Mavzu: plugli kаnаl ќаzgichlаrning ish jiћozini oʼrgаnish Ishning maќsadi


Download 200.93 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi200.93 Kb.
#1388055
Bog'liq
1-лаборатория


Mavzu: PLUGLI KАNАL ЌАZGIChLАRNING ISh JIЋOZINI
OʼRGАNISh


Ishning maќsadi: Osma va tirkamali plugli kanal ќazgichlar ish jiћozlari
konstruktsiyasi va vazifasini oʼrganish.

Koʼrgazmali ќurillar va anjomlar


1. Passiv ish jiћozli osma va tirkamali plugli kanal ќazgichlar maketlari, plakatlar, slaydlar va asl nusxasi.
2. Osma plugli kanal ќazgich ish jixozining asl nusxasi.
3. Tirkamali plugli kanal ќazgich ish jiћozining asl nusxasi.
4. KZU-0,3 kanal ќazgich-tekislagich asl-nusxasi.


Ishning bajarilish tartibi

1. Passiv ishchi jiћozli plugli kanal Kazgichlarning vazifalari va umumiy tuzilishlarini oʼrganish.


2. Osma va tirkamali ishchi jiћozli plugli kanal ќazgichlarning konstruktsiyalarini oʼrganish.
3. Plugli osma va tirkamali ishchi jiћozli kanal ќazgichlarning konstruktiv chizmasini chizish.
4. KZU-0,3 kanal ќazgich-tekislagichning konstruktsiyasini oʼrganish va konstruktiv chizmasini keltirish.
5. Plugli osma va tirkamali ishchi jiћozli kanal ќazgichlarning indekslanishi (rusumlanishi)ni oʼrganish.

Plugli MK-16 kanal ќazgichi tubining eni 0,6 m va chuќurligi 0,5-0,6 m boʼlgan muvaќќat suѓorish kanallari ќazishga moʼljallangan. Undan kanallarni tozalashda ћam foydalanish mumkin.


MK-16 kanal ќazgichi almashma lemexli stoyka, aѓdargichlar, tayanch chanѓi va nishab zichlagichlardan tuzilgan.
Stoykaning kesimi ќutisimondir. Uning pastki ќismiga lemex uchun list payvandlangan boʼlib, unga yashirin kallakli toʼrtta bolt yordamida toblab puxtalangan lemex maxkamlangan.
Oʼng va chap aѓdargichlar stoykaga kosinkalar, obirralar va kashaklar yordamida maxkamlangan. Stoyka¬ning pastki ќismiga oʼќ vositasida chanѓiga biriktirilgan povodok sharnir yordamida maxkamlangan, chanѓi yordamida kanal ќazgich ќazilayotgan kanalning tubiga tayanib turadi. Аrdargichlarning pastki ќirralariga sharnirlar yordamida nishab zichlagichlar biriktirilgan, zichlagichlar kerakli vaziyatda vintli kashaklar bilan ќotirib ќoʼyiladi.
Chanѓining lemexning kesuvchi ќirrasiga nisbatan vertikal vaziyati uchida dastasi boʼlgan rostlash vinti yordamida oʼzgartirilishi mumkin.


.
4- rasm. Plugli MK-16 kanal ќazgich:
a—ishlayotgan kanal ќazgich; b—kanal kesimining profili; 1—stoyka; 2—lemex; 3—aѓdargich; 4 — chanѓi; 5—nishablarni zichlagich


MK-16 kanal ќazgichi gusenitsali T-130.1.G-3 traktoriga shunday oʼrnatilishi kerakki, oʼrnatkich ќurolning transport xolatida gorizontal tekislikda buri¬lib ketishdan blokirovkalanadigan boʼlsin, yaʼni oʼrnatish ќurilmasining zanjirli tortќichlari oʼrnatish ќu¬rilmasining pastki yetakchi tortќilarining uchlari bilan traktorning ketingi devoriga maћkamlangan ќuloќchalar orasiga oʼrnatilishi kerak.
Nishablarining nisbati 1:1 boʼlgan kanallar ќazishda kanal ќazgich shunday ish vaziyatida (gruntga botirilgan ћolatda) turishi kerakki, bunda aѓdargichlarining yuќorigi chetlari dalaning yuzasiga parallel joylashadigan boʼlsin. Bunday vaziyatga oʼrnatish ќurilmasi yuќorigi tortќisining uzunligini rostlash yoʼli bilan erishiladi. Shunday rostlanganda nishablarning ќiyaligi 0,75—1,25 atrofida boʼladi.
Ќaziladigan kanalning chuќurligi tayanch chanѓining ћolatiga va kanal ќaziladigan gruntning zichligiga boѓliќ. Masalan, chanѓining vinti 12—15 aylanishga burab chiќarib ќoʼyilsa, oʼrtacha zichlikdagi gruntlarda kanal 0,5 m chuќurlikda ќaziladi.
Nishab zichlagichlarning vaziyati k.aziladigan kanal¬ning chuk.urligiga va gruntning zichligiga moslab rostlanadi.
Dalada ish boshlash oldidan kanal ќazgichning traktorga toʼѓri oʼrnatilganligiga, puxta maћkamlanganligiga ishonch ћosil ќilish va payќalgan nuќsonlarni yuєotish lozim.
Kanal ќazgich gidrotaќsimlagichning «erkin» vazi¬yatida ishlashi kerak (taќsimlagich dastasi chekka ћolatda ќotirib ќoʼyilgan boʼlishi lozim). Shundagina kanal tubining sirti tekis chiќadi. Oʼrtacha zichlikdagi gruntlarda kanal ќazgich kanalni bir oʼtishdayoќ ќaziy oladi. Kanaldagi suv satћi dalaning yuzasidan tepada boʼlishi zarur boʼlganda va dambaning gruntini ќoʼshimcha zichlash talab etilgandagina kanal ikki oʼtishda ќaziladi.
Birinchi oʼtish vaќtida kanal ќazgich kanalni 0,4 m chuќurlikda ќaziydi. Ikkinchi oʼtish vaќtida traktor gusenitsalari bilan dambaning gruntini zichlaydi, ka¬nal ќazgich esa kanalning chuќurligini 0,5—0,6 m ga yetkazadi. Birinchi oʼtishda kanalning chuќurligi kanal ќazgichning tayanch chanѓisi vaziyatini oʼzgartirish bilan rostlanadi. Kanal ќazgichdan muntazam ravishda foydalaniladigan boʼlsa, tayanch chanѓining va nishab zichla¬gichlarning vintli ќurilmalarini ћaftada bir marta solidol bilan moylab turish zarur.





5-rasm. KZU-0,3 kanal ќazgich tekislagich;
1-ichi boʼsh brus; 2-universal rama; 3-ѓildiraklar; 4-lemex; 5-aѓdargich; 6-tishli sektor.






6-rasm. Plugli kanal ќazgich va egat olgich:
a-burilmaydigan brish ramali arќonli tirkamali; b-buriladigan yurish ramali arќonli tirkamali; v-tirkamali gidravlik universal; g-traktorning osma tizmida; d-orќa universal ramada osma; ye-osma egat olgich; j-tayanch ѓildirakli; egat olgich. 1-orќa ѓildirak; 2-sirpanishning tayanch tekisli; 3-kanal bermasini tozalagich; 4-ochќichlar; 5-yuќorigi otvallar; 6-koʼtaruvchi-aѓdaruvchi sirt; 7,8-polispastning ќuzѓaluvchan va ќoʼzѓalmas blogi; 9-rama; 10-arќon; 11-flyagerli kolonka; 12-tortuvchi rama; 13-chiѓir; 14-arќon; 15-tirkama ѓildirak; 16-chanѓi; 17-pichoќ; 18-ѓildirak; 19-yassi lemex; 20-tayanch chanѓi; 21-vintli ustun; 22-sharnir; 23-ilmoќ; 24-pichoќldar; 25-gidravlik yuritma; 26-gidrotsilindr; 27-pnevmatik ѓildirak; 28-pichoќ; 29-ќuvur; 30-gidrotsilindr; 31-ponasimon lemex; 32-ustun; 33-tortќi; 34-P simon orќa osma rama; 35-balka; 36-ѓildirak.

Жадвал-2


Плугли канал ќазгич ишчи жићози



№№

К ў р с а т к и ч л а р

Ўлчам бирли

Ќиймати

1.

Канал ўлчамлари:
чуќурлиги
туби эъни
нишоби

м
м
-



0,4
0,3


1 : 1

2.

Асос машина ќуввати

кВт

184 гача

3.

Тракторлар сони

дона

1

4.

Техник сони

м/соат

3000 гача

5.

Вазни

кг

800

Жадвал-3
Осма плугли канал ќазгичнинг иш жићози техник тавсифи



№№

К ў р с а т к и ч л а р и

Ўлчам бирлиги

Ќиймати

1.

Канал ўлчамлари:
чуќурлиги
туби эъни
нишоби

м
м
-



0,8
0,6


1:1

2.

Асос машина ќуввати

кВт

184 гача

3.

Трактор сони

дона

1

4.

Техник иш унуми

м/соат

3000 гача

5.

Вазни

т

1000

Жадвал-4
Плугли канал ќазгичларнинг асосий кўрсаткичлари







Русуми

Тури

Каналнинг максимал чуќурлиги, Нк,

Канал туби эъни,
вд,м

Нишабнинг ётиќлик коэффициенти, m

Тортувчи тракторлар русуми

1.

КМ-1400

Тиркама

0,8…1,0

0,2

1:1

2хТ-100

2.

Д-267А

Тиркама

0,6

0,6:0,81,0

1:1, 1:1,25,
1:1,5

2хТ-100

3.

МК-13

Тиркама

0,6…1,0

0,2;1,00,6

1:1:1:1,5

2хТ-130

4.

Д-716

Осма

0,5

0,6

1:1

Т-100; Т-130

5.

МК-16

Осма

0,5

0,6

1:0,75:1:1

Т-100; Т-130

6.

МК-12

Осма

0,4

0,4

1:1

Т-100

7.

МК-19

Осма

0,5

0,4

1:1

Т-130; Т-4А

Download 200.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling