Mavzu: pomidor kasalliklari


Oq dog‘lanish kasalligini


Download 27.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi27.93 Kb.
#1828154
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu lab

3.Oq dog‘lanish kasalliginiSeptorialycopersici zamburug‘i qo‘zg‘atadi. 
Ushbu kasallik ochiq dalalarda tarqalgan bo‘lib pamidorni bargini zararlaydi. 


Pamidorning zararlangan bargida yumaloq oqish dog‘lar hosil bo‘lib keyinchalik bu 
dog‘larning o‘rtasida qoramtir nuqtalar, ya’ni zamburug‘ning meva tanasi piknida 
hosil bo‘ladi. Infeksiya zararlangan o‘simlik qoldiqlarida qishlaydi. 
 
4.Ildiz chirish yoki qora son kasalliginiRhizoctonia solani zamburug‘i 
qo‘zg‘atadi 
35-rasm. 
Kasallik bilan pamidorning ko‘chatlari zararlanadi. Issiq xona va 
parniklardagi zararlangan ko‘chatlarning ildiz bo‘g‘zida qoramtir dog‘ hosil bo‘lib 
to‘qimasi yumshab qoladi. Ayrim paytlarda ildiz bo‘g‘zi ustida kul rang yoki 
qo‘ng‘ir g‘ubor hosil bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ mitseliyli holida 
zararlangan o‘simlik qoldiqlarida va tuproqda qishlaydi. 
5.Bakteriyali rak kasalligini- Corynebacterium michiganense bakteriyasi 
qo‘zg‘atadi. Kasallik ikki xil shaklda bo‘ladi. Birinchi shaklida kasallik belgilari 
ko‘chat ekilgandan so‘ng ikki xaftadan keyin namoyon bo‘ladi. Bunda bakteriya 
ta’sirida o‘simlikning o‘tkazuvchi to‘qimalari zararlanishi natijasida pomidor bargi 
va shoxlari so‘liydi. Bunday o‘simlikning poyasini ko‘ndalang qilib kesilganda 
o‘tkazuvchi to‘qimalarni qo‘ng‘ir tusga kirganligini ko‘rish mumkin. Bunday 
zararlangan o‘simlik butunlay so‘lib qoladi. 
37-rasm. 
Ikkinchi shakldagi zararlanishda pomidor shoxlarida, bargida, meva va meva 
bandida botiq yarachalar hosil bo‘ladi. Zararlangan o‘simlik poyasida va meva 
bandida uzunchoq qo‘ng‘ir chiziqchalar hosil bo‘ladi. Kasallik rivojlana borgan sari 


yarachalar o‘rnida yoriqlar hosil bo‘ladi va shu yoriqlardan bakteriya sporalari 
tashqariga tarqaladi. Meva bandida hosil bo‘lgan yoriqlardan o‘tkazuvchi to‘qima 
naylari orqali bakteriya pomidor mevasini zararlashi mumkin. Zararlangan mevada 
o‘rtasi to‘q atrofi oqish dog‘lar hosil bo‘ladi. Lekin pomidor mevasining ta’mi 
buziladi, meva ichidagi o‘tkazuvchi to‘qima naylari sariq tusga kiradi. Infeksiya 
manbayi bo‘lib zararlangan urug‘ va o‘simlik qoldiqlari hisoblanadi.Zararlangan 
to‘qimalar qo‘ng‘ir ranglarda bo‘ladi. Ayrim tomirlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. 
6.Strik. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - nicotiana virus 
38-rasm. 
Poyasida va shoxlarida esa yo‘l-yo‘l qo‘ng‘ir tusli dog‘lar hosil bo‘ladi. 
Zararlangan poya va shoxlar tez sinuvchan bo‘lib qoladi. Zararlangan pomidorning 
etilmagan mevasida botiq qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘lib, kasallik rivojlangan sari 
mevalar deformatsiyalanib yoriqlar hosil bo‘ladi va qattiqlashib qoladi. Etilgan 
pomidor mevasida botiq yo‘l-yo‘l qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Infeksiya urug‘da 
va zararlangan o‘simlik qoldiqlarida qishlaydi. 

Download 27.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling