Ustki chirish. Kasallangan pomidorning uchida qo‘ng‘ir yoki qo‘ng‘ir-yashil
rangli, aylana shaklda dog‘lar hosil bo‘ladi. Mevaning zararlangan qismi avval qattiq
bo‘ladi, keyin asta-sekin yumshaydi. Kasallangan ko‘k
pomidor vaqtidan ilgari
pishib qoladi. Kasallikning sabablari har xil:
birinchidan,
noqulay tuproq va
meteriologik sharoit, tuproqda namlik etishmasligi, havo namligining juda pasayib
ketishi, erning ortiqcha o‘g‘itlanishi ta’sirida kasallik ro‘y beradi, ikkinchidan, bu
kasallikni
Pseudomonas lycopersici bakteriyalari ham keltiradi.
Mevalar
bakteriyalar bilan zararlanganda kasallik urug‘ yoki o‘simlik
qoldiqlari orqali
tarqaladi.