- Polimerlarning kimyoviy destruksiyasi, amalda katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Bunda muhit sifatida suv ishlatilsa, gidrolitik destruksiya yoki gidroliz deb ataladi. Gidroliz jarayonida uglerod-geteroatom bog’ining o’zil-gan joyiga suv molekulasi birikib oladi.
- Agar destruksiya reaksiyalari spirt ishtirokida borsa, jarayon alkogoliz, muhit sifatida kislota ishlatnlsa asidoliz deb ataladi. Bu jarayonlar ichida katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgani gidroliz reaksiyasidir.
Gidroliz - Gidrolitik jarayon polimerdagi yon guruhlar, shuningdek asosiy zanjirdagi bog’lar hisobiga ketishi mumkin. Masalan, polivinilasetat va asetilsellyulozaning gidrolizida reaksiyafaqat yon guruhlar hisobiga ketadi. Geterozanjirli polimer asosiy zanjirining gidrolitik destruksiyasida hosil bo’ladigan funksional guruhlar polimerdagi dastlabki funksional guruhlardan farq qilmaydi. Makromolekulalar elementar bo’g’inlari orasidagi bog’larning uzilishi natijasida hosil bo’lgan zanjir oxiridagi guruhlar sonini kimyoviy usul bilan aniq topish mumkin. Karboksil guruhlarning ko’payib borishiga qarab poliamidlarning destruklanish darajasini, aldegid guruhlarning ortib borishga qarab polisaxaridlarning gidrolizlanish darajasini hisoblash qiyin emas. Poliamid va poliefirlarning gidrolizi ko’p hollarda nazariy ahamiyatga ega, polisaxaridlar gidrolizi esa sanoat miqyosida ahamiyatga ega bo’lganligi uchun uning ustida mukammalroq to’xtalib o’tamiz.
O’simlik moddalarida sellyuloza bilan bir qatorda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa polisaxaridlar: pentozanlar (silan va arabanlar) uchraydi. Sellyuloza to’la gidrolizlanganda — faqat glyukoza, silan gidrolizidan esa — siloza, besh atomli spirtlar, furfurol va boshqalar; araban to’la gidrolizlanganda arabinoza hosil bo’ladi. - O’simlik moddalarida sellyuloza bilan bir qatorda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan boshqa polisaxaridlar: pentozanlar (silan va arabanlar) uchraydi. Sellyuloza to’la gidrolizlanganda — faqat glyukoza, silan gidrolizidan esa — siloza, besh atomli spirtlar, furfurol va boshqalar; araban to’la gidrolizlanganda arabinoza hosil bo’ladi.
- Polisaxariddagi yarim asetal, ya’ni glyukozid bog’’larning gidrolitik uzilishi natijasida birinchi uglerod atomida aldegid (yarim asetalь — sikl shaklida) va to’rtinchi uglerod atomida esa gidroksil guruh hosil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |