Mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari


Poliz ekinlarining shifobaxsh xususiyatlari


Download 69.25 Kb.
bet3/8
Sana22.02.2023
Hajmi69.25 Kb.
#1221403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза

Poliz ekinlarining shifobaxsh xususiyatlari. Poliz ekinlari Markaziy Osiyo xalq tabobatida qadimdan juda keng qoʻllanilib keladi. Markaziy Osiyoda sil, bronxit, ya’ni koʻksov, revmatizm, podagra, kamqonlik kasalliklari, yurak va jigar kasalliklariga davo topishda qovun mevalaridan foydalanib kelingan. Bezgak kasalligida esa mayin etli qovun yeyish toʻgʻri kelmaydi deb hisoblangan. Davo maqsadlarida poliz mevalaridan iste’mol qilish zamonaviy tabobatda ham tavsiya etiladi.
Poliz ekinlari mevalari tarkibidagi kletchatka pektin moddalari bilan birikkan holda boʻlib, ichak faoliyatini juda yaxshi ravonlashtirib, undan shira ishlanib chiqishini kuchaytiradigan "kletchatka-pektin" kompleksini hosil qiladi. Poliz ekinlari mevalarida boʻladigan kletchatka xolesterin moddasini organizmdan chiqib ketishini osonlashtiradi.
Poliz mevalari tarkibida ishqor tabiatiga ega boʻlgan birikmalar koʻp boʻlgani tufayli, ularni iste’mol qilish natijasida toʻqima asedozi (toʻqimalarda kislotalar miqdorining koʻpayib ketishi) barham topib, organizmdagi xolesterin miqdori kamayadi. Mana shularning hammasi ateroskleroz kasalligi boshlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Poliz ekinlari mevalarining tarkibida boʻladigan vitaminlar (tiamin - vitamin V1, riboflavin - vitamin V2, nikotin kislota - vitamin RR) fermentlar tarkibiga kiradi va ularning biologik qimmati ovqatni hazm qilish hamda moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etishiga bogʻliq. Vitamin Ye organizmda karbonsuvlar bilan oqsillar almashinuvida ishtirok etadi.
Poliz mevalari temir, kobalt singari mikroelementlar, shuningdek folat kislota manbai boʻlib, organizmda qon hosil boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Har xil shakldagi kamqonlik, ya’ni anemiya kasalligiga tarvuz suvi va qovunning yaxshigina davo boʻlishi shunga bogʻliq.
Poliz ekinlari mevalarini iste’mol qilib turish organizmda oʻt ishini ravonlashtiradi, asab tomirlarning reaktivligini rostlaydi.
Tarvuz suvi siydik haydash xususiyatiga ega. Shu munosabat bilan siydik chiqarish yoʻllarining surunkali kasalliklari, shuningdek sistit, nefrit kasalliklari, buyrak-tosh kasalligida tarvuz suvi tavsiya etiladi, chunki u tuzlarning erib, organizmdan chiqib ketishiga yordam beradi.
Tarvuz iste’mol qilib turish qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga ham foydalidir. Jigar va yurak kasalliklarini davolashda tarvuz magniy moddasi manbai sifatida tavsiya etiladi, chunki surunkasiga magniy yetishmay turishi yurak kasalliklariga olib boradi (odamning magniyga boʻlgan sutkalik ehtiyoji 70-80 mg toʻgʻri keladi).
Tarvuzni semizlikni davolashda ham ishlatsa boʻladi (kunni tarvuz yeb oʻtkazish tariqasida), chunki toʻqlik hissi paydo boʻlishi uchun bir talay tarvuz yeyish zarur boʻladi. Tarvuzning eti bilan suvi yalligʻlanishga qarshi kuchli ta’sir koʻrsatish xossasiga ega.
Jigar kasalliklari va aterosklerozda qovun iste’mol kilish tavsiya etiladi. Qovunning asab sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir koʻrsatishi aniqlangan.
Qovoq buyrak, qovuq, jigar va yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga davo sifatida ishlatiladi. Qovoq mevalarining eti siydik haydaydigan va yalligʻlanishga qarshi ta’sir koʻrsatadigan shifo tariqasida qoʻllanilsa, qovoq urugʻlarining qaynatmasi gijja haydaydigan dori tariqasida ishlatiladi.

Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling