Mavzu: poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi reja


Download 324.74 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2023
Hajmi324.74 Kb.
#1190251
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 maruza


Mavzu: POYANING BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI ANATOMIK TUZILISHI
Reja:
1. Bir pallali o’tchil o’simliklar poyasining birlamchi tuzilishi.
2. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi.
3. Ikkilamchi yug‘onlashadigan poyalar tuzilishining umumiy xususiyatlari.

Poyaning ichki tuzilishi odatda uning asosiy funksiyalarini bajarishga monand ravishda tuzilgan. Poyaning tarkibida o‘tkazuvchi to‘qimalar bo‘lib, o‘simlikning barcha organlarini birlashtiradi: mexanik to‘qimalarning mavjudligi esa mustahkamlik berib turadi. Poya va umuman novdaning o‘zi, hamisha o‘sib va yangi organlarni hosil qilib turishi sababli, «Ochiq» sistema hisoblanadi


O‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalardan tashqari poyada g‘amlovchi, assimilyatsiya, ajratuvchi va boshqa to‘qimalar ham bo‘ladi (30-rasm).

30-rasm. Javdar poyasi (Secale cereali):
A – ko‘ndalang kesma; B – ko‘ndalang kesmaning sxemasi; 1 – epiderma; 2 – sklerenxima; 3 – xlorenxima; 4 – yopiq kollateral boylam; 5 - asosiy parenxima; 6 – bo‘shliq.

Poyada bir-biridan ajralib turuvchi 3 ta anatomik zona (qism)larni ko‘rish mumkin: qoplovchi, birlamchi po‘stloq va markaziy (o‘q) o‘tkazuvchi to‘qimalarni o‘z ichiga olgan poyaning markaziy silindr qismi o‘zak yoki stel (yunon. stela-ustun) bo‘ladi.


Poyaning birlamchi tuzilishi, uning apekal meristemasi, o‘sish konusining inesial hujayralari faoliyati tufayli hosil bo‘ladi. O‘sish konusidagi inetsial, ya’ni meristematik hujayralar yig‘indisini Ganshteyin 3 ta zonaga gistogenlarga ajratadi: dermatogen periblema, pleroma.
O‘sish konusining eng tashqi qavat hujayralari dermatogen deb aytiladi. Dermatogen ostida bir necha qavat periblema joylashadi. Dermatogendan poyaning va ildizning po‘sti shakllanadi. Periblemadan birlamchi po’stloq hosil bo‘ladi. Pleroma o‘sish konusining markaziy qismini egallaydi va poyaning yoki ildizning markaziy silindri hosil qiladi.
O‘sish konusi apeksdagi birlamchi meristema faoliyati tufayli poya shakllanadi. Birlamchi tuzilishda poya hamisha epiderma ostida birlamchi po’stloq shakllanadi, uning tashqi chegarasini epiderma, ichki chegarasini endoderma tashkil qiladi, ular orasida esa birlamchi po’stloq parenximasi joylashadi.
Markaziy silindrning eng tashqi chegarasi peritsikl hisoblanadi va u endoderma ostida joylashadi. Ko‘p hollarda peritsikl bir qavat hujayralardan tashkil topadi, ba’zan bir necha qavat bo‘lishi mumkin.

Download 324.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling