Mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari


Download 69.25 Kb.
bet1/8
Sana22.02.2023
Hajmi69.25 Kb.
#1221403
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза


1-MAVZU. POLIZ EKINLARINING AHAMIYATI VA TARQALISHI.
POLIZCHILIK TURLARI VA MAKONLARI
Reja:

  1. Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari.

  2. Poliz ekinlari mevalarining biokimyoviy tarkibi va ularning inson uchun ahamiyati.

  3. Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli.

  4. Polizchilik turlari va makonlari.

Tayanch iboralar: polizchilik, poliz ekinlari, poliz mevalari, qovoqdoshlar, texnik qovoqdoshlar, qovun, tarvuz, qovoq, shifobaxshlik xususiyatlari, poliz mevalarini iste’mol qilish me’yorlari, poliz ekinlari vatani, polizchilik turlari, qovunchilik makonlari.
Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari. Poliz ekinlari jumlasiga qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar kiradi. Bulardan yigʻilgan mevalari iste’mol qilinadigan, ovqatga ishlatiladigan tarvuz, qovun, yirik mevali, muskat qovoq va qattiq poʻstli qovoq ekiladi. Bularni sabzavot ekinlari bilangina emas, balki sabzavot boʻlib hisoblanadigan qovoqdoshlar oilasiga mansub boʻlgan va yetilmagan mevalari yoki tugunchalari koʻk holda ovqatga ishlatiladigan ekinlar (bodring, kabachki, patisson, tarrak, kruknek, chayot, momordika, ilonbodring, mumli qishki qovoq, malobar qovogʻi va boshqalar) hamda yetuk mevalaridan roʻzgʻorda ishlatiladigan buyumlar tayyorlash uchun xom ashyo sifatida foydalaniladigan texnik qovoqdoshlar (idish qovoq, qozon yuvgich yoki lyuffa) bilan adashtirish yaramaydi.
Polizchilik deb oʻsimlikshunoslikning poliz ekinlari mahsulotini yetishtirish bilan shugʻullanadigan sohasiga aytiladi. Markaziy Osiyoda, ayniqsa Oʻzbekistonda keng rivojlangan. Shuningdek, Ukraina, Quyi Volga boʻyi, Qora dengiz va Azov dengizi sohillarida tarqalgan dehqonchilik va oʻsimlikshunoslikning bir tarmogʻidir. Polizchilik sabzavotchilikning bir yoʻnalishi boʻlmay, balki, mustaqil soha ekanligini alohida ta’kidlab oʻtish zarur. Sababi shuki, poliz ekinlari sabzavot ekinlaridan farq qilib, almashlab ekishda ishtirok etadigan alohida dalalar va ixtisoslashtirilgan polizlarga ekiladi. Bu ekinlar ekologik omillardan issiqlik, yorugʻlik, tuproq yumshoqligiga koʻproq talabchan boʻlishi bilan ajralib turadi, oziqlanish maydonlarining kattaroq boʻlishini talab qiladi, shunga koʻra ularni yetishtirish texnologiyasi sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasidan ancha farq qiladi. Poliz ekinlarining oʻziga xosligi ularni parvarish qilish va hosilini yigʻib olishdagi ba’zi ishlarni bir kadar qiyinlashtiradi. Sabzavot va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda qoʻllaniladigan mexanizasiya vositalaridan foydalanishga imkon bermaydi.
Polizchilik oʻquv fani sifatida tarvuz, qovun va qovoqning morfologik belgilarini va biologik xususiyatlarini turli tuproq-iqlim va boshqa ekologik sharoitlarida, ularning eng koʻp tarqalgan navlarini yetishtirish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini oʻrganadi. Polizchilik ilmiy fan sifatida poliz ekinlarining bioekologik xususiyatlarini oʻrganib, shu ekinlarning turli navlarini yetishtirish va hosilini yigʻib olish texnologiyasini takomillashtiradi. Bu ekinlardan yuqori hosil olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi, ekin mevalarini tashish, yigʻib olingandan keyin ishlash va saqlashning yangi usullarini, mevalarini saqlash vaqtida boʻladigan nobudgarchilikni kamaytirish va saqlash muddatlarini uzaytirish yoʻllarini ishlab chiqadi.
Qishloq xoʻjaligining bir sohasi boʻlmish, polizchilikning asosiy vazifasi kafolatlangan hosillar olinadigan navlar va maydonlarni yaratish; aholi ehtiyojlarini, qayta ishlovchi sanoat talablarini kondiradigan miqdorda va mamlakat tashqarisiga chiqarish uchun yetarli hajmda poliz ekinlari mevalarini yetkazib berish; poliz mahsuloti assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash; urugʻchilik va ekin yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va mexanizasiyadan toʻla foydalanish asosida poliz mahsuloti ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iboratdir. Kafolatlangan hosillar olinadigan maydonlarni yaratishda birinchi navbatda sugʻoriladigan yerlardan foydalanmoq kerak. Lalmikor dehqonchilik va shartli lalmikorlik rayonlari ham buning uchun yarayveradi. Ayni vaqtda ekinlarni qalinlashtirish va xoʻjaliklarni ixtisoslashtirishga muhim ahamiyat bermoq lozim.
Polizchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ekin maydonlarini kengaytirish yoʻli bilangina emas, balki, asosan, hosiddorlikni oshirish yoʻli bilan ham koʻpaytirish mumkin. Bunda tovar hosilli navlarni yaratish, ularni tanlab ekish, ekin yetishtirishning intensiv texnologiyalarini qoʻllash, polizchilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, hosilni yigʻib-olish, tashish, saqlab qoʻyish, va savdoga chiqarishda nobudgarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik muhimdir. Poliz mahsuloti assortimentini kengaytirish — mevasi har xil muddatlarda yetiladigan, tashqi koʻrinishi va mazasi jihatidan xilma-xil boʻladigan navlarni joriy etishni talab qiladi. Poliz ekinlari mevalarining tovar sifati yuqori boʻlishiga erishish maqsadida, eng yaxshi navlarni ilgʻor texnologiya boʻyicha yetishtirish, hosilni yigʻib olgandan keyin uni qayta ishlash, tashish va saqlash ishlarini toʻgʻri tashkil etish yoʻli bilan erishiladi.
Poliz mahsulotini yetishtirishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishning yoʻllari mehnat va boshqa resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, mulkchilikning turli shakllarini joriy etish, mehnatga haq toʻlash ishlarini toʻgʻri tashkil etish, ekinni parvarish qilish, hosilini yigʻib olish va yigʻib olinganidan keyin unga ishlov berish jarayonlarini kompleks mexanizasiyalashdan iborat.
Polizchilik oldida turgan vazifalar uning oʻziga xos bir qancha xilda boʻlishini ham belgilab beradi. Polizchilikning bu xususiyatlari: odatdagi dala sharoitlarida ham, himoyalangan joylarda ham mahsulot yetishtirishga; sugʻoriladigan yerlarda ham, yarim sugʻoriladigan va yer osti suvlari yaqin joylashgan sugʻorilmaydigan yerlarda ham mahsulot yetishtirishga; oʻsimlikshunoslikning boshqa sohalarida kam uchraydigan agrotexnika usul-amallarini qoʻllashga (ekinni koʻchat qilib ekish, mevalarni dimlab yetiltirish, urugʻchi gullar sonini koʻpaytirish va boshqa usul-amallarni qoʻllashga), har bir ekinning kompleks bioekologik belgi va xususiyatlarga ega boʻlganligi xilma-xil navlarini yaratishga imkon beradi.
Polizchilik oʻziga xos vazifalari va xususiyatlariga ega boʻlishi bilan bir qatorda, qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari bilan, xususan, oʻsimlikshunoslik va chorvachilik bilan chambarchas bogʻlangandir. Polizchilikning oʻsimlikshunoslik bilan bogʻliqligi ekinlarning almashlab ekilishiga aloqadorligi; polizchilikning chorvachilik bilan bogʻliqligi shundaki, polizchilik qishloq xoʻjaligining bu sohasiga mollar iste’mol qiladigan chiqindilarni yetkazib bersa, chorvachilik polizchilikka organik oʻgʻitlarni yetkazib beradi.

Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling