Mavzu. Podshipniklar. Dumalash podshipniklari va ularni hisoblash asoslari Reja
Podshipniklarni dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha hisoblash
Download 308.17 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekvivalent yuklanish qiymatini aniqlash hamda podshipniklarni tanlash.
1.Podshipniklarni dinamik yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha hisoblash.
Podshipnik o‘rnatilgan valning aylanish soni n>10 min-1 bo‘lganda dinamik yuk ko‘taruvchanlik S bo‘yicha hisoblanib kerakli podshipnik jadvaldan tanlab olinadi, ya’ni shart bajarilishi kerak. Sx – hisobiy dinamik yuk ko‘taruvchanlik; S- har bir podshipniklar uchun jadvaldan olinadi. Bu shunday bir doimiy yuklanishki, bunda podshipnik 1 mln.marta aylanganda ham 90% tekshirilgan podshipnik elementlarida uvalanish hodisasi bo‘lmaydi. Bunda radial va radial-tirak zoldirli podshipniklar uchun (tashqi halqasi aylanmaydi) radial yuklanish, tirak va tirak radial podshipniklar uchun (bitta halqasi aylanadi) bo‘ylama yuklanish ta’siri hisobga olingan. O‘tqazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, podshipnik dinamik yuk ko‘taruvchanlik qiymati S bilan ishlash muddati (aylanish soni) o‘rtasida quyidagicha bog‘lanish bo‘ladi, ya’ni: mln.min-1; bu yerda: L – ishlash muddati mln.min-1 hisobida; Re –ta’sir etuvchi kuchlarning ekvivalent qiymati: g-daraja ko‘rsatkichi, zoldirli podshipniklar uchun 3,0; rolikli podshipniklar uchun 3,33; Sx –hisobiy dinamik yuk ko‘taruvchanlik, - podshipnikning ishonchli ishlashini hisobga oluvchi koeffitsient: Umumiy mashinasozlik sanoati uchun loyihalanayotgan, ishlatiladigan podshipniklar -podshipnik materiallarini hamda uning ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient. Agar podshipnikning aylanish soni o‘zgarmas bo‘lsa, uning ishlash muddatini (soat hisobida) quyidagicha aniqlash tavsiya etiladi. yoki soat Bunda: ning qiymatlari chervyakli podshipniklar uchun ≥5000 soat (GOST 16162-85), tishli uchun ≥10000 soat. Ekvivalent yuklanish qiymatini aniqlash hamda podshipniklarni tanlash. Podshipniklarga bir vaqtning o‘zida radial hamda bo‘ylama kuchlar ta’sir etib, bu kuchlar o‘zgarmas, o‘zgaruvchan yoki zarb bilan ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek ish jarayonida podshipnikning tashqi yoki ichki xalqasi aylanishi mumkin. Shu yuqorida ko‘rsatilgan hamma hollar podshipnik ishlash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun podshipnikka ta’sir qiluvchi yuklanishlarni ekvivalent yuklanish qiymatini aniqlashda hisobga olish kerak. Ichki halqasi aylanib, tashqi halqasi aylanmaydigan podshipniklarning ish jarayonida radial kuch ta’sirida ishlash muddati bilan ekvivalent yuklanish Re ta’sirida ishlash muddati bir xil. Zoldirli radial, radial-tirak hamda rolikli radial-tirak podshipniklar uchun ekvivalent yuklanish qiymati quyidagicha aniqlanadi. bu yerda: - radial va bo‘ylama kuchlar; V –halqalarning aylanishini hisobga oluvchi koeffitsient, ichki halqa aylanganda tashqi halqa aylanganda -havfsizlik koeffitsientli bo‘lib, yuklanish xarakterini hisobga oladi, yuklanish bir tekis bo‘lsa yuklanish nisbatan notekis bo‘lsa yuklanish zarb bilan bo‘lganda ga teng qilib olinadi. k2 –podshipnikning qizishni hisobga oluvchi koeffitsient. bo‘lganda bo‘lganda X,U –radial va bo‘ylama kuchlar koeffitsientining qiymati. Re ning hisobiy qiymati podshipnik dumalash elementlarining kontakt burchagi qiymatining o‘zgarishini va ularning tashqi kuchni qabul qilib olishini ko‘rsatadi. Agarda podshipnikka bo‘ylama kuchning ta’siri bo‘lmasa, unda radial bo‘shliq bo‘lganligi uchun dumalash elementlari notekis yuklanadi. Radial kuchning ta’siri o‘zgarmas bo‘lib, bo‘ylama kuch ta’sirining qiymati ortishi bilan radial bo‘shliq kamayib, yuklanadigan dumalash elementlarining soni ko‘payib, yuklanish bir tekis taqsimlana boshlaydi. bo‘ylama kuch ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient. Fa ning qiymati ortishi bilan podshipnik dumalash elementlarining yuklanishi ortadi. Shuning uchun, bo‘lganda X,U ning qiymatlari ham har xil bo‘ladi. Podshipniklar bo‘lganda, faqat radial kuch ta’sirida ishlaydi, deb qabul qilinadi, bunda X=1, U=0. Silindrsimon kalta rolikli podshipniklar uchun ekvivalent yuklanishning qiymati: . Tirak podshipniklar uchun . Val tayanchlariga o‘rnatilgan radial-tirak podshipniklarda tashqi kuch ta’sirida qo‘shimcha bo‘ylama kuch hosil bo‘ladi. Bu kuchning qiymati zoldirli radial-tirak podshipniklar uchun konussimon rolikli radial-tirak podshipniklar uchun formulalar yordamida aniqlanadi. ye- bo‘ylama kuchlarni ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient, uning qiymatlarini zoldirli radial, radial-tirak hamda konussimon radial-tirak podshipnik uchun jadvaldan tanlash mumkin. Bo‘ylama kuchlarning umumiy qiymati. Podshipniklarga ta’sir qiluvchi kuch Fs qiymati aniqlangangach, ta’sir qiluvchi kuchlarning muvozanatda bo‘lishini hisobga olgan holda tenglama tuzilib, tenglamadan bo‘ylama kuchlarning umumiy qiymatlari aniqlanadi. Bunda shart bajarilishi kerak. Bu bo‘ylama kuchlarning umumiy qiymati aniqlangach tayanchlarga Rekv qiymati aniqlanadi. Zoldirli radial, radial-tirak hamda konussimon rolikli radial-tirak podshipniklar uchun. bo‘lganda. Rekv bo‘lganda bu yerda: Fa – bo‘ylama kuchlarning umumiy qiymati. Fr – tayanchdagi radial kuchlarning umumiy qiymati. Podshipniklarga ta’sir qiluvchi yuklanish o‘zgaruvchan bo‘lgan hollarda ham ekvivalent yuklanishni aniqlash kerak. bunda har xil rejimlardagi yuklanishlar yig‘indisi olinadi, ya’ni: bunda ; L1. L2,… Ln ishlash jarayoniga (mln.min-1) to‘g‘ri kelgan R1,R2….Rn yuklanishlar; L – podshipnikning ishlash muddati, mln.min-1. Download 308.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling