Mavzu: poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi reja


-rasm. Beda poyasining ko‘ndalang kesmasi (


Download 324.74 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2023
Hajmi324.74 Kb.
#1190251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 maruza

31-rasm. Beda poyasining ko‘ndalang kesmasi (Medicago sativa).
A. 9 – o‘zak; 10 – o‘tkazuvchi nay boylamlari; 11 – epiderma; 12 – birlamchi po‘stloq;
B. 1 – nay boylami o‘rtasidagi kambiy; 2 – ksilema; 3 - nay boylamli kambiy; 4 – birlamchi floemaning tolalari; 5 – og‘izchalar; 6 – floema; 7 – kollenxima; 8 – parenxima.

Kambiy bo‘linishidan hosil bo‘lgan ikkinchi qavat hujayralari doimiy to‘qimalariga aylanmaguncha kambiy hujayralari tuzilishiga o‘xshab ketadi. Shu sababli bu hujayralar qavatini kambiy zonasi deyiladi.


Haqiqiy kambiy faqat bir qavat hujayralardan tashkil topadi va o‘simlik poyasida 100 minglar yillar davomida saqlanib qolishi mumkin.
Ikkilamchi ksilemani yog‘ochlik floemani lub etib atash odatlangan va keyin hosil bo‘lgan yog‘ochlik oldini hosil bo‘lganlariga nisbatan markazdan uzoqda, lub esa aksincha yoshlari markazga yaqin joylashadi.
Poyaning yo’g‘onlashishiga ko‘ra yog‘ochlik hajmi kattalashadi va uning yuzasida kambiy qavati ham cho‘ziladi. Shu sababli vaqti-vaqti bilan kambiyning initsial hujayralari ham radial yo‘nalishda bo‘linadi.
Kambiy qavatida uzun hujayralardan tashqari qisqa initsial hujayralar gruppasi ham bo‘ladi. Bu initsial hujayra yog‘ochlik tolasi nurlarini hosil qiladi. Bu gruppa hujayralar uzun initsiallarning har yilda ko’ndalangiga bo‘linish natijasida hosil bo‘ladi. Qisqa initsial hujayra bo‘linib radial joylashgan parenximatik hujayra qavatini hosil qiladi bunga yog‘ochlik deyiladi (32-rasm).



32-rasm. Zig’ir poyasining ichki tuzilishi:
A-ko’ndalang kesimi; B-V-lub tolalalari (B-ko’ndalang kesimi; V-bo’ylama kesimi): 1-epiderma; 2-birlamchi po’stloq parenximasi; 3-endoderma; 4-lub tolasi; 5-floema; 6-kambiy; 7-ikilamchi ksilema; 8-birlamchi ksilema; 9-o’zak nuri; 10-o’zak parenximasi; 11-bo’shliq; 12-hujayra qobig’I; 13-hujayra bo’shlig’I; 14-hujayraning o’tkirlashgan uchlari.


Ikkilamchi yug‘onlashadigan poyalar tuzilishining umumiy xususiyatlari.
Urug‘li daraxtchil o‘simliklarda kambiy vositasida yo’g‘onlashishi uzoq yillar davom etadi. Sekvoya o‘simligining tanasi 10 m gacha yo’g‘onlashadi.
Daraxtchil o‘simlik tanasining markazi yog‘ochlik (ikkilamchi ksilema) bilan tulib turadi. Yog‘ochlikning yuza qismida yupqagina kambiy qatlami bo‘lib, bu qatlamning tashqi tomonida ikkilamchi po’stloq joylashadi.
Ikkilamchi po’stloq tarkibiga ikkilamchi floema (lub), birlamchi floema va birlamchi po’stloq qoldiqlari va shuningdek epidermisning o’rniga keyinchalik hosil bo‘ladigan periderma kiradi.
Keyinchalik birlamchi po’stloqni umuman farq qilib bo‘lmay qoladi. Ikkilamchi po’stloq tashqi qavatidan uchlamchi qoplovchi to‘qima po’kak hosil bo‘ladi.
Yog‘ochlik va lub bir necha elementlar kompleksidan tuzilgan bo‘lib, bir necha vazifalarni bajaradi (moddani o‘tkazish, mustahkamlik berish, oziq moddani g‘amlash va boshqalar). Shu elementlardan biri faqat tirik holda o’z vazifasini bajaradi, boshqasi esa tezda tiriklik xususiyatini yo‘qotadi (33-rasm).


Download 324.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling