Mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari


Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli


Download 69.25 Kb.
bet5/8
Sana22.02.2023
Hajmi69.25 Kb.
#1221403
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза

Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli
Poliz ekinlarining tarqalishi. Poliz ekinlari tropik, subtropik va moʻtadil iqlimli mamlakatlarning hammasida ekiladi. Poliz ekinlarining maydoni dunyoda 6,6 mln. ga tashkil etadi. Shularning 70 foizi tarvuz, 20 foizi qovun va 10 foizi qovoqqa toʻgʻri keladi. Butun jahonda yetishtiriladigan tarvuz hosili 118-120 mln. tonnani, qovun hosili 30-31 mln. tonnani, qovoq 14-16 mln. tonnani tashkil etadi.
Poliz ekinlari mevalarini yetishtirib beradigan eng yirik mamlakatlar Xitoy, Hindiston, AQSh, Rossiya Federasiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi, Yaponiya, Ukrainadir, bu mamlakatlarda har yili 1 mln tonna va bundan koʻra koʻproq miqdorda poliz mahsulotlari yetishtirib chiqariladi. Meksika, Ispaniya, Italiyada yarim mln. tonna va bundan koʻra koʻproq miqdorda poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Qozogʻiston, Misr, Ruminiya, Yugoslaviya, Bolgariya, Gresiya, Eron, Afgʻonistonda va Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliyadagi boshqa mamlakatlarda poliz ekinlari ekiladigan katta-katta maydonlar bor.
Tarvuzning chiqib kelish markazlari. Tarvuz vatani – Afrikaning janubiy va markaziy tropik qismidir. Tarvuz shakllanib borgan va tarqalgan asosiy markaz Misr boʻlib hisoblanadi. Miloddan avvalgi XI asrga mansub qadimgi misrliklarning maqbaralarida tarvuz urugʻlari va barglarining qoldiqlari topilgan. Bundan 4 ming yil mukaddam tarvuzning Misrda keng ma’lum boʻlgani, eramizdan 1500 yil ilgari esa bu mintaqada tarvuz koʻp ekilgani tarixiy manbalarda tilga olib oʻtiladi. Miloddan avvalgi I-II ming yilliklarda tarvuz Misrdan Oʻrta Sharq mamlakatlariga, keyinchalik esa Markaziy Osiyoga tarqalib borgan. Tarvuz shakllanib chiqqan va tarqalib borgan ikkinchi yirik markaz Hindistondir. Hindistonda tarvuz miloddan avvalgi ikki ming yillikda ham ma’lum boʻlgan. Tarvuz Eron, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hindistondan oʻtgan.
Janubiy va Gʻarbiy Yevropaga tarvuz Italiya va Gresiya orqali Misrdan, Sharqiy Yevropaga Gresiya va Armaniston orqali Kichik Osiyodan va Markaziy Osiyo orqali Eron hamda Hindistondan kelgan. Hozirgi vaqtda xilma-xil tarvuz navlarining 95 foizi Rossiya janubi, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Kichik va Markaziy Osiyo mamlakatlarida jam boʻlgan.

Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling