Dumalash podshipnik kinematikasini o‘rganish uchun ichki halqasi aylanadigan qilib o‘rnatilgan podshipnik detallari uchun tuzilgan tezliklar planidan foydalanamiz (25.3-rasm). Bunga ko‘ra:
V0 = V1 / 2 , V1 = ω D /2. (25.5)
Sharchaning (yoki rolikning) o‘z o‘qi atrofida aylanish chastotasi:
ωsh = 2 ( V1 – V 2 ) / dsh = 0,5 ω D1 / dsh . (25.6)
Separatorning aylanish chastotasi sharchaning val o‘qi atrofida aylanish chastotatasiga teng bo‘ladi, ya’ni
ωc = 2 V0 /dsh = 0,5 ω D1 / (D1 + dsh ) ≈ 0,5 ω . (25.7)
25.3-rasm. Dumalash podshipnigining kinematikasi.
Demak, ajratgich val aylanishi bo‘yicha valning yarim burchak tezligiga teng burchak tezlik bilan aylanadi.
(25.7)- formuladan ajratgichning burchak tezligi sharcha o‘lchamlariga bog‘liqligi ko‘rinadi.
Dumalash podshipnikning dinamikasi. Podshipnikning har bir sharchasi yoki roligi tashqi halqa markazidan qochma kuch bilan (25.4 - rasm)siqiladi.
25.4- rasm. Dumalash podshipnigi dinamikasiga doir sxema.
(25.8)
Bu yerda: m- sharcha va rolikning massasi.
Podshipniklarni dinamik va statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tanlash.
O‘zgaruvchan kuchlanish ta’sirida kontaktdagi yuzalar toliqadi va yemirilishiga asosiy sabab bo‘ladi. Xozirda DP mustahkamlikka hisoblash ikki usulga asoslangan:
- qoldiq deformatsiya bo‘lmasligi uchun statik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha;
-toliqishdan yemirilish bo‘lmasligi uchun, dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha.
Amalda mashinalarni loyihalashda dumalash podshisniklari hisoblanmaydi, balki tayanchga ta’sir etuvchi kuch va boshqa zarur omillarni e’tiborga olish asosida standart bo‘yicha jadvaldan tanlab olinadi. Chunki har qanday podshipnik uchun yuk ko‘taruvchanlik hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |