgan, qaror topgan. Har bir fanning o‘ziga xos qonuniyati bo‘lganidek, pedagogik jaaryonning qonuniyatlari ilmiy tadqiqotning yorqin yo‘llanmasi va qo‘llanmasi bo‘ladi.
Metodologiya metodlar, usullar, majmui sifatida qarashlar, “yondashuvlar”, konsepsiyalar uchun ham fanning umumiy qonuniyatlari nazariy (boshlang‘ich) asosi bo‘ladi. Har bir qonuniyatni amaliyotida o‘ziga xos metod, usullari qo‘lanishi tabiiy hol. Pedagogik qonuniyatlar o‘tgan asrning 80yillarida umumlashtirila boshlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jaryoniga faqat falsafiy yondashuv mavjud. Muayan qonuniyatlarga asoslanilmagani uchun fanning predmetsizlikda kamsitishga urinishlar ham bo‘ldi. Har bir voqeligining o‘ziga xos qonuniyati mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda qonuniyatli yondashuv obyektniing, muammoning muayyan mohiyatini aniqlash, ixtironing nazariy ahamiyatini, tadqiqot samaradorligini oshiradi.
Masalan tarbiya nazariyasi borasida ilmiy izlanishda:
1. O‘rganayotgan muammoning tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik qonuniyati asosida;

  • muammoning o‘rganilishi tarixiy taraqqiyoti, qonsepsiyalar, tajribalar tahlili;

  • milliylik, milliy qadriyatlar ustuvorligi, ijtimoiy, iqtisodiy mohiyatini;

  • glolballashuv sharoitida umuminsoniylik xususiyati, jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonshumul ahamiyati tadqiqotning dolzarbligini, nazariy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi.

2. Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy xususiyati o‘rganayotgan muammoni, ixtironi “davr talabiga, mvjud sharoitga mosligi, optimallik” qonuniyat:

  • jamiyatni tezkor rivojlanishida ixtironing tutgan o‘rni, dolzarbligi va fanga qo‘shilgan hissa;

bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat buyurtmasi Kadrlar tayryolash Milily modelida fanning vazifalariga hozirjavobligi;
tadqiqot obyektining tipikligi;
natijaning umumlashganligi kabi tamoyillar.
3. Ta’lim-tarbiyada nazariyaning amaliyot bilan birligi qonuniyati, falsafiy kategoriyalar asosida;

  • tadqiqotning nazariy g‘oyalarni amalda qo‘llanishi, amaliyot asosida nazariy konsepsiyalar yaratilishi;

  • amaliyot har qanday bilim, g‘oya va ixtironing mezoni ekanligi;

  • tadqiqot ishining bilish nazariyasiga asoslanishi;

  • insonda, uzluksiz ta’lim-tarbiyada tajribaning murakkabligi, mas’uliyatliligi, mukammal nazariyaga tayanishi;

4. Ta’lim-tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi qonuniyati, insonni bir butunlikda o‘rganishni taqozo etadi. Qolaversa, ta’lim-tarbiya uyg‘unligi haqidagi Islom Karimov ta’limoti jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgani XXI asrning ma’naviya asriga aylangani;
-«ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir». (I.Karimov).
-ta’lim jarayonida rivojlanishni jismoniy, ma’naviy va intellektual o‘sishiga erishish;
-tarbiyaga kompleks munosabat;
- shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi;
5. Ta’lim-tarbiyaning o‘quvchi talaba, layoqati imkoniyatiga mosligi qonuniyati pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish va demokratiklashtirish, indivuduallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillaridan kelib chiqadi.

  • ushbu qonuniyat shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya, komponentli ta’lim, progmatik ta’lim, antrogogika kabi ta’lim paradigmalarni umumlashtiradi;

  • iqtidorli yoshlarni izchil rivojlantirish, qobiliyatini o‘stirish zarurati:

  • globallashuv sharoitida yoshlarni har tomonlama kamol toptirish;

  • maxsus pedagogika nazariyasiga asoslanishga yo‘llaydi.

6. Tarbiyalash va o‘z-o‘zinii tarbiyalash, o‘qitish va o‘rganish faoliyat uyg‘unligi qonuniyati interfaol ta’lim-tarbiya qonsepsiyasida, obyekt- subyekt, subyekt-obyekt konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan.

  • tarbiyalash faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘llash o‘z-o‘zini tarbiyalash motivi, ko‘nikmasi va madaniyatini shakllantirish imkoniyati;

  • o‘z-o‘zini tarbiyalash samaradorligi;

  • tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqligi;

  • ta’limni ikki tomonlama xususiyati;

  • o‘rgatish va o‘rganish faolligi uyg‘unligi;

  • masofali ta’lim-tarbiya jarayoni;

7. Ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyotiga asos bo‘ldi:
optimal maqsadga mos mazmun, metodlarni tanlash, qo‘llash YUNESKOning pedagogik texnologiyaga bergan bahosida o‘z ifodasini topgan;
intelektual rivojlangan barkamol avlodni, shaxsni tarbiyalash maqsadiga mos ta’lim-tarbiya mazmuninii belgilanishi;
har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish mazmuniga mos metod, vositalarni qo‘llash ta’lim-tarbiyaning samarali omili ekanligi;
-pedagogik texnologiyaning usullari shakllari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, mavjud shart-sharoitga bog‘liqligi kabilar;
8. Ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘liqliq qonuniyati: insonni o‘rganadigan fanlar nazariy rivojlanishida deferensiatsiya holati mavjud bo‘lsada, ijtimoiy funksiya amaliyotida integratsiya tabiiy holdir. Tabiiy fanlarning tutash bandida yangi-yangi fanlar paydo bo‘lishi, fanning ufqi kengayishi, jamiyat taraqqiyotida imkoniyatini oshishi insonshunoslik fanlarining ham o‘zaro bog‘liqliq qonuniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Jamiyatni ijtimoiy taraqqiyoti, inson, insoniylik, insoniyat, triadasi insonshunoslik fanlari hamkorligini taqozo etadi.
Demak, fanning o‘ziga xos qonuiniyatlari ilmiy tadqiqotning metodologik asos bo‘ladi.


XULOSA

Hozirgi jamiyat taraqqiyotining tez rivojlanishi, unda fanning ustivorligi davrida ilmiy tadqiqot metodlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Ilmiy tadqiqot samaradorligi izlanuvchining metodik madaniyati, zamonaviy ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanishiga bog‘liq.


Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlarini fanining predmeti va obyekti, mavzuning tarixiyligi, nazariyligi, amaliyligi yoki fanlararo tutash bandida ekanligiga asosan tasniflash mumkin. Predmeti va obyektiga asosan, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega muammoni hal etish qonuniyatlari, tamoyillari, omillarini argumentini aniqlash yo‘llari, usullari.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab tarixiy taraqqiyot manbalariga ega. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz-kelajak yo‘q” asari pedagogika fanining ham metodologik yo‘riqnomasidir. Xalqimizning boy pedagogik merosini o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati 2014 yil may oyida Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutaffakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiyadagi roli va ahamiyati” mavzusidagi nutqi pedagogika tarixida yorqin sahifa bo‘ldi va pedagogik tadqiqotlarni dolzarb vazifasini belgilab berdi.
Pedagogika tarixini o‘rganishning ilmiy tadqiqot metodlari: tarixiy manbalarni pedagogik tahlil etish; qadimgi yozuvlarni o‘rganish; ta’limtarbiya tizimini aniqlash; mutafakkir olim va adiblarning asarlarini qiyosiy-pedagogik tahlil etish; natijaning olamshumul ahamiyati; natijaning bugungi kundagi ahamiyati; tarixiy manbalarni obyektiv tahlil etish; argumentli tavsiyalar ishlab chiqish kabilar.
Albatta, pedagogik merosni bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash samaradorligini aniqlashda sotsiometrik, test, eksperiment, ilmiy tadqiqot metodlaridan ham foydalaniladi. Sharq xalqlarida adabiyot (adabxulq, odob) ta’lim-tarbiya borasida hayot darsligi sifatida qo‘llanilgan. Shuning uchun mumtoz adabiyot va pedagogika tarixi bir-biribilan uzviy bog‘liq.



Download 219.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling