Mavzu: poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi reja


Download 324.74 Kb.
bet5/6
Sana11.02.2023
Hajmi324.74 Kb.
#1190251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 maruza

34-rasm. Jo‘ka (Tilia americana) ko‘p yillik poyasining ko‘ndalang kesmasi.
A 4 – epiderma; 8 – birlamchi po‘stloq; 9 – o‘zak; 10 – markaziy silindr.
B. 1 – birlamchi floema; 2 – birlamchi ksilema; 3 – shilimshiq yo‘li; 4 – epiderma; 5 - shilimshiq yo‘li; 6 – kollenxima; 7 - parenxima

Yog‘ochlikning (ksilemaning) asosiy elementlariga – naylar, traxeidlar, mexanik tolalar (libriform) va parenxima kiradi. Parenximani yog‘ochlik parenximasi va o‘zak nurlari tashkil etadi. Ikkilamchi ksilema va ikkilamchi floemaning hosil qiluvchi kambiy ko‘p qatorli bo‘lib joylashadi. Libriform – yog‘ochlikning asosiy elementi bo‘lib, mexanik funksiyani bajaradi.


O’zak nurlari birlamchi bo‘ladi. Birlamchi o‘zak nurlari o‘zakdan boshlanadi va butun yog‘ochlik orqali po’stloqqa qadar davom etadi. Ikkilamchi o‘zak nurlari bir yillik halqalaridan boshlanadi va kambiy halqasigacha boradi.
Kambiyning faoliyati yil faollariga qarab o‘zgarib turadi. Ayniqsa bahor oylarida, o‘simliklarda shira suyuqligi oqish protsessi boshlangan davrda kambiyning faoliyati ortadi. Mana shu vaqtda shakllangan o‘tkazuvchi elementlar-traxeya va traxeidlarning diametri yiriklashadi. Kuz yaqinlashib kelgani sayin kambiy faoliyati susayadi, hamda ajratib chiqarilayotgan hujayralar soni kamayib, ularning diametri kichrayadi va hujayra po’sti qalinlashadi. Shunday qilib, bahorgi va kuzgi hosil bo‘lgan hujayralar o‘rtasida keskin farqlanish sodir bo‘ladi, natijada yillik halqalar hosil bo‘ladi. Yillik halqalarning o‘sish tezligiga, qalinligiga yog‘ingarchilik miqdori, harorat rejimi va quyoshli kunlar soni ta’sir etadi.
Yillik halqalarning eng qarilari poyaning markazida joylashadi shuning uchun yillar o‘tishi bilan yog‘ochlikning ichki qismlariga suv, oziq moddalar va kislorodning kirishi qiyinlashadi. Yog‘ochlikning ichki halqalarida tirik parenximada moddalar almashinuvi og‘irlashadi. Natijada bu hujayralarda pufaksimon bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Naylar (traxeyalar) bo‘shlig‘i har xil moddalar (smola, efir moylari, oshlovchi va boshqa moddalar) bilan shimiladi. Natijada butun bir halqa hujayralarida modda almashinuvi deyarli to’xtaydi. Shu moddalarning to’planishi va oksidlanishi natijasida o‘sha yillik halqa ma’lum bir rangga kiradi. Bu rang turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Yillar o‘tishi bilan bunday halqalarning soni ortib boradi va yog‘ochlik markazi yoki uning o‘zak (eng qari qismi) maxsus rangi bilan ajralib turadi. Uning atrofidagi yog‘ochlikning yosh qismi o‘zak atrofi (yog‘ochlikning tashqi qavati) deyiladi.
Stel nazariyasi. Stel (yunon. stela-ustuncha) – o‘zaklarning kelib chiqishi va tuzilishi, evolyutsiyasi haqidagi nazariyaning asoschisi fransuz botanigi Van Tigel hisoblanadi. U ildiz perisiklini o‘rab turuvchi birlamchi to‘qimalar yig‘indisini stela deb ataydi. Keyinchalik poya peritsiklidan keyingi barcha o‘tkazuvchi va boshqa to‘qimalar to’plamini stela deb hisobladi. Stelning eng sodda va qadimgi xili- gaplostela yoki protosteladir. Gaplostelada floema ksilemani yaxlit o‘rab turadi. Stelning bu xili riniofitlar va bir qancha sodda o‘simliklar poyasida uchragan. Aktinostelada ksilema yulduzsimon bo‘lib joylashadi, bu shakldagi stela sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklarga (plaunsimonlarda, qirilib ketgan qirqbo‘g‘imlarga) xos belgi hisoblanadi.
Sifonostelda o‘zak paydo bo‘ladi. Sifonostelning shakllanishi bilan yirik organizmlar hosil bo‘lgan, chunki ksilemaning qirg‘oqda joylashish va naysimon tuzilishning paydo bo‘lishi poyani yanadi chidamli bo‘lishiga olib keladi.
Taraqqiyotning keyingi davrlarida diktiostela (diktion- tur) eustela (yunon. eu-yaxshi, haqiqiy) lar hosil bo‘lgan diktiostella qirqquloqlarga xos, ularda kambiy bo‘lmaydi. Eustela esa urug‘ hosil qiladigan o‘simliklarga xosdir.
Stel evolyutsiyasining oxirida bir pallali o‘simliklarda ataktostela (yunon. A-inkor, taktos-tartib bilan joylashish) hosil bo‘lgan. Unda kambiy bo‘lmaydi va nay tola bog‘lamlar juda murakkab joylashgan.



Download 324.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling