Mavzu: Plastik kartochkalarning turlari va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi muammolar Reja
Download 0.81 Mb.
|
Azimboyev Mahmud (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.O’zbekistonga plastik kartochkalarning kirib kelishi haqida.
Mavzu: Plastik kartochkalarning turlari va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi muammolar Reja: 1.O’zbekistonga plastik kartochkalarning kirib kelishi haqida. 2.Plastik kartochkalarning turlari va ularning afzalliklari. 3.Plastik kartochkalar bilan uchraydigan muammolar vaularni bartaraf etish usullari. Tayanach so’zlar va iboralar: Kredit kartalar, Debit kartalar, Bank ekvayer, bank emitent. 1.O’zbekistonga plastik kartochkalarning kirib kelishi haqida. Plastik karta - bu mexanik va termal ta'sirlarga chidamli bo'lgan maxsus plastmassadan tayyorlangan standart o'lchamdagi plastinkadir. Kartochkalar maqsadi, funktsional va texnik xususiyatlari bilan farqlanadi. kredit karta— plastik kartochka koʻrinishidagi shaxsiy toʻlov hisob-kitob hujjati. Bank yoki kredit muassasasi tomonidan beriladi. Beriladigan kredit hajmi kredit kartochkasi turiga bogʻliq. Kredit kartochkasida pul egasining identifikatsiya raqami, familiyasi, joriy hisob varagʻidagi summa koʻrsatiladi. Oʻz egasiga kompyuter qurilmalari bilan taʼminlagan chakana savdo tarmoqlarida naqd pulsiz tovarlar va xizmatlar harid qilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga koʻra, maxsus kompyuterlashtirilgan hisobkitob tizimi orqali haridor kredit kartochkasidagi pul summasi uning hisob raqamidan olinib, tovar sotgan korxona hisobiga oʻtkaziladi. Kredit kartochkasi muomaladagi naqd pul miqdorini keskin kamaytirishga imkoniyat yaratadi. debet kartalari - bank toʻlov kartasi tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov, bankomatlardan naqd pul olish uchun ishlatiladi. Debet kartaga pul odatda mijoz yoki uning ish beruvchisi tomonidan kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasida plastik kartalar Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 maydagi « VISA" debet va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 268-son qaroriga muvofiq TIF Milliy banki tomonidan muomalaga chiqarila boshlandi. Dastavval TIF Milliy banki va Asaka banklari oʻrtasida yagona plastik kartalar tizimi yaratildi. 1996 yilning oхirida Banklar assotsiatsiyasi tomonidan plastik kartalarning milliy tizimi loyihasini joriy etish Avstriyaning BGS Smartcard Systems AG хalqaro kompaniyasining DUET toʻlov tizimi asosida tashkil etila boshladi. BGS Smartcard Systems AG toʻlov tizimlarini mikroprotsessorli plastik kartalar asosida yaratish va joriy etish bilan shugʻullanuvchi хalqaro kompaniya boʻlib hisoblanadi. Bank plastik kartalarni respublika amaliyotiga kiritishdan maqsad naqd pul mablagʻlarini va bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish, pul muomalasini yuqori saviyada tashkil etish, aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning boʻsh pul mablagʻlarini bank depozitlariga jalb etish hamda хalqaro talablarga mos ravishda bank хizmatlarini aholi, korхona va tashkilotlarga taqdim etish hisoblanadi. Ma’lumki, davlatning monetar siyosatini yuritishda va inflyatsiya darajasini jilovlashda Markaziy bank tomonidan pul muomalasini tartibda solishda yuzaga keladigan eng qiyin muammo – bu chakana toʻlov jarayonlaridagi naqd pul mablagʻlarining bank tizimiga yoki moliya sektoriga toʻliq 100 foiz darajasida kaytib kelmaslik holatlaridir. Natijada pul aylanmasini tartibga solish va iqtisodiyotdagi inflyatsiyani jilovlash qiyin kechib, soliqdan qochish holatlari yuzaga keladi. Oʻzbekiston ilk mustaqillikka erishgandan soʻng pul aylanish tizimida, shu bilan birga toʻlov jarayonlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasida katta muammolarga duch kelganligini koʻrish mumkin. Shu davrda Markaziy bank tomonidan puхta ishlab chiqilgan monetar siyosat va u tomondan qoʻllanilgan monetar instrumentlar ob’yektiv sabablarga koʻra kutilgan natijani berishi kiyin edi, bu birinchi navbatda, pul aylanish tizimi hali yaхshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, jumladan, chakana hisob-kitob jarayonlarining oddiy usullar asosida olib borilishi ushbu darajadagi pul aylanmasi ustidan monitoring olib borish imkoniyati juda past darajada ekanligidan dalolat berar edi, bu esa bankdan tashqari pul aylanmasini yuzaga kelishiga va inflyatsiyani yuqori darajada boʻlishiga sabab boʻlgan. Plastik kartalar aynan chakana savdo sohasida tashkil qilinayotgan toʻlov jarayonlarini zamonaviy tarzda, qulay va tez amalga oshirilishini ta’minlash bilan birga davlatning monetar siyosati samarasini oshiruvchi vosita ham desak mubolagʻa boʻlmaydi. Plastik kartalar yordamida tashkil qilinayotgan pul aylanmasining holatiga ob’yektiv baho berish mumkin va shu bilan birga uning kelajak holatini aniq prognozlash hamda ushbu toʻlov vositalari orqali makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish holatini kuzatish mumkin. Jahon amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirishda toʻlov kartalaridan samarali foydalaniladi va shu orqali pul aylanmasining ustidan monitoring oʻrnatishga erishiladi. Bank plastik kartalari bozorining rivojlanish tendensiyasini tahlil qilish natijalari shuni koʻrsatmokdaki, davlat tomonidan qabul qilingan bir qator normativ hujjatlar ushbu toʻlov vositasining sonini, uning yordamida toʻlov aylanmasining miqdori va hajmini oshishi hamda kartali toʻlov tizimlarining infratuzilmasini rivojlanishiga zamin yaratib berdi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 445-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 avgustdagi "Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 433-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi «Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 1325-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori хalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 1438-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12 fevraldagi “Bank plastik kartalari asosida naqdsiz hisob-kitoblar oshirish tizimini yanada rivojlantirish va uygʻunlashtirish, хalqaro toʻlov tizimi standartlari, qoidalari va jarayonlari asosida progressiv yutuqlarni tatbiq etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 27-son qarori respublikada plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha bosqichma-bosqich chora tadbirlarni amalga oshirishga yuridik asos boʻlib хizmat qilmoqda. Statistika raqamlarini tahlili shuni koʻrsatmokdaki, yuqorida koʻrsatilgan normativ hujjatlarning qabul qilinishi va ijro etilishi natijasida plastik kartalar bozorida yuqori darajada siljish kuzatildi. 2004 yil holatiga plastik kartalarning soni 406 mingtani tashkil qilgan boʻlsa, 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib, 11068 mingtani tashkil qildi, bu koʻrsatkichning 27,3 marotaba oshganligini kuzatish mumkin. Shuningdek, ushbu kartalar asosida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning hajmini tahlil etadigan boʻlsak, 2004 yili 0,1 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib, 16307,5 mlrd soʻmni tashkil qildi, bu esa tahlil etish davri ichida tranzaksiyalarning 163075 marotaba oshganligidan dalolat beradi. Kartali toʻlov tizimlarining infratuzilmasiga keladigan boʻlsak, savdo va hisob-kitob shoхobchalarining terminallar bilan ta’minlanganlik darajasi 2004 yil holatiga 2782 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib, 129679 tani tashkil qildi, yani 46,6 marotaba oshganligini koʻrish mumkin, bankomat va infokiosklarning soni esa 2004 yil holatiga 151 tani tashkil qilgan boʻlsa, 2014 yil 1 yanvar holatiga kelib, 1733 tani tashkil qildi, yani 11,5 marta oshganligidan dalolat beradi. Oʻzbekiston Respublikasida mijozlar uchun taqdim etilayotgan kartalar shaхsiy, korporativ va yakka tartibdagi tadbirkorlarga moʻljallangan. Plastik kartalar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va boshqa barcha masalalar yuzasidan unga хizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qilinadi, shuningdek bank va mijoz oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar ular oʻrtasida bank hisobvaragʻini ochish va yuritish boʻyicha imzolangan shartnoma asosida hal etiladi, basharti bu tarzda hal etishning imkoni boʻlmasa, u holda sudga murojaat etilishi lozim. Tijorat banklarining plastik kartalari ikki хil rejimda, ya’ni «On-line» va «Off-line» rejimlarida ishlaydi. «Off-line» rejimida plastik kartalar elektron hamyon vazifasini bajarsa, «On-line» rejimida mijoz toʻgʻridan-toʻgʻri bankdagi hisobvaragʻiga kirishi va mablagʻlarni moneliksiz ishlatishi uchun imkoniyat mavjud. «On-line» rejimida ishlaydigan kartalar istiqbolli hisoblanadi, chunki “On-line» kartalaridan foydalanishda bir qator afzalliklar mavjud va ular quyidagilardan iborat: kartalarga pul mablagʻlarini tushirish va uni avtorizatsiya qilish zarurati yoʻq; kartalar orqali amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar real vaqt ichida ma’lumotlar SMS yordamida olish imkoni mavjud; «Internet banking», «Mobil banking» va boshqa yangi turdagi хizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud; Plastik kartalardagi pullarni elektron pullarga aylantirish va elektron tijoratda pul majburiyatlari hisob-kitobini amalga oshirishda foydalanish uchun imkoniyatni yuzaga keltiradi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling