Mavzu: pomidor kasalliklari


Download 27.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi27.93 Kb.
#1828154
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu lab



MAVZU: 
POMIDOR KASALLIKLARI
 
1. 
Makrosporioz-Macrosporium solani  
2. 
Qo‘ng‘ir dog‘lanishi-Cladosporium fulvum. 
3. 
Oq dog‘lanish yoki septorioz-Septoria lycopersici
4. 
Ildizchirish-Rhizoctonia solani. 
5. 
Bakteriyali rak –Corynebacterium michiganense
6. 
Strik-Nicotiana virus. 
7. 
Mozaika-Cucumis virus
8. 
Stolbur-Lycopersicum virus
9. 
Ustki chirish. 
 
1.Makrosporioz kasalligini Macrosporium solani  
zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik bilan pamidorni 
bargi va mevasi zararlanadi. Zararlangan barg 
yuzasida yumaloq, shaklsiz katta - katta qo‘ng‘ir 
rangdagi dog‘lar hosil bo‘ladi. Dog‘ yuzasi oddiy 
ko‘z bilan ko‘rinmaydigan qora g‘ubor bilan 
qoplangan bo‘ladi. Mevasidagi yumaloq dog‘lar 
ustida to‘q baxmalsimon ya’ni zamburug‘ning 
konidiyalaridan iborat g‘ubor hosil bo‘ladi 
(33-rasm.Pomidorningmakrosporioz kasalligi).  
Zamburug‘ning konidiyalari yoshiga qarab turli ko‘rinishda bo‘ladi. Eng 
kichik konidiyalar bir xo‘jayrali va rangsiz, kattalari esa bir nechta bo‘laklarga 
bo‘lingan bo‘lib sarg‘ish rangda bo‘ladi. 
Zamburug‘ o‘simlik qoldiqlarida mitseliy va konidiyali holida qishlaydi. 
2.Qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini- Cladosporium fulvum zamburug‘i 
qo‘zg‘atadi.
Bu kasallik issiq xonada tarqalgan 
bo‘lib, ochiq dalalarda namgarchilik yuqori 
bo‘lgan xududlarda uchraydi. Kasallikni 
boshlanishida bargning orqa tomonida 
shaklsiz och yashil dog‘ paydo bo‘lib 
dog‘ning yuzasida och qo‘ng‘ir g‘ubor 
ko‘rinadi.
Keyinchalik kasallik belgisi bargning ostki qismida aniq xar xil shakldagi 
qo‘ng‘ir g‘ubor ko‘rinishida paydo bo‘ladi. g‘ubor zamburug‘ning konidiya 
bandlaridan iborat bo‘ladi. 

Download 27.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling