Mavzu: Piridin qator dori moddalari Reja: Piridin guruh dori moddalar tasnifi. Piridin guruh dori moddalar tahlili
Download 66.35 Kb.
|
Piridin qator dori moddalari
PIRIDITOL
Piriditolum Bis-(2- metil-3- oksi-4- oksimetil-piridil-5- metil)-disulfid, digidroxlorid, monogidrat Uni piridoksin gidroxloriddan quyidagi sxema bo‘yicha sintez qilib olinadi: Piriditol fizikaviy xossasi jihatidan oq yoki biroz sarg‘imtir kristall kukun bo‘lib, suvda engil eriydi, spirtda kam eriydi, xloroform va efirda erimaydi. Piriditolning Chinligini IQ- spektroskopiya usuli bo‘yicha standart eritma bilan taqqoslab aniqlash tavsiya qilinadi. Uning Chinligini yana yupqa qatlamli xromatografiya usuli bo‘yicha aniqlashdan keng foydalaniladi. Bunda erituvchi sifatida propanol (50 qism), xloroform (45 kism), chumoli kislota (20 kism) va suv (10 qism) dan iborat aralashma ishlatiladi. Xromatogrammani yuzaga chiqaruvchi (ochiltiruvchi) reaktiv sifatida 2,6-dibromxinonxlorimidning 1% li metanoldagi eritmasi va ammiakning 10% li eritmasi bilan purkaladi. Piriditolning tarkibidagi oltingugurtni aniqlashda uning kukun holdagisini natriy gidrrksid bilan qizdiriladi. Bunda parchalanib ulgurgan preparatni suvda eritiladi va eritmaga sulfat kislota qo‘shilsa, yoqimsiz hidli vodorod sulfid ajralib chiqadi. Preparatdagi xlor ionini odatdagicha kumush xlorid holida cho‘ktirib aniqlanadi. Piriditolning miqdorini aniqlash uchun qo‘llanadigan yodometrik usul uning tarkibida sulfid birikkan oltingugurtni oksidlashga asoslangan. Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatni sulfat kislota saqlangan suvda eritib, so‘ngra uni qaytarish maqsadida kadmiy granulasi solingan shisha naychadan o‘tkaziladi. Naychani avval suv, keyin esa 0,5% li sulfat kislotasi bilan yuviladi. So‘ngra yig‘ib olingan suyuqlikni kraxmal indikatori ishtirokida yodning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Piriditolning miqdorini yana undagi xlorid kislota qoldig‘i asosida argentometrik va neytrallash usuli bo‘yicha ham aniqlash mumkin. Piriditolni markaziy nerv sistemasining turli kasalliklarini (shizofreniya, asab buzilishi va boshqa) davolashda ishlatiladi. Uni 0,05—0,1 g dan tabletkalarda chiqariladi. Preparatni quruq va yorug‘lik tushmaydigan joylarda saqlanadi. Download 66.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling