Mavzu: Plastik kartochkalarning turlari va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi muammolar Reja


Plastik kartochkalar bilan uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish usullari


Download 0.81 Mb.
bet3/7
Sana22.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1286886
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Azimboyev Mahmud (2)

3.Plastik kartochkalar bilan uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish usullari.
Bugun millionlab yurtdoshlarimiz onlayn to‘lov tizimlaridan faol foydalanishmoqda. Bunga, birinchi navbatda, onlayn kartalarning joriy etilishi keng yo‘l ochib berdi. Hozir deyarli har bir oilada «Uzcard» onlayn kartalari ishlatiladi. Ushbu tur plastik kartalari orqali nafaqat savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalariga o‘rnatilgan terminallar orqali, balki foydalanuvchining shaxsiy smartfoni yoki kompyuterlar orqali turli onlayn to‘lovlar, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoni mavjud.
Mutaxassislar «Uzcard», «Click», «Payme» kabi tizimlar orqali to‘lov usullarini mutlaqo xavfsiz, deb e’tirof etishadi. Chunki foydalanuvchi haqida kiritilgan barcha axborot shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi va aloqa kanallari orqali yuboriladi.
Umuman, «Uzcard» plastik kartalarida EMV standartlariga javob beradigan NXP chiplari ishlatiladi. Ushbu chiplar «Uzcard» kartalari yordamida bajarilgan amaliyotlarning xavfsizligini ta’minlab beradi. Shuningdek, mikroprotsessorlik «Uzcard» kartalari har gal tranzaksiya amalga oshirilganda tranzaksiya uchun maxsus va noyob kod hosil qiladi, keyingi bajariladigan amaliyot uchun yangi kod talab etiladi, shuning uchun ushbu kartalarni umuman qalbakilashtirib bo‘lmaydi.
Afsuski, xavfsizlik faqatgina texnik jihatlarga bog‘liq emas. Bunda inson omili ham muhim o‘rin tutadi.
Onlayn kartalar va elektron to‘lov tizimlarining rivojlanishi bilan ushbu yo‘nalishdagi firibgarlik va o‘g‘irlik holatlari ham avj olib boryapti. Jahon tajribasida bu jiddiy muammoga aylanib ulgurgan.
Bankomatdan ma’lum miqdorda pul yechib olib, kartadagi hamma summaning yo‘qolib qolishi, notanish onlayn-do‘kondan arzon mahsulot sotib olib, katta pul yo‘qotish, o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, plastik karta ma’lumotlarini bilib olish holati yoki kartangiz qulflanib qolgani haqida SMS yuborib, uni ochish uchun karta ma’lumotlarini o‘g‘irlash kabi bir qancha usullardan foydalanayotgan firibgarlar har yili milliardlab summalarni uzlashtirib yuborishyapti. Vaqt o‘tishi bilan firibgarlik usullarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lyapti.
Banklar va onlayn to‘lov tizimlaridagi xavfsizlikning kuchaytirilishiga qaramay, foydalanuvchilarning ehtiyotsizligi tufayli firibgarlar osongina o‘z maqsadlariga erishib kelyaptilar.
 Plastik kartalardan pul o‘g‘irlash va firibgarlik holatlari hozirgi vaqtda eng ko‘p sodir etiladigan jinoyatlar qatoriga kiradi.
plastik kartalardan pul o‘g‘irlash va firibgarlik holatlari hozirgi vaqtda eng ko‘p sodir etiladigan jinoyatlar qatoriga kiradi. 2021-yilda 2700 dan ortiq oʻzbekistonlik internet firibgarlari qurboni boʻlgan.
Odamlarni aldash va ularning bank kartalaridan pul o'g'irlashning turli usullari mavjud: bankomat orqali operatsiyalarni amalga oshirish paytida kodni ko’rib olish va kartani o'g'irlashdan tortib, dasturiy ta'minotga xakerlik hujumlarini uyushtirishgacha. Jinoyatchilar pul o'g'irlashning eski usullari ish bermay qo’yganda yangi usullarini o’ylab topishadi. Shunung uchun firibgarlar qo’llaydigan asosiy usullardan xabardor bo'lish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish juda muhimdir.
Plastik kartalardan pullarning yo‘qolishi kabi holatlarga duch kelmaslik uchun quyidagi ayrim qoidalarga amal qilish zarur:

  • Hech kimga o‘z bank kartangizni bermang.

  • Kartochka har doim ko‘z o‘ngingizda tursin. Ya’ni, biror to‘lovni amalga oshirish chog‘ida uni begona kishiga berib yubormang.

  • Kartochka va uning rekvizitlarini ishonchli joyda saqlang. Hech qachon kartani PIN-kod bilan saqlamang, yaxshisi uni eslab qoling.

  • Kartochkada SMS-xabarnomani yoqtiring. Bunda har bir to‘lov amaliyoti SMS shaklida telefoningizga kelib turadi va o‘tkazmalarni o‘z vaqtida nazorat qilib turasiz.

  • Barcha mobil qurilmalar va kompyuterlarda antivirus dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Bank kartalari hayotimizga mustahkam kirib kelganligi sababli, xavfsizlik bo'yicha mutaxassislar barcha karta egalariga o'zlarining bank kartalari va uning ma'lumotlarini hamyondagi naqd puldan ham qat'iyroq himoya qilishni maslahat berishadi.


Biroq bankning axborot xavfsizligi tizimlariga qaramasdan, firibgarlik operatsiyalari natijasida kartadagi pul mablag'larini o'g'irlash ehtimoli mavjud. Bunga yo'l qo'ymaslik uchun mablag'laringiz bilan noqonuniy operatsiyalar amalga oshirilishidan himoyalaydigan qoidalarga amal qilish kerak:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling