Kolloksilin (nitrotsellyuloza) linoleumi asossiz holda, uzunligi 20 m, eni 1-1,6 m va qalinligi 2-4 mm o‘lchamlarda chiqariladi. Ular qizil va jigar rangida bo‘ladi. Kolloksilin linoleumi nurga, namga, sovuqqa chidamli, elastikligi va egiluvchanligi yuqori, yedirilishga bardoshli bo‘ladi, ekpluatatsiya jarayonida zararli birikmalarni ajratib chiqarmaydi. Ular yonuvchan bo‘lgani uchun bog‘cha, maktab, teatr kabi binolarda ishlatilmaydi. Rezinali linoleum (relin) ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, pastki qatlami avval ishlatilgan rezina kukuni va neft bitumi, asbest va ip-gazlama dispers armaturalardan ozgina miqdorda qo‘shilgan, vulkanizatsiyalangan aralashmasi qotishmasidan iborat. Relinning yupqa (11,5 mm) va mustahkam ustki qismi sintetik kauchuk asosida kukun to‘ldirgich qo‘shib tayyorlangan rangli rezinadan tashkil topgan. Rezinali linoleum (relin) ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, pastki qatlami avval ishlatilgan rezina kukuni va neft bitumi, asbest va ip-gazlama dispers armaturalardan ozgina miqdorda qo‘shilgan, vulkanizatsiyalangan aralashmasi qotishmasidan iborat. Relinning yupqa (11,5 mm) va mustahkam ustki qismi sintetik kauchuk asosida kukun to‘ldirgich qo‘shib tayyorlangan rangli rezinadan tashkil topgan. Relin uzunligi kamida 12 m, eni 1-1,6 m va qalinligi 3 va 5 mm o‘rama holda chiqariladi. Relin issiqlik va tovush izolyasiyasi xususiyatga ega bo‘lishi uchun qalinligi 4-6 mm li yacheykali g‘ovak asosda tayyorlanadi. Relin rangli, marmarsimon suratli holda bo‘ladi. U suv, kislotali va ishqorli qorishmalar ta'siriga chidamli, elektr toki zaryadlarini to‘plamaydi va uchqunlanmaydi. Relin asosida jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar va boshqa agressiv muhit ta'sirida bo‘ladigan xonalarning pollarini qoplashda ishlatiladi. Relin asosida jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar va boshqa agressiv muhit ta'sirida bo‘ladigan xonalarning pollarini qoplashda ishlatiladi. Tukli sintetik gilam ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, ustki qatlami esa ko‘pirtirilgan issiqlik izolyasiyasi tabiiy va sintetik polimerlar (poliuretan) va latekslardan iborat bo‘ladi. Gilam qoplamaning umumiy qalinligi 8 mm bo‘lsa, kapron tukning balandligi 3 mm, ko‘pirtirilgan asos balandligi 5-6mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |