Mavzu: poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi reja


Download 324.74 Kb.
bet4/6
Sana11.02.2023
Hajmi324.74 Kb.
#1190251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 maruza

33-rasm. Jo‘ka (Tilia americana) poyasining ko‘ndalang kesmasi
A – bir yillik poya: 1 – birlamchi ksilema; 2 – ksilemani nuri; 3 – ikkilamchi ksilema; 4 – kambiy; 5 – floemani nuri; 6 – birlamchi po‘stloq; 7 – periderma; 8 – epiderma; 9 – birlamchi floemaning tolalari; 10 – ikkilamchi floema. B – ikki yillik poya. V – uch yillik poya.

Yosh yog‘ochlik va lubda ko‘p tirik hujayra bo‘lib, shu qavatda moddalar harakati bo‘lib turadi. O‘simlikning yoshi ulg‘ayishi bilan tirik hujayra asta-sekin o‘ladi. Lub bir yilda ya’ni o‘simliklar qishdan chiqqanda moddalarni o‘tkazish deyarli to‘xtaydi, yog‘ochlikda bu protsess juda sekin boradi.


Shunday qilib daraxt tanasida bir vaqtning o’zida ikki protsess bo‘lib o‘tadi, ya’ni moddaning harakati hosil bo‘lgan yosh qatlamlardan va qari hujayralar qavatida ham harakatlanadi. Mana shunday protsess kambiy atrofidagi hujayralar qavatida ham bo‘lib o‘tib uning yonida doimo paydo bo‘lib turadi.
Daraxtlarning poya tuzilishi o‘tchil o‘simliklarning tuzilishidan farq qiladi. Bunga sabab daraxtlar poyasining o’ziga xos funksiyalarini bajarishga moslashganidir. Daraxtlarning poyasi ko‘p yillar davomida o‘zidagi yon shoxlar, shoxchalar va bargning og‘irligini ko‘tarib turadi. Daraxtchil o‘simliklar poyasidagi asosiy farq shundaki, ularning to‘qimalari kuchli ravishda yog‘ochlanadi, mexanik to‘qimalar kuchli taraqqiy etadi va asosan poya markazida joylashadi (34-rasm).
Bir pallali daraxtchil o‘simliklar tropik va subtropik o‘rmonlarda tarqalgan bo‘lib, ularning poyasida kambiy bo‘lmaydi, bog‘lamlar yopiq bo‘lib tartibsiz joylashgan.
Bunday o‘simliklarda ham ikkilamchi o‘zgarishlar ham bo‘ladi, lekin bu o’zgarishlar parenximadan hosil buluvchi va juda qisqa muddat ishlaydigan hosil qiluvchi halqalar hisobiga ro’y beradi.
Ikki pallali daraxtchil o‘simliklardan qayrag‘ochning poya tuzilishini kurib chiqamiz. Ikkilamchi tuzilishi shakllana boshlagandan po’stning eng tashqi qavati bo‘lib periderma hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p daraxtlarda periderma qavatiga aylanishi mumkin. Periderma bilan markaziy silindr o‘rtasida po’stloq parenximasi joylashgan. Markaziy silindr perisikldan, agar u bo’lmasa floemadan boshlanadi. Ikkilamchi floema elementlari kambiy erzarx ya’ni markazdan tashqariga qarab hosil bo‘ladi. Ikkilamchi floema elementlari – elaksimon naychalar va yo‘ldosh hujayralar. Ularga aralashgan holda lub (floema) parenximasi va lub mexanik tolalari joylashadi.


Download 324.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling