Mavzu: Plomba ashyolari tasnifi


Download 377.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi377.83 Kb.
#1792175
  1   2   3
Bog'liq
Галерея (1)



TOSHKENT TIBBIYOT 
AKADEMIYASI
(Stomatologiya fakulteti)
Mavzu: Plomba ashyolari tasnifi
Tayyorladi: Baxtiyorova Umida
Sultonmurodova Maftuna
Gurux: 102A
Toshkent 2023


STOMATOLOGIK PLOMBA ASHYOLARI

Plombalash – yoqotilgan tish qattiq to`qimasini va uning funksiyasini plomba yordamida
tiklash demakdir.

XX asrning 60yillarida asosiy plomba ashyosi bo`lib amalgama (kichik va katta oziq
tishlarga) va silikat – sementlar (old tishlarga) hisoblanar edi. Silikatsementlarning
mustahkam emasligi va tez eruvchanligi ularning o`rniga yangi plomba ashyolarini topishni
talab etardi. Natijada 60yillarning boshida akril plastmassalar yuzaga keldi. Ular asta-
sekinlik bilan kompozit plomba ashyolari bilan almashtirildi. 70 – yillarda monomer 
sementlar stomatologiyada qo`llanila boshlandi.


BOG`LOV VA VAQTINCHALIK PLOMBA
ASHYOLARI

Bog`lov ashyolari 1-14 kungacha
qo`yiladi. Bu maqsadda dentin, dentin 
malxami, sinkoksidevgenol sementlar
yoki gutta-percha qo`llaniladi.

SUNIY DENTIN-sink sulfat sement. 
Suniy dentin 66% rux oksididan, 24% rux
sulfatdan, 10% kaolindan tashkil topgan.



Suniy dentin distillangan suv yordamida, 
oynachaning g`adir-budur tarafida metal 
shpatel yordamida qoriladi. Qorish
jarayonida kukun suvga asta sekinlik bilan
aralashtiriladi.

Dentinning qo`llash vaqti 1.5-2 daqiqadan
so`ng boshlanib, 3-4 daqiqadan so`ng
tugaydi.


SUNIY DENTINNING XUSUSIYATLARI

Qo`llashda oddiylik

Bo`shliqni yaxshi yopishi (germetikligi)

Organizm va tish pulpasiga indifferentligi

Mexanik tasirga mustaxkam emasligi (2-3 
kundan ortiq bardosh bermasligi)


DENTIN MALHAMI

Dentin malhami tayyor holatda chiqariladi. U suniy dentindan, shaftoli va chinnigul moyi
aralashmasidan iborat. Pasta tana haroratida og`iz bo`shlig`ida 2-3 soat davomida qotadi.

Dentin-pasta xususiyatlari:

Qo`llanishda oddiyligi

Suniy dentinga nisbatan, yuqori mustaxkamligi

Og`iz bo`shlig`ida kondensatsiyalanish imkoniyatini beradi (margumushli Malham ustiga, 
ochiq pulpa ustiga va suyuq dori moddalarini izolyatsiya qilib bo`lmaydi


SEMENTLAR. TURLARI. TARKIBIVA XUSUSIYATLARI

Xalqaro klassifikatsiya bo`yicha sementlarning 8ta turi farqlanadi:

Rux-fosfat

Bakteriotsid

Silikat

Siliko-fosfat

Rux evgenolli

Polikarboksilat

Shishaionomer

polimer
Yopishqoqligi bo`yicha 
sementlarning quyidagi turlari 
tafovut qilinadi:
1. Retension nuqtalar xisobiga 
yopishuvchi. Bu guruxga rux-
fosfat, silikat, siliko-fosfat 
sementlar kiradi.
2. Faqat adgeziya hisobiga 
yopishuvchi. Bularga 
shishaionomer polimerlari 
kiradi.


RUX FOSFAT SEMENT

Fosfat sementlar stomatologiyada juda keng qo`llaniladi. Tarkibi jixatdan kukun va suyuqlikdan
tashkil topgan. Kukuni tarkibida rux oksidi(80-83%), magniy oksidi(6-10%), kvars va boshqa
qo`shimchalar bor. Suyuqligi rux oksidi va alyuminiy gidroksidi bilan neytrallangan ortofosfat
kislotasi. Xususiyatlari: pulpa uchun toksik emas, yopishqoqligi yaxshi, kengayish koeffitsiyenti
past, yaxshi termoizolyator, so`lak tasirida eriydi(1yil mobaynida), mexanik pishiq emas, 
kosmetik talablarga javob bermaydi(rangi tiniq emas). Fosfat sementining qotishi rux oksidini
fosfat kislota bilan bo`ladigan reaksiyasi natijasida amalga oshadi, bunda rux fosfat xosil bo`ladi.

Ishlatilishi: suniy qoplamalar qo`yiladigan tishlarda doimiy plomba sifatida, uzoq muddatga(3-
4oy) vaqtinchalik plomba sifatida, suniy qoplamalarni fiksatsiyalashda, ildiz kanallarini
plombalashda, doimiy plombalar ostiga ajratuvchi taglik sifatida, sut tishlarida doimiy plomba
sifatida.


BAKTERIOTSID SEMENT

Bu plomba ashyosiga kumush tutuvchi fosfat sement, bakteriotsid dioksivisfat, 
argil(Chexiya) kiradi. Bakteriotsid xususiyatlar berish uchun fosfat sement(visfat)ga
kumush (1.547%) qo`shiladi. Bu plomba ashyosi xam suniy qoplamalar qo`yiladigan
tishlarda doimiy plomba sifatida, uzoq muddatga (3-4oy) vaqtinchalik plomba sifatida, suniy
qoplamalarni fiksatsiyalashda, ildiz kanallarini plombalashda, doimiy plombalar ostiga
ajratuvchi taglik sifatida, sut tishlarida doimiy plomba sifatida qo`llaniladi. Plomba ashyosi
kumush tutgani uchun uni kosmetik sohalarda qo`llanilmaydi(vaqt o`tgani sari rangi
qorayadi).


TASNIFLANISHI
Tishning qattiq toʻqimalarining shikastlanishi (nuqsonlari) yoki karioz lezyonlarini tayyorlash jarayonida, 
shuningdek plomba materialini tanlashda ular birinchi marta
stomatolog
J.Blek tomonidan taklif qilingan 
tasnifga asoslanadi. Taklif etilgan tasnifga muvofiq, lokalizatsiyaga qarab, karioz boʻshliqlarning beshta 
klassi mavjud


I sinf — boʻshliq yoriqlarda, molarlar, premolarlar, kesma va kaninlarning koʻr chuqurlarida joylashgan. Plomba tishning 
barcha yuzalarida (okklyuzion, bukkal yoki lingual) joylashgan boʻlishi mumkin.
II sinf — boʻshliq kamida ikkita sirtni egallaydi: molarlar va premolyarlarning medial yoki distal va okklyuzion yuzalari. 
Bunday plomba premolyarning medial-okklyuzion yuzasida yoki molarning medial-okluzal-distal yuzasida joylashgan 
boʻlishi mumkin.
III sinf — boʻshliq kesma va kaninlarning medial va distal yuzalarida joylashgan boʻlib, plomba ham u erda lokalize 
qilinadi.
IV sinf — boʻshliq III sinf boʻshliqlari bilan bir xil lokalizatsiyaga ega, lekin tishning toj qismining burchagi yoki uning 
chiqib ketish qirrasi buzilishi bilan.
V sinf — boʻshliq tishlarning barcha guruhlari (kesuvchi, kanin, premolyar yoki molar) bachadon boʻyni hududida 
joylashgan. Bunday plomba servikal mintaqada ham yuqori jagʻning kesma qismining vestibulyar (oldingi) yuzasida, 
ham pastki jagʻning molarining til yuzasida joylashgan boʻlishi mumkin.
Tishning qattiq toʻqimalarining shikastlanishini aniqlash tartibini soddalashtirish, shuningdek, kariyoz boʻshligʻi hajmini 
bosqichma-bosqich oshirish jarayonida ularning murakkablik darajasini aniqlash uchun yangi tasnif ishlab chiqilgan va 
taklif qilingan


Plomba ashyosini monolit ravishda katioz kavakka quyish, tishlardan ajratish uchun 
selluloid matrisalarni qo’llash mumkin. Plombaga karborunt toshlar bilan ishlov berish 
tavsiya etilmaydi. Plombani pardozlash iloji bo’lsa, bir necha kundan keyin amalga 
oshirilgani maqsadga muvofiq.
Plombalarni so‘lakdan izolyatsiya qilish uchun vazelin, gidrosil, lak, mum ishlatiladi 
(silikon qoplash)
Plomba ashyosining salbiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
•pulpaga nojo‘yi ta’siri bor;
•yopishqoqligi yaxshi emas;
•mexanik pishiq emas (mo‘rt, sinadi);
•kirishadi (hajmini kichraytiradi);
•og’iz bo‘shlig‘i sharoitida eruvchan.


AMALGAMALAR.


Download 377.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling