Mavzu: pomidor kasalliklari
Oq dog‘lanish kasalligini
Download 27.93 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu lab
3.Oq dog‘lanish kasalligini – Septorialycopersici zamburug‘i qo‘zg‘atadi.
Ushbu kasallik ochiq dalalarda tarqalgan bo‘lib pamidorni bargini zararlaydi. Pamidorning zararlangan bargida yumaloq oqish dog‘lar hosil bo‘lib keyinchalik bu dog‘larning o‘rtasida qoramtir nuqtalar, ya’ni zamburug‘ning meva tanasi piknida hosil bo‘ladi. Infeksiya zararlangan o‘simlik qoldiqlarida qishlaydi. 4.Ildiz chirish yoki qora son kasalligini – Rhizoctonia solani zamburug‘i qo‘zg‘atadi 35-rasm. Kasallik bilan pamidorning ko‘chatlari zararlanadi. Issiq xona va parniklardagi zararlangan ko‘chatlarning ildiz bo‘g‘zida qoramtir dog‘ hosil bo‘lib to‘qimasi yumshab qoladi. Ayrim paytlarda ildiz bo‘g‘zi ustida kul rang yoki qo‘ng‘ir g‘ubor hosil bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ mitseliyli holida zararlangan o‘simlik qoldiqlarida va tuproqda qishlaydi. 5.Bakteriyali rak kasalligini- Corynebacterium michiganense bakteriyasi qo‘zg‘atadi. Kasallik ikki xil shaklda bo‘ladi. Birinchi shaklida kasallik belgilari ko‘chat ekilgandan so‘ng ikki xaftadan keyin namoyon bo‘ladi. Bunda bakteriya ta’sirida o‘simlikning o‘tkazuvchi to‘qimalari zararlanishi natijasida pomidor bargi va shoxlari so‘liydi. Bunday o‘simlikning poyasini ko‘ndalang qilib kesilganda o‘tkazuvchi to‘qimalarni qo‘ng‘ir tusga kirganligini ko‘rish mumkin. Bunday zararlangan o‘simlik butunlay so‘lib qoladi. 37-rasm. Ikkinchi shakldagi zararlanishda pomidor shoxlarida, bargida, meva va meva bandida botiq yarachalar hosil bo‘ladi. Zararlangan o‘simlik poyasida va meva bandida uzunchoq qo‘ng‘ir chiziqchalar hosil bo‘ladi. Kasallik rivojlana borgan sari yarachalar o‘rnida yoriqlar hosil bo‘ladi va shu yoriqlardan bakteriya sporalari tashqariga tarqaladi. Meva bandida hosil bo‘lgan yoriqlardan o‘tkazuvchi to‘qima naylari orqali bakteriya pomidor mevasini zararlashi mumkin. Zararlangan mevada o‘rtasi to‘q atrofi oqish dog‘lar hosil bo‘ladi. Lekin pomidor mevasining ta’mi buziladi, meva ichidagi o‘tkazuvchi to‘qima naylari sariq tusga kiradi. Infeksiya manbayi bo‘lib zararlangan urug‘ va o‘simlik qoldiqlari hisoblanadi.Zararlangan to‘qimalar qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. Ayrim tomirlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. 6.Strik. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - nicotiana virus 38-rasm. Poyasida va shoxlarida esa yo‘l-yo‘l qo‘ng‘ir tusli dog‘lar hosil bo‘ladi. Zararlangan poya va shoxlar tez sinuvchan bo‘lib qoladi. Zararlangan pomidorning etilmagan mevasida botiq qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib, kasallik rivojlangan sari mevalar deformatsiyalanib yoriqlar hosil bo‘ladi va qattiqlashib qoladi. Etilgan pomidor mevasida botiq yo‘l-yo‘l qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Infeksiya urug‘da va zararlangan o‘simlik qoldiqlarida qishlaydi. Download 27.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling