Mavzu: poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi reja
O‘tkazuvchi bog‘lamlarning rivojlanishi
Download 324.74 Kb.
|
12 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki pallali o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi.
O‘tkazuvchi bog‘lamlarning rivojlanishi. O‘tkazuvchi bog‘lamlar juda ko‘p bo‘lganligidan bir pallali o‘simliklar poyalarining ko‘ndalang kesmalarida tarqoq holda ko‘rinadi. Kesiklarda poya ko‘ndalang kesigining periferiyasidan markaziga qarab borgan sayin o‘tkazuvchi bog‘lam qismlarining miqdori ortadi, bog‘lamlarning zichligi va bog‘lamlar yonidagi mexanik jildlarning qalinligi esa, umuman aytganda, teskari tartibda, ya’ni poya markazidan preriferiyasiga tomon ortib boradi.
Bir pallali o‘simliklarning o‘tkazuvchi bog‘lamlari ko‘p hollarda juda ajoyib shaklli bo‘ladi. G‘alla o‘simliklarining kollateral bog‘lamlarida nuqtaga o‘xshagan va floema yaqinida simmetrik ravishda joylashgan ikkita yirik kanal bilan halqasimon yoki halqasimon-spiralsimon qalinlashmasi bor 1-2 ta ingichkaroq nay ko‘zga tashlanib turadi. O‘sha kanallarning eng chekkasiga, odatda, havo bo‘shlig‘i taqalib turadi, bu bo‘shliq yemirilib ketgan birlamchi ksilema o‘rnida paydo bo‘ladi. Bir palllalilarning bog‘lamlaridagi floema juda to‘g‘ri joylashgan elaksimon naychalar va yo‘ldosh hujayralardan iboratdir. Parenxima bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi bog‘lamlar, odatda, skelenximadan iborat mexanik jild bilan ta’minlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi. Kambiy prokambiyning bo‘linishi natijasida qoldiq hujayralaridan yuzaga keladi. A) Prokambiy qavatida uzluksiz halqa ko‘rinishi tariqasida yuzaga keladi. B) Avvalo to’plam-to’plam bo‘lib joylashgan prokambiydan kambiy to’plami shakllanadi. Keyin ularni bir-biriga biriktiruvchi halqalar yuzaga kelib kambiyning uzluksiz qavati paydo bo‘ladi. Keyinchalik uzluksiz halqasimon ikkilamchi to‘qima hosil bo‘ladi. V) Bunda ham xuddi ikkinchi holatidek prokambiy bog‘lamlarida kambiy hosil bo‘ladi, keyin ularni biriktiruvchi kambiy qavat hosil qiladi. Lekin kambiy va markaziy silindr parenximalaridan farq qilmaydigan parenxima hujayralarini hosil qiladi yoki mexanik to‘qima elementlarini hosil qiladi. G) Kambiy bog‘lamlari orasida kambiy halqasi umuman hosil bo‘lmaydi. O‘tkazuvchi nay tola to‘plamlari bir xildagi parenximalarda joylashadi. Kambiy paydo bo‘lishining u yoki bu tipiga bir necha sabablar bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqt yo’g‘onlashadigan ko‘p yillik poyali daraxt va butalarda A va V tip yo’g‘onlashgan. Qisqa vaqt yo’g‘onlashadigan va kam umr ko‘radigan o‘simlikda bog‘lam bo‘lib joylashadi, ya’ni V va G tipdagi kambiy qavati shakllanadi. Kambiy hosil bo‘lish va ishiga shu o‘simlikdagi barglar soni, joylashishi va katta-kichikligi muhim ahamiyatga egadir. Kambiy yupqa po‘stli hujayralardan tashkil topadi. Bu hujayralar poyaning bo’yiga parallel joylashadi. Yassi ipli tomonlari bilan ichki (ksilema) va tashqi (floemaga) tomon joylashadi. Boshqa tomonlari orqali yonidagi boshqa hujayralari bilan birikadi. Hujayralar uzunasiga bo‘linadi, shundan bir qavati uzluksiz bo‘linish qobiliyatini saqlab oladi. Ikkinchi bo‘lagi esa bir necha marta bo‘linadi. Undan keyin doimiy to‘qimalarga, ya’ni ipitsial hujayralarning ichki tomoniga qarab bo‘lingan bo‘lsa ksilema elementlarini tashqi tomonida bo‘lsa floema elementlarini hosil qiladi. Odatda ichki tomonga ko‘proq bo‘linadi va shu sababli floemadan ksilema ko‘proq qalinlashadi (31-rasm). Download 324.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling