Mavzu:Pnevmozarbalovchi dastgoh bilan skvajinalar burg‘ilash
Reja:
Skvajinalarni zarba ta’sirida botib boruvchi pnevmatik mashina.
Yarim avtomatlashtirilgan burg‘ilash dastgohi.
Skvajinalarni zarba ta’sirida botib boruvchi pnevmatik mashina yordamida burg‘ilash uchun 1949-yili prof. Y. G. Kaplun rahbarligida burg‘ilash agregati qurilgan bo‘lib, u aylanib ta’sir etadigan va qo‘poruvchi bolg‘a ОМСП-5 bilan uskunalangan dastgohdan iborat. Burg‘ilash diametri 110 mm va aylanish chastotasi 5,3 s–1 bo‘lgan xoch shaklidagi koronka bilan amalga oshirilgan. Bir yildan so‘ng, skvajinada ishlatish uchun pnevmozarba uzatuvchi, uning aylantiruvchisi esa skvajina tashqarisida, ya’ni kon lahimida joylashtirilgan bo‘lib, pnevmozarba uzatuvchi va burg‘i shtangasining katta buruvchi moment olishiga imkoniyat vujudga keldi.
Bu uskunani ko‘p marta modernizatsiyalash natijasida pnevmozarba uzatuvchi Ю-16 burg‘ilash mashinasi БМК-2 bilan birga barpo etildi. Shu vaqtda G.G. Yamkov rahbarligida pnevmozarba uzatuvchi agregat ПУ-8 aylantirgich БЭС-2М bilan bir vaqtda yaratildi.
1953-yilga kelib БА-100 dastgohi pnevmozarba uzatkichi Ml900 ishlab chiqarildi.
Yarim avtomatlashtirilgan burg‘ilash dastgohi HKP-100MA 1959-yili yaratildi. Bu dastgoh hozirgi vaqtda yer ostida skvajinalarni burg‘ilashda keng qo‘llanilmoqda. Siqilgan havo va suv aralashmasini botiruvchi pnevmozarba uzatkich bilan birga qo‘llanilishi burg‘ilash vaqtida hosil bo‘ladigan changni bostirish imkonini berdi.
Konlarni ochiq usulda qazib olishda quyidagi burg‘ilash dastgohlaridan foydalanish mumkin: СБУ-100Н-35; СБУ-1005-35; СБУ-125-24; СБУ-125У-52; СБУ-1-Н-35 dastgohi yer osti sharoitida ham qo‘llanishi mumkin.
Skvajinani kengaytirgich bilan burg‘ilash sinovidan СБП155/320С dastgohi o‘tdi. Bundan tashqari, 1БП-160; БП-100С; ВП160С burg‘i dastgohlari amaliyotda sinovdan o‘tmoqda
Nazariy o’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli.
№ 9 Mavzu: Pnevmozarbalovchi dastgoh bilan skvajinalar burg‘ilash
Do'stlaringiz bilan baham: |