Mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari


Poliz ekinlari mevalarining biokimyoviy tarkibi va ularning inson uchun ahamiyati


Download 69.25 Kb.
bet2/8
Sana22.02.2023
Hajmi69.25 Kb.
#1221403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза

Poliz ekinlari mevalarining biokimyoviy tarkibi va ularning inson uchun ahamiyati. Poliz ekinlarining mevalari koʻpgina xalqlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan mahsulotdir. Bu mevalar yangiligicha iste’mol qilinadi va qayta ishlash sanoati uchun xom ashyo boʻlib hisoblanadi. Ular nisbatan oson hazm boʻladigan, shifobaxsh mahsulot boʻlib, mazasi va oziqlik jihatidan boshqa mevalardan qolishmaydi.
Poliz mevalarini iste’mol qilishning yillik me’yorlari tuproq-iqlim sharoitlari, aholining urf-odatlariga qarab oʻzgaradi. Qovun, tarvuzlar avvalo chanqoqni bosadigan mahsulot tariqasida sevib iste’mol qilinadi. Shuning uchun ham ular issiq iqlimli mamlakatlarda koʻp ishlatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ovqatlanish instituti Markaziy Osiyo xususiyatlarini hisobga olib, odamning har kuni 270 g.dan poliz mevalari, jumladan 100 g tarvuz, 150 g qovun va 20 g qovoq iste’mol qilib turishini tavsiya etadi. Bunda yillik iste’mol me’yori aholining jon boshiga hammasi boʻlib 98 kg, jumladan 36,5 kg tarvuz, 54,5 kg qovun va 7 kg qovoqni tashkil etishi kerak.
Ma’lumki, poliz ekinlarining mevalari birinchi darajada muhim boʻlib hisoblanadigan mahsulotlar jumlasiga kirmaydi, chunki ularda oqsil va yogʻ moddalari kam va suv koʻp boʻlganligi tufayli, bu mevalarning energetik qiymati katta emas. Mevaning 100 g iste’mol qilinadigan qismi hisobidan olganda energetik qiymati tarvuzda 38 kkal yoki 159 kJ ni, qovunda 39 kkal yoki 164 kJ ni, qovoqda 29 kkal yoki 121 kJ ni tashkil etadi.
Poliz ekinlari mevalarining oziqalik qimmati avvalo ularda asosan inson organizmi tomonidan oson oʻzlashtiriladigan karbon suvlar miqdorining koʻpligi bilan belgilanadi.
Tarvuzda mevalarining eng koʻp shira tortishi eti hammadan koʻp rang olganidan keyin boshlanadi. Qovun mevalarining juda shirin boʻlishi tarkibida glyukoza bilan saxaroza kamroq boʻlgani holda fruktoza koʻp boʻlishiga bogʻliq.
Qovoq mevalari tarkibidagi uglevodlar asosan polisaxaridlardan iborat. Qovoqda monosaxaridlar bilan disaxaridlar xuddi qovundagidek nisbatda boʻlsa ham, lekin miqdori kamroqdir.

Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling