Mavzu: predmetlar o’lchamini idrok qilish va taqqoslash. Bolalarni shartli o’lchov birliklari bilan tanishtirish
Download 22.6 Kb.
|
2-MAVZU matem
“Sehrliqopcha”o‘yini.
Bolalar doira bo‘lib turadilar, tarbiyachi doira o‘rtasida turadi, tarbiyachining qo‘lida “sehrli qopcha”, qopchada turli qalinlikda va uzunlikdagi matolar, qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bir narsani ushlab uning nimaligini va qandayligini aytadilar, hamda qopchadan chiqarab rangini ham aytadilar. Bolalar to‘g‘ri topgan buyumlar olib qo‘yiladi. “Yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning narsalarning katta-kichikligi haqidagi tushunchani o’zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog’chasidagi har bir yosh gruppasi uchun dasturda berilgan bo’lim bo’yicha kerak bo’lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi. Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi. Ta’limiy faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Ta’limiy faoliyatlarda bolalarning faol faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan, ya’ni ta’limiy faoliyat tuzilmasi bilan ta’minlanadi. O‘quv yili oxirida bolalarga har xil o‘lchamdagi buyumlar miqdorini taqqoslashni (ustiga yoki yoniga qo‘yish bilan) o‘rgatish kerak. Chunonchi, kichik va katta kubchalar guruhlarini taqqoslashda (har bir katta kubchaga bittadan kichik kubchani qo‘yib) kichkintoylar bitta kichik kubcha juftsiz qolganini, demak, kichik kubchalar ko‘p, katta kubchalar kam ekanini aniqlaydilar. Shunga o‘xshash mashqlarda munosabatlarning, ya’ni katta ob’ektlar ko‘p, kichiklari kam; kattalari kam, kichiklari ko‘p; katta va kichik obyektlar miqdori teng kabi munosabatlarning har xil variantlarini o‘rgatish kerak. Bu xil mashqlar jarayonida bolalar har xil analizatorlar yordamida idrok qilinadigan ikki guruh elementlarini juftlab taqqoslashni o‘rganadilar. Katta va kichik buyumlarning tengligi ham, qator yoki biror geometrik shakl (masalan, doira, kvadrat, uchburchak) shaklida joylashtirilgan buyumlar tengligi ham shunday qaraladi. Tengliklarni tekshirish uchun bolalarga bir guruh buyumlarni ikkinchi guruh buyumlari qarshisiga (juftlab) joylashtirish, ularni sanab chiqish va topilgan sonlarni taqqoslashni taklif qilishmumkin. Shuningdek, tengsizliklarni taqqoslashga doir mashqlar o‘tkazish kerak. Bunda bolalarga qandaydir buyumlar ikknnchi taqqoslanayotgan guruhdagi buyumlardan kam joy egallashiga qaramay (ularning joylashuvi,kattaligiga qarab), ko‘p bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish kerak. Bu xil mashqlar bolani buyumlarning soni ularning o‘lchami va joylashuvlariga bog‘liq bo‘lmasligini tushunishga olib keladi. Download 22.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling