MAVZU: Piridin qator dori moddalari
Reja:
1.Piridin guruh dori moddalar tasnifi.
2.Piridin guruh dori moddalar tahlili.
3.Piridin 3-karbon kislota hosilalari tahlili
Piridin tarkibida azot atomi saklovchi olti a’zoli geterotsiklik halka bo‘lib, ko‘pchilik tabiiy va sintetik preparatlar asosini tashkil qiladi.
Piridin o‘ziga xos ko‘lansa hidli, rangsiz suyuqlik bo‘lib, 115°S haroratda qaynaydi. Uning solishtirma zichligi 0,982 ga teng. Piridin uchlamchi amin qator birikmalariga kirib, unda kuchsiz asos xossa mavjud.
Piridin sof holda organizmga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uning xilma-xil birikmalari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Piridinning tibbiyotda qo‘llanadigan hosilalarini kimyoviy tuzilishlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
piridinmetanol yoki oksimetilpiridin hosilalari
piridin-3-karbon kislota hosilalari
v) piridin-4-karbon kislota hosilalari.
OKSIMETILPIRIDIN HOSILALARI
Bu guruhni piridoksin gidroxlorid (vitamin V6), uning kofermenti piridoksalfosfat va disulfid shaklida o‘zaro birikkan hosilasi piriditol parmidin hamda fenigidin (korinfar) preparati tashkil qiladi.
PIRIDINMETANOL VA OKSIPIRIDIN HOSILALARI
Kimyoviy tuzilishi
|
Sifat nazorati
|
|
Piridoksin gidroxlorid – Pyridoxini hydrochloridum
2-Metil-3-oksi-4,5-dioksimetil-piridin gidroxlorid.
Oq mayda kristallik kukun. Suvda oson, spirtda qiyin eriydi.
Chinligi:
UB-spektr
2,6-dixlorxlorimid bilan indofenol reaksiyasi
temir (III) tuzlari bilan
4 – aminoantipirin bilan antipirin bo`yog`ini hosil qiladi
xlorid ionini aniqlash
|
Do'stlaringiz bilan baham: |