Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


Download 141.5 Kb.
bet1/30
Sana02.01.2022
Hajmi141.5 Kb.
#192924
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
КАТТАЛАР УЧУН ДИКТАНТ




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYAT PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALASINI OSHIRISH INSTITUTI

TIL VA ADABIYOT TA’LIMI” KAFEDRASI





USLUBIY TAVSIYA

(ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun)

Navoiy -2011
Tuzuvchi: M.Suvonova – “Til va adabiyot ta’limi” kafedra o‘qituvchisi

Taqrizchilar: R.Nuriddinova – Navoiy davlat pedagogika instituti f.f.n dotsent.

R.Usmonova– NVPKQTMOI katta o‘qituvchi

Muharrir: H.Ochilov – nashr bo‘limi muharriri

Mazkur uslubiy tavsiya umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu Diktantlar to‘plamidan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari standart nazorat ishi (SNI) va choraklik yozma nazorat ishlarida unumli foydalanishi mumkin.

Ushbu uslubiy tavsiya Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ilmiy Kengashining 2011-yil “___”________ ___-sonli yig‘ilishida tasdiqlandi va mazkur yig‘ilish qarori bilan foydalanishga ruxsat etildi.
SO‘Z BOSHI
Diktant-o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash va kerak bo‘lganda shu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun olinadi. Saylanma, lug‘at, nazorat kabi diktant turlari mavjud bo‘lib, quyida biz taqdim etayotgan uslubiy tavsiya nazorat diktanti turiga xos.

Mazkur Diktantlar to‘plami – uslubiy tavsiya umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida ishlatilishi mumkin. Tavsiya etilayotgan ushbu Diktantlar to‘plami Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ravishda darsliklar rejasiga binoan tuzilgan bo‘lib, undan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari bosqichli, joriy, oraliq, yakuniy nazorat hamda nazorat ishi (NI) va choraklik yozma nazorat ishlarida unumli foydalanishi mumkin.

Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Davlat ta’lim standartlari asosida belgilanganidek, nazorat diktanti 5-sinflar uchun 100-110 so‘z, 6-sinflar uchun 110-120 so‘z, 7-sinflar uchun 120-150 so‘z, 8-sinflar uchun 150-170 so‘z, 9-sinflar uchun 170-200 so‘z ekanligi; lug‘at diktanti esa 5-sinflar uchun 20-25 so‘z, 6-sinflar uchun 25-30 so‘z, 7-sinflar uchun 30-35 so‘z, 8-sinflar uchun 35-40 so‘z, 9-sinflar uchun 40-45 so‘z ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Diktant hozirgi o‘zbek adabiy tili me’yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni muayyan sinf o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lishi va bog‘lanishli matn asosida tuzilishi zarur.



ALLANING SEHRI
O‘tgan zamonda bir oilaning qizchasi yo‘qolib qoladi. Qizcha katta bo‘lib, bo‘yi yetgan chog‘ida ota-onasi uni topishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq qizcha ota-onasiga yotsirab qaraydi, uydan chiqib ketishni va avvalgi joyiga qaytishni istaydi. Shunda bechora ota-onasi hech bo‘lmasa, bir kecha tunab ketishini undan iltimos qilibdi. Qiz rozi bo‘libdi. Yarim kechada onasi uyqudan turib beshikda yotgan ukasini uxlatish maqsadida alla aytadi. Shu payt qizning uyqusi qochib, allaga quloq tutadi va ona mehrini tuyib, o‘zini ona bag‘riga otadi. “Siz mening chin onam ekansiz”, -deydi u onaizorini quchoqlab. Chunki, uni ham yoshligida onasi alla aytib uxlatar edi. Alla sehri orqali ular murod-maqsadlariga yetadi.


Download 141.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling