Mavzu: Plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish va sifat ko’rsatkichlariga qoyiladigan asosiy talablar
Download 37.06 Kb.
|
Plastmassa tovarlari
MUSTAQIL ISH Mavzu: Plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish va sifat ko’rsatkichlariga qoyiladigan asosiy talablar Bajardi: ______________________________ Tekshirdi: ______________________________ Plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish va sifat ko’rsatkichlariga qoyiladigan asosiy talablar Reja: Plastmassa va uning turlari Plastmassalardan buyumlar ishlab chiqarish Plastmassalarni qayta ishlash Kirish
Plastmassalar texnologiyasida plastmassalarni qayta ishlash jarayoni yakunlovchi bosqich bo‘lib, bu bosqichda m a’lum bir buyum olinishi va bu buyum aniq talablarga javob berishi kerak. Shu maqsadda turli usuliar kashf qilish bilan bir qatorda yangi polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda. XIX asrning o‘rtalarida kauchukni vulkanizatsiyalash uchun uskunalar, sellulozani asetillash va nitrolash usullari paydo bo‘ldi. Shundan taxm inan 100 yil keyin plastmassalarni qayta ishlash usullari, ularni takomillashtirish va bu usullarni fizik-kimyoviy asosda modellashtirish yuzaga keldi va natijada yangi — «Polimerlami qayta ishlash texnologiyasi» fani yaratilishiga asos bo‘ldi. Polimerlami qayta ishlash texnologiyasiga rezina materiallar olish, lok-bo‘yoqlar tayyorlash, kimyoviy tolalarni shakllash jarayonlari kiradi. Bular orasida plastmassalarni qayta ishlash (buyumlar tayyorlash) texnologiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. Plastmassani zamonaviy qayta ishlash sanoati yangi usullarga asoslangan bo‘lib, unda yangi uskunalar qo‘llaniladi. Individual polim erlar polim erkom pozitlar va polim erlar aralashmasi bilan almashtirilib ishlatilm oqda. Natijada materiallarning xossalari kengaymoqda va ulardan xalq iste’moli buyumlaridan tortib harbiy texnikada va kosmonavtikada qo‘llaniladigan detallarni olish imkoniyatlari yaratilmoqda. Plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: •kimyoviy tarkibni o‘zgartirish, polimerga to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar kiritish va ularga termomexanik ishlov berish; • olingan materialga shakl berish, ya’ni plastmassa buyumlar tayyorlash. Buyum konstruksiyasi ilmiy jihatdan asoslangan va aniq bir ekspluatatsiya sharoitini hisobga olgan holda ishlangan bo‘lishi shart. Shunday qilib polimerlami qayta ishlash texnologiyasi, yuqorida qayd etganimizdek, o‘z ichiga turli polimerlaming zarur xossalarini yaxshilash va ularni tayyor buyumga aylantirish jarayonlaridan iboratdir. Plastmassa va uning turlari Download 37.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling